3.3. Jismoniy mashqning farqli belgilari
1. Jismoniy mashq bilan pedagogik vazifa yechiladi.
Obrazli qilib aytganda jismoniy mashq o‘z-o‘zining shaxsiy
takomillashuviga” yo‘naltirilgan, mehnat harakati bilan – ishlab
chiqarish (harakat ishlab chiqarish faoliyatiga yo‘naltirilgan)
vazifasidir.
2. Jismoniy mashq jismoniy tarbiyaning qonuniyatlari bilan
muvofiqlikda bo‘ladi. Mehnat harakati ishlab chiqarishning
qonuniyati bilan muvofiqlikda bajariladi. Jismoniy mashqning
mehnat yoki turmush harakati bilan tashqi o‘xshashligi birini
boshqasi bilan ommalashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qila
olmaydi; jismoniy mashqning davom etishi, shiddatliligi va
boshqa tavsiflari, shuningdek, bajarish usulining o‘zi faqat
qonuniyatlarga bo‘ysunadiki, ular bir tomondan o‘quvchining
organizmiga samarali ta’sir o‘tkazadi, boshqa tomondan esa
16
eng yuqori natija ko‘rsatishga imkon beradi. Masalan, yugurish
jismoniy tarbiyada zaruriy tezlikka erishish va organizmga
ijobiy ta’sir ko‘rsatish uchun bajariladi).
3. Jismoniy mashqlar optimal nisbatda insonning barcha
a’zolari va tizimlarining rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi.
Mehnat harakati insonning jismoniy mukammallashuviga har
tomonlama ta’sir ko‘rsatishga qodir emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |