28
ega, ularni tarbiyalash va o‘qitish jarayonida hisobga olish
zarur. Bu fikr bajara olish va individuallashtirish tamoyili
asosida yotadi. Gap o‘qituvchi har bir o‘quvchiga qanday
yo‘l bilan yondashishi haqida borayotir. Ayrim o‘quvchilarda
vujudga kelgan vaqtinchalik qiyinchilikni o‘z vaqtida topish
va bartaraf etishga yordam berish, ularning qobiliyatlari va
moyilliklarining kelgusida rivojlanishiga ko‘maklashish. Ular
har doim rivojlanuvchan bo‘lishlari uchun o‘rgatish va tarbiyani
bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishi, mavjud harakat tajriba
darajasini hisobga olib tuziladi.
Bajara olish chegarasining bunday kengayishi o‘quvchilarda
jismoniy va ruhiy imkoniyatlarning o‘sishiga yordam beradi.
Bunday jarayon muntazam ravishda amalga oshirilishi kerak.
Binobarin, bajara olishning individual darajasini aniqlash
va uni amalga oshirish yo‘llarini qidirish o‘qituvchining ish
tizimini oshiradi.
Maktab o‘quv dasturlari va me’yorlari “Alpomish” va
“Barchinoy” majmuasining mezonlari bolalarning yoshi
va jinsiy darajalarini hisobga olish bilan tuziladi, biroq
ular o‘rtacha o‘quvchiga mo‘ljallangan va o‘quvchilarning
individual rivojlanishining barcha nozik tomonlarini hisobga
olishi mumkin emas. Tajribali o‘qituvchilar bunday ishlarni
bemalol uddalay oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: