IV BOB. USLUBIY TAMOYILLAR VA ULARNI
JISMONIY TARBIYA JARAYONIGA KIRITISH
YO‘LLARI
4.1. Onglilik va faollik tamoyili
Jismoniy tarbiya jarayoni – bu ikki tomonlama jarayondir,
unda bir tomondan, o‘rgatishga intiluvchi o‘qituvchi, boshqa
tomondan o‘rganish xohishini namoyon qilishi kerak bo‘lgan
o‘quvchi ishtirok etadi. Tajriba ko‘rsatadiki, agar o‘quvchilar
o‘z yoshlariga qo‘yilgan vazifaning mohiyati va uni yechishdan
manfaatdorligini tushunsa, u holda bu o‘rgatishning borishini
jadallashtiradi. Bu qonuniyat onglilik va faollik tamoyili
asosida yotadi.
Uslubiy adabiyotlarda onglilik va faollik tamoyillari
mustaqil tamoyil sifatida ajratilishini uchratish mumkin.
Amaliyotda anglashilgan va faollik jarayonlari shunchalik
bir-birini taqozo qiladiki, ularni bir-biridan ajratish mumkin
emas. Chunki anglash shaxsning faol ishtirokisiz bo‘lmaydi.
To‘g‘ri, birinchi paytlarda faollikni, talabchanlikni baholash,
maqtash bilan rag‘batlantirish mumkin, u ongga asoslanadi.
Faollashtirish deyilganda sifatlarni tarbiyalash va vazifalarni
o‘rgatishga erishishga yo‘naltirilgan, shug‘ullanuvchilarning
jismoniy kuchi va irodasi axloqiy, intellektual sifatlarini
tarbiyalashda o‘quvchini safarbar qilish tushuniladi. Ammo
mavjud qonuniyat hali o‘quvchilarni ongli va faol qilmaydi,
bunda o‘qituvchining xizmatidan foydalaniladi. Jismoniy mashq
mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilarni faollashtirishning aniq
yo‘llarini qarab chiqamiz.
24
Do'stlaringiz bilan baham: |