Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy
Ilmiy-amaliy va dastur mezonlari negizi. Jismoniy
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar
2.5. Ilmiy-amaliy va dastur mezonlari negizi. Jismoniy
tarbiyani o‘rganadigan maxsus fanlar Jismoniy tarbiya g‘oyat rang-barang hodisa bo‘lib, sog‘lomlashtiruvchi fanlar uchun ham, ijtimoiy fanlar uchun ham qiziqarlidir. Jismoniy tarbiya uchun markaziy, o‘ziga xos g‘oya, yuqorida aytib o‘tilganidek, insonning jismoniy rivojini maqsadga muvofiq ravishda boshqarishdir. Bu fan sohalarini ikki guruhga bo‘lish mumkin. Bu fanlarga: jismoniy mashqlar fiziologiyasi, dinamik anatomiya, biomexanika, jismoniy mashqlar bioximiyasi, jismoniy mashqlar gigiyenasi, shifokor nazorati, davolash jismoniy madaniyati kiradi. Bu fanlarga jismoniy mashqlar fiziologiyasi, dinamik anatomiya, biomexanika, jismoniy mashqlar bioximiyasi, jismoniy mashqlar gigiyenasi, vrach nazorati, davolash jismoniy tarbiyasi kiradi Jismoniy tarbiyani o‘rganadigan barcha ilmiy fanlar tegishlicha, umumiy fanlar ichki qonuniyatlarining tabaqalashuvi mahsuli sifatida paydo bo‘ldi. Masalan, jismoniy mashqlar fiziologiyasi – umumiy fiziologiya shohobchasi, biomexanika, biofizikadan kurtaklanadi, jismoniy tarbiya sotsiologiyasi O‘zbekiston tarixi bilan bevosita bog‘liq. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining o‘zi – bu ixtisoslashtirilgan pedagogika fanidir.
13 Har bir ilmiy fan tarmog‘i jismoniy tarbiyaning biror tomonini, mazkur fanga xos tomonini o‘rganadi. Lekin ayrim fanlar tomonidan olingan faktlar qanchalik chuqur va ahamiyatli bo‘lmasin, ulardan birortasi jismoniy tarbiya ijtimoiy ideallarini muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin bo‘lishi uchun pedagogik ta’sir o‘tkazishini qanday ko‘rish kerak, degan savolga mukammal javob bera olmaydi. Jismoniy tarbiya tizimi barcha davlat va jamoat tashkilotlari hamda muassasalar, maktablar, oliy o‘quv yurtlari, jismoniy tarbiya kollektivlari va boshqalar uchun foydalanish majburiy bo‘lgan yagona davlat dasturlari va o‘quv qurollari bilan ta’minlangan. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari jismoniy madaniyat harakatini rivojlantirishda muhim tarixiy voqeadir. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari to‘g‘risidagi nizomda jismoniy tarbiya tizimining asosiy nazariy, metodik va tashkiliy qoidalari aks ettirilgan. Majmua – mamlakatimizda jismoniy tarbiya sohasidagi barcha dasturlarning negizi hisoblanadi. O‘zbekistonda jismoniy tarbiyani tashkil etishning ikki: davlat va jamiyat – havaskorlik shakli mavjud. Jismoniy tarbiya tadbirlari amalga oshiriladigan davlat tashkilotlariga quyidagilar kiradi: tug‘ruqxonalar, bolalar yaslilari, bolalar bog‘chalari, o‘rta maktablar, maktab- internatlar, akademik litseylar, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari, armiya va flot, sanatoriyalar, dam olish uylari, davolanish muassasalari. Bu davlat muassasalarida jismoniy tarbiya odatda, majburiy tartibda amalga oshiriladi. O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 1. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya tizimi qanday tuzilgan? 2. Jismoniy tarbiya tizimining umumiy tamoyillari haqida nimalarni bilasiz?
|
ma'muriyatiga murojaat qiling