3.8. Jismoniy mashqlarni bajarish fazalari
Muayyan harakatni tashkil etuvchi ta’sir (jismoniy mashq)
muvofiq navbatda taqsimlangan: qaysi bir harakat bilan faoliyat
boshlanadi, qaysi biri bilan yakunlanadi. Bilim va didaktik
maqsadlarda jismoniy mashqlarni uch fazaga ajratish maqsadga
muvofiqdir.
Tayyorgarlik fazasi harakatning asosiy vazifasini
bajarishning eng qulay sharoitlarini yaratish uchun belgilangan.
Masalan, yugurib borib sakrashda tayyorgarlik fazasi yugurib
borishdir.
Joydan sakrashda – itarilish oldidan qo‘llarni silkitib va
oyoqlarni bukib depsinish asosiy faza harakatlaridan iborat,
uning yordami bilan harakatning asosiy vazifasi hal qilinadi.
Masalan, joydan sakrab uchish, depsinish.
So‘nggi fazada, harakat tugallanadi, obrazli qilib aytganda,
ishchi holatdan chiqishga imkon beradi. Bu faza sakrashlarda
yerga qo‘nish bo‘ladi, yugurishda marradan keyin biroz
yugurish.
Asosiy faza texnikaning asosini tashkil etuvchi harakatlar
yordami bilan, qolgan ikkita faza esa texnikaning detalini
tashkil etuvchi harakatlar yordami bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |