Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.5. Bevosita ko‘rgazmalilik
4.4. Ko‘rgazmalilik tamoyili
Ta’lim o‘rganilayotgan mashqlar to‘g‘risida muayyan tasavvur hosil qilish bilan boshlanadi. Shu bilan birga tasavvur hosil qilishi uning ko‘rish, eshitish, taktik va mushak, idrok etishiga asoslanishi kerak. Ko‘rgazmalilik nafaqat ko‘rish vositasi bilan, balki boshqa analizatorlarni safarbar qilish yo‘li bilan ham amalga oshiriladi. Ishlar amaliyotida bevosita va bilvosita ko‘rgazmali ko‘rsatish farqlanadi. 4.5. Bevosita ko‘rgazmalilik Bevosita ko‘rgazmalilik o‘rganilayotgan mashqni obrazli tasvirlash, tayyorlangan va tayyorlanmagan o‘quvchilarga o‘qituvchi mashqini ko‘rsatish vositasi bilan amalga oshiriladi. O‘qituvchi mashqni ko‘rsatishdan tez-tez foydalanadi, shu sababli unga xususiy yordamchi talab qilinadi. Unga quyidagi talablarni qo‘yadi: 1. Hamma mashqni yoki uning bir qismini ko‘rsatishi, har qanday paytda ko‘rsatish aniq namuna bo‘lib xizmat qilishi kerak. O‘quvchi uni qayta tiklashi lozim. Bu yerda bajarishning haddan tashqari yaxshi varianti to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, har qanday usul bilan balandlikka sakrashda balandlikning ushbu toifasini o‘quvchilar uchun sinovga ko‘rsatish tavsiya qilinadi. 2. Imitatsiyali ko‘rsatishdan keng foydalanish kerak. Bu murakkab mashqlarni yaxshi idrok etishga ko‘maklashadi. Taqlid qilishni har xil usullar bilan amalga oshirish mumkin. 27 3. Har bir ko‘rsatish vaqtida mashqning muayyan qismiga o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish zarur. 4. Mashqlarni ko‘rsatish, idrok qilish qobiliyatini faollashtirish, savollar bilan kuzatish, sharxlash kerak. Bu talab o‘rganilanayotgan mashqlarni ko‘rsatishga tegishli. Bu yerda o‘qituvchi ko‘rsatishni sharxlash imkoniyatiga ega. Bu shubhasiz, katta foyda keltiradi. Bunday hollarda o‘quvchilar mashqni bajarish uchun kuzatish to‘g‘risida ogohlantirilmaydilar. Chunki ogohlantirish voqyealarning sog‘lomlashtiruvchi ta’sirini o‘zgartirishi mumkin.
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling