63
Jismoniy tarbiya daqiqasini uyushtirishda binoni (deraza
fortochkalari ochiladi, o‘quvchilar
partaning yon tomoniga
chiqadilar, bel va yelkalar bo‘shashtiriladi.
Yuqori sinflarda jismoniy tarbiya daqiqasi mashg‘ulotlar
vaqtida ishlab chiqarish gimnastikasi turi bo‘yicha o‘quv ishlab
chiqarish ustaxonalarida o‘tkaziladi.
Har bir mashqni takrorlash soni – 4-6 marta, mashqlar
25 daqiqagacha davom etishini ta’minlashni
talab qiluvchi
muayyan uslubiy sharoitlarga rioya qilish juda muhimdir,
gavda va qo‘llar uchun alohida mashqni o‘tirgan holda bajarish
mumkin.
Mashg‘ulotni pedagog yoki maxsus tayyorlangan
o‘quvchilar o‘tkazishlari kerak. Majmuaga qo‘l muskullari
uchun mashq,
qad-qomat, oyoqlarni bukish, engashishlar,
o‘tirishlar kiradi.
Jismoniy tarbiya daqiqalari kuni
uzaytirilgan guruhlarda
va o‘rta, katta sinf o‘quvchilari bilan 10-15 daqiqa har 45-60
daqiqadan keyin uy sharoitlarida o‘tkaziladi.
8.8. Jismoniy mashqlar bilan sinfdan tashqari mashg‘ulot
Sinfdan tashqari o‘tkaziladigan mashg‘ulotlardagi jismoniy
mashqlar sport yo‘nalishiga xosdir. Agar mashg‘ulot bitta sinf
o‘quvchilarini birlashtirsa, u holda sinfdan tashqari mashg‘ulot
shu sinf bolalarini jalb qiladi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning
bir qismi sport-pedagogik fanini o‘tish jarayonida o‘rganib
olingan bo‘ladi.
Biz faqat fanga mansubligini ifodalashga emas,
balki
maktab o‘quvchilari jismoniy tarbiyasi o‘zining mazmuniga
birlashtirgan majmua shakllarini ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: