4.9. Yuklamani tobora oshirib borish tamoyili
O‘quvchi takroran bajargan vaqtda yaxshi natijani ko‘ra
olishiga qodir bo‘lsa, mashqni puxta egallangan deb hisoblash
kerak. Masalan, oldinga egilishni bajarayotib, har safar chuqurroq
egilish, shu bilan birga ko‘krakni oxirgi holatga yetkazishga
intilish kerak, (miqdoriy ko‘rsatkich) va bir vaqtning o‘zida
bajarilishning sifat tomonini kuzatish: oyoqlarni bukmaslik,
bel to‘g‘riligiga rioya qilish, balandlikka sakrashning to‘liq
o‘zlashtirilishini bajarish yuqori sakrashga intilish bilan
kuzatilishi kerak. Bu intilishga ushbu harakatlantiruvchi
harakatning bajarilish sifati bo‘ysundirilgan bo‘lishi lozim.
Jismoniy mashqlarni mustahkam o‘zlashtirish uchun
takrorlashlarning yetarlicha miqdorini ta’minlash zarur.
Amaliyotda talablar oshirilishining ikki xil shaklidan
foydalaniladi. Birinchisi, har bir mashg‘ulotda yangi vazifalar
qo‘yishni nazarda tutadi. Undan o‘rgatishning boshlang‘ich
bosqichlarida yoki kasallik va boshqa sabablar tufayli katta
tanaffuslardan keyin ishga kirishish vaqtida foydalaniladi.
Uzoq vaqt davomida talablar oshishining pog‘ona usulidan
foydalanadilar. Uning mohiyati shundan iboratki, bir qancha
30
mashg‘ulotlar davomida shug‘ullanuvchilarga muayyan
talablar qo‘yadi.
Yangi topshiriq shug‘ullanuvchilarga ilgari qo‘yilgan
mashqlar adaptatsiyasidan keyin beriladi. Biroq umumiy
tendensiyalar fonida talablar oshishining ko‘tarilish va pasayish
davrlari kuzatiladi, ya’ni to‘lqin vujudga keladi. Bu to‘lqinlarda
yuklama oshishining pog‘onali va to‘g‘ri chiziqli shakllari
yuzaga keladi.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillariga nimalar
kiradi?
2. Ko‘rgazmalilik tamoyillaridan kelib chiqadigan talablar
nimalardan iborat?
31
Do'stlaringiz bilan baham: |