Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy
Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar
3.9. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari
Inson atrof-muhit bilan munosabatda bo‘ladi, unga ta’sir ko‘rsatadi va unga moslashadi. Ana shu muhitda organizmning mushtarakligi namoyon bo‘ladi. Muntazam ravishda quyosh nuri o‘zgaruvchanligi, suv va havoning harorati, yog‘ingarchilik, havo ionizatsiyasi va harakati, atmosfera bosimi organizmning fiziologik va ruhiy reaksiyalarga nisbatan muhim bioximik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi: jismoniy mashqlar samaradorligiga va insonning mehnatga
21 layoqatliligini, salomatligining va ish qobiliyatining oshishiga olib keladi. Bularning hammasi jismoniy mashqlar texnikasi va taktikasiga ta’sir qiladi va jarohatlanish xavfsizligini oshiradi. Binobarin, o‘quvchiga ular jismoniy mashqlar bajarayotgan vaqtda tashqi omillar ta’sir qilishini maxsus uyushtirishni hisobga olish zarur. Jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog‘lomlashturuvchi kuchidan foydalanish ikki yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: 1. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchi bir-biridan ajralmaydigan omil sifatida jismoniy mashqlar bajarish muhitini hisobga olish vaqtida qulay sharoitlar yaratadi. Ular inson organizmiga harakatlar bilan samarali ta’sir o‘tkazishini kuchaytiradi va to‘ldiradi. 2. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchi, chiniqish va sog‘lomlashtirish vositasining nisbatan mustaqilligi sifatida quyosh, havo, suv vannasidan foydalaniladi. Bu muolaja optimal ta’sir o‘tkazish vaqtida mehnat va o‘quv faoliyati tarkibiga kiritiladi. Qayta tiklash samarasini oshiradi va faol dam olish shakli bo‘ladi. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchidan foydalanishning asosiy talablaridan biri ularni jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda kompleks qo‘llashdan iboratdir. Oqilona me’yorni aniqlash vaqtida o‘quvchilarning xususiyatlarini va pedagogik vazifalar xarakterini hisobga olish lozim. Bu birinchidan jismoniy tarbiya jarayonida egallangan chiniqish samarasini mehnat va o‘quv faoliyatiga o‘tkazishni amalga oshirish; ikkinchidan, ko‘proq yuqori yuklamalarni qo‘llash uchun imkoniyat yaratadi, binobarin, ish qobiliyatini oshiradi; uchinchidan, ortiqcha yuklama ta’siriga, titrash va tebranishga organizmning qarshiligini ko‘taradi va h.k.; to‘rtinchidan, iroda sifatini yuqori darajaga ko‘taradi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling