4.2. Mashg‘ulotlarda maqsadga muvofiq qiziqishni
shakllantirish
O‘qituvchi o‘quvchilarda mashg‘ulotlarning aniq vazifalari
va umumiy maqsadiga turg‘un qiziqish va ma’noli munosabatni
tashkil etishi kerak. O‘quvchilarning mashg‘ulotlarga, ayniqsa,
darsdan tashqari mashg‘ulotlarga kelishini rag‘batlantiruvchi
birinchi sabab birinchi kezlarda, tez-tez ijtimoiy ahamiyatga
ega emas, balki shaxsiy turmush sabablari keltirib chiqargan
(o‘rtog‘i shug‘ullanadi, akasi seksiyaga qatanashadi, otasi
maslahat beradi va boshqalar). Shuning uchun o‘qituvchi
dastlabki sabablarni diqqat bilan o‘rganishi va asta-sekin ularni
ijtimoiy ma’noda tubdan o‘zgartirishi kerak.
Buning uchun biron-bir narsani o‘rganmaslik, mo‘ljallangan
maqsadga erisha olmaslik tamoyili bo‘yicha zaruriy bilim
va ko‘nikmaga ega bo‘lish uchun qo‘yilgan aniq vazifalarni
egallash muhimdir.
O‘quvchilarning
mashg‘ulotlar
maqsadiga
ongli
munosabatini shakllantirish katta ahamiyatga ega. Ularning
fanga, sinf jamoasiga yaxshi munosabatini yaxshi sport sinfi,
zvenosi, jamoasini uyushtirishlarini rag‘batlantirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |