Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy
Jismoniy mashqlar texnikasi
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar
3.6. Jismoniy mashqlar texnikasi
Texnika to‘g‘risidagi tushunchani pedagogik yoki biomexanik nuqtayi nazardan o‘rgansa bo‘ladi. Pedagogik nuqtai nazardan jismoniy mashq texnikasi deyilganda harakatlartiruvchi ta’sirni bajarishning eng samarali usuli tushuniladi. 18 Samaradorlik o‘quvchilar organizmiga eng oqilona ta’sir o‘tkazishi bilan ifodalanadi. Ammo ulardan eng oqilonasi texnikaviy bajarilish deb ataladi. Masalan, har xil usullar bilan suzish mumkin (krolli, chalqancha va boshqalar), biroq ba’zilar klassik usullarning birortasidan ham foydalanmasdan suzadilar. Jismoniy mashqlar texnikasi muntazam rivojlanadi: odatlangan texnika takomillashtiriladi, ba’zida esa usullar barham topadi, yangilari tuziladi. Bu jarayon qator sabablar bilan belgilanadi: 1. Sport tayyorligi darajasiga talablarning muntazam o‘sayotganligi. 2. Harakatlar bajarilishning ko‘proq mukammallashgan usullarini uzluksiz izlash muvofiq tekshirishlar natijasi va rolining oshishi. 3. Yangi sport jihozlarining yuzaga kelishi. Jismoniy mashq texnikasi yetakchi sportchilar (ushbu vaqt uchun) harakati bajarilish usullarini amaliyotda tekshirish va ilmiy tahlilning izlanish natijasidir. Bunday zamonaviy texnika harakatni bajaruvchilarning barchasi uchun teng darajada eng oqilona asosni aks ettiradi va shu sababli andozali texnika deb ataladi.
Harakatlarga ta’sir etuvchi harakatlarning ahamiyatliligi bir xil emas. Shuning uchun texnika detallarga ajratish qabul qilingan. Harakatning ajralib turuvchi belgilarini aks ettiruvchi harakat texnikaning asosini tashkil etadi. U belgilangan harakatni bajarish uchun mutlaqo majburiydir. Texnika asosining harakatlardan birini bajarishga qaratilgani umuman harakatni buzib ko‘rsatishga olib keladi. (masalan, gavda va oyoqlar harakatining xarakteri yugurib kelish bilan uzunlikka sakrashni bajarishdagi uchishning bir-biridan farqi texnikasini ajratishga imkon beradi). Texnika asosida yetakchi harakat ajraladi, ya’ni harakat
19 birinchi navbatda, harakatning natija ko‘rsatishi bilan bog‘liq. Masalan, suyanib sakrash vaqtida qo‘llar bilan siltanish. Harakat faqat bitta harakat uchun xos emas. Masalan, sakrashda har xil usullar bilan uzunlikka yugurib borish bilan sakrash. Masalan, yuqoriga sakrash vaqtida oyoq bilan siltash harakati detallarining o‘zgargan shakli – texnikani individuallashtirishning asosiy yo‘lidir. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling