Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy
O‘quvchilarning o‘z faoliyatini tahlil qilishi
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar
4.3. O‘quvchilarning o‘z faoliyatini tahlil qilishi
Onglilik va faollik tamoyillarini amalga oshirishning ikkinchi yo‘nalishi har bir o‘quvchining o‘z harakatini tahlil qilishi va ongli nazoratini rag‘batlantirishdir. Hozirgi zamon bosqichidagi darslarda mashqlar texnikasini o‘rganish vaqtida o‘z harakatlarining ongli nazoratini rag‘batlashtirishga ko‘maklashuvchi, eng oqilona uslubiy usullarni ilg‘or o‘qituvchilarning tajribasi tahlili ko‘rsatmoqda. Ular quyidagilar: 1. Dastlabki namoyishsiz o‘rgatish (mashqlarni o‘rganish vaqtida boshlang‘ich sinflardayoq foydalanish kerak).
25 2. Yangi harakatlarni ularning ta’lim darajasi va ritmini o‘rganayotgan vaqtda harakatlar to‘g‘riligini sezishga ko‘maklashuvchi zvukoliderlar va maxsus trenajerlarni qo‘llash. 3. Mashqlar to‘g‘risida nafaqat dastlabki tasavvurni tug‘dirishga imkon beruvchi, balki o‘quvchilarni o‘rganilayotgan harakatlarning mohiyatiga kirib borishiga ko‘maklashishi, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘zini baholash uchun imkoniyat tug‘diruvchi ideomotorli mashq usullaridan foydalanish. 4. O‘qituvchining topshirig‘i bo‘yicha mashqlarni mustaqil tanlash, bajarilgan mashqning sifatiga (o‘ziga-o‘zi) baho berish va o‘zaro baholash, mashqlar bajarish vaqtida shug‘ullanuvchilar yo‘l qo‘ygan xatolarni jamoa bo‘lib aniqlash, ularning bajarilish texnikasini muhokama qilish. Bularning hammasi o‘quvchilarning o‘z harakatini tahlil qilishga, nazorat qilishni boshlashiga ko‘maklashadi. 5. Olingan topshiriqlarning bajarilish sifati to‘g‘risida shoshilinch sur’atda obyektiv axborotlarni qo‘llash. Xususiy harakatlar tahlili uchun material berish mashqlarni o‘zlashtirish darajasi to‘g‘risida fikr yuritishga imkon beradi. Buning uchun yo‘l ko‘rsatuvchi predmetdan, nishonga uloqtirish vaqtida yorug‘lik signalizatsiyasidan foydalanish mumkin. 6. O‘quvchilar o‘zlarining harakatlarini nazorat qilishlari va tushunib olishlari uchun maxsus harakat tayyorgarligi zarur. 7. Bolalar o‘zlarining fazoga oid kuch va tezlik ko‘rsatkichlarini boshqarishni o‘rganishi juda muhim. O‘qituvchi nafaqat shug‘ullanuvchilarga aniqlash uchun maksimal imkoniyat berishi kerak, balki ularning yarim kuch bilan (yugurish, irg‘itish) yoki muayyan miqdordagi qadamlar bilan, muayyan vaqtda masofani bosib o‘tish mashqlarini bajarish topshiriqlarini berib borishi lozim. 8. Jismoniy mashqlar mohiyatiga kirish, ularning bajarilish sifati ustidan nazorat o‘rnatish va kuchlanish bilan bajarish, o‘z 26 harakatini tahlil qilishni musiqa jo‘rligida kuzatishga yordam beradi. Musiqaning ruhiy fiziologik ta’siri organizm o‘sish davri vazifalarining muayyan darajasini o‘rnatishdan, tuyg‘u va diqqatning harakatlantiruvchi faoliyatining o‘zgarishidan iborat.
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling