Maktabdan tashqari jismoniy tarbiya va sport ishlarini rejalashtirish Mundarija: Kirish


Maktabdan tashqari Rejalashtirish va hisobga olishning mohiyati va mazmuni


Download 141.12 Kb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi141.12 Kb.
#1546934
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maktabdan tashqari jismoniy tarbiya va sport ishlarini rejalashtirish

2.2 Maktabdan tashqari Rejalashtirish va hisobga olishning mohiyati va mazmuni
Jismoniy tarbiya bo'yicha o'quv dasturi “Jismoniy tarbiya” predmeti mazmunini aniqlab beruvchi hujjat hisoblanadi. Unda zarur nazariy ma'lumotlar o'rganilishi lozim bo'lgan jismoniy mashqlar jismoniy sifatlarni rivojlantirish
uchun materiallar ro'yxati beriladi hamda predmetlararo aloqalar bo'yicha talablar ifodalanadi. Dasturlarni tayyorlashda hammasidan avval jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi – maktab bitiruvchilari jismoniy tayyorgarligiga bo'lgan talab hisobga olinadi. Bu esa “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarida o'z aksini topgan. Dastur bo'limlarining barchasi to'laqonli bajarilishi majburiyligi shu bilan ta'kidlanadiki, o'quv materiallarining hammasi birgalikda o'quvchilarning har tomonlama rivojlanishiga va tarbiyasiga ko'maklashishi kerak. Shuni esda tutish lozim-ki, dastur alohida sport turlaridan tarkib topmagan, va darslarni tashkil qilib o'tishda dasturning barcha bo'limlaridan bab- baravar foydalanmoq darkor. O'qituvchi tomonidan tuziladigan rejalashtirish hujjatlari O'qituvchilarning ko'p yillik ilg'or tajribasi shuni ko'rsatadiki, jismoniy tarbiya darslarida qo'yilgan vazifalarni samarali hal yetish uchun muayyan rejalashtirish tizimini barpo etish zarur. Bu tizim jismoniy jarayonini maqsadga muvofik tuzish uchun imkon yaratib beruvchi qator rejalarning o'zaro mantiqiy bog'laganligini va tugallanganligini ifodalaydi. Bu tizim: o'quv tarbiyaviy ishlarning bir yillik reja jadvali, darslararo ishchi rejalar va darsning reja konspektlarni o'z ichiga oladi.
O'quv tarbiyaviy ishlarnig bir yillik reja – jadvali
Bu xujjat xar bir parallel sinflar uchun bir yilga tuziladi.Uning asosiy funktsiyasi – o'quv yilidagi o'quv materialini bir maromda, maqsadga muvofik taqsimlash va tartibga solishdir. Yillik reja jadvalni tuzish, o'quvchilar o'zlashtirishlari zarur bo'lgan tayanch mashqlarni va ularni o'zlashtirishda sarflanadigan vaqtni aniqlashdan boshlanadi. Amaldagi dasturlarning taxlili shuni ko'rsatadiki bunday mashqlar xar bir sinfda 10-12 ta atrofida. Vaqtni xisoblashda mashqlarning murakabligini o'quvchilarning bu mashqlarni o'zlashtirishlari bilan bog'liq bo'lgan qiyinchiliklarni xuddi shunday o'rganiladigan xarakatlarni nazarda tutish kerak Xar bir mashq uchun o'qitish dasturi tuziladi Dastur quyidagilarni o'z ichiga oladi: jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifalari va vositalari; bir yillik vazifalarni xal etish uchun zarur bo'lgan darslar soni; xar bir darsning ta'lim, tarbiya va sog'lomlashtiruvchi muayan vazifalarining aniq vositalari va takrorlash sonini. Bu dastur ta'limning optimal variantlarini, nazorat sinovlari vaqtini, mashg'ulotlarning vazifalari vositalarini ko'rsatish xisobidan kengayadi.
Dastur, o'quv materalini o'zlashtirish jarayenida o'quvchining faolligini va mustakilligini oshirishga, o'quv faoliyatini samarali boshqarishga, o'quv faoliyatini oqilona zichlashtirishga, ta'limni jamoat ishi bilan qo'shilgan xolda diffentsiallashga, trenajerlardan foydalanishga imkon beradi.
O'qitish dasturini to'zish bosqichlarini ko'rib chiqamiz.
Birinchi bosqich o'z ichiga jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlarni tanlashni oladi. O'qituvchi, xar bir mashqni bajarish uchun muayan jismoniy sifatlar zarurligi va bu mashqlarni bajarish uchun ularni oldindan o'rgatish zarurligini asos qilib olishi lozim ikkinchi bosqich ta'limning ko'p yillik vazifalarini aniqlashni o'z ichiga oladi. Ko'p yillik vazifalarini aniqlashda yillar davomidagi o'quv materialning o'zaro aloqadorligi va izchiligi faxmiga yetishi zarur. Trenirovka va ta'lim jarayenini spiral shaklida tuzish kerak chunki kelgusi o'quv yilida o'quv materialini o'zlashtirish xarakat tajribasidan foydalangan xolda yanada balandrok darajada borishi juda muxim axamiyat kasb etadi. Bu esa yangi materialni o'zlashtirishda asos bo'lib xizmat qiladi. Uchinchi bosqichda o'qituvchi sinf uchun mo'ljallangan bir yillik ta'limiy vazifalarni shakllantiradi. Agar dastur asosida mashqlar bir necha sinflarda o'zlashtirilishi ko'rsatilgan bo'lsa, shu sinf o'quvchilarining tayyorgarlik darajasini aniqlash lozim. Bunday mashqlarga yurish, sakrash, akrobatik mashqlar, milliy kurash va boshqalar kiradi. Shu bilan birga nazariy ma'lumotlar, predmetlararo aloqalarning asosiy mo-hiyatini ifodalab berish tizimi yaratiladi.
To'rtinchi bosqichda bir yillik vazifalarni hal etishda zarur darslar soni
Hisoblanadi Beshinchi bosqich eng mehnat talab bosqich hisoblanadi. Bunda
darsning muayyan vazifalari va ularni hal qilish uchun vositalar aniqlanadi va tanlanadi hamda harakat faoliyatini qismlarga bo'lib, shuningdek, to'liq bajarish choralari ravshanlashtiriladi. Oltinchi bosqich dastur bo'yicha o'qitishda yil davomida darslarda va mustaqil ishlar jarayonida o'rganiladigan materiallarni takrorlashning optimal variantlarini aniqlash maqsadidagi izlanishlarni, nazorat o'tkazish muddatini va o'zlashtirish natijalari yakunlarini o'z ichiga oladi. Musobaqalar kalendari va ob-havo sharoitini hisobga olgan holda o'qituvchi o'quv materialini o'tish tartibini aniqlaydi. Agar maktabda bir necha o'qituvchi ishlasa, barcha sinflarda dasturning o'quv materialini bir xilda olib borish maqsadga muvofiq. Bu esa maktabning moddiy bazasidan foydalanish uchun uni yaxshi tayyorlashga va sinfdan tashqari mashg'ulotlarni oqilona rejalashtirshga imkon yaratadi ( xususan musobaqalarni). Dastur materialini o'tishni aniqlagandan keyin o'qituvchi rejalashtirish usullarini tanlaydi. Maktab o'quv dasturi bo'limlarini o'tishni rejalashtirishning uchta usuli ma'lum: parallel, ketma-ket, aralash astur bo'limi materiallarini parallel o'tishda darslarga bir vaqtning o'zida har xil bo'limlardagi materiallar kiritiladi (kompleks darslar). Bo'lim materiallarini ketma-ket o'tish amalda katta sinflarda qo'llaniladi va yengil atletika, sport o'yinlari, gimnastika va boshqalarni navbatma – navbat o'zlashtirish nazarda tutiladi (predmet darslar). O'quv materialini o'tishni aralash rejalashtirish birinchi va ikkinchi usullarninng kombinatsiyasini ifodalaydi, ya'ni ba'zi bo'limlar parallel o'rganiladi, boshqalari – aolohida.O'quv- tarbiya ishlarning reja- jadvali istiqbolli rejalashtirishga taalluqlidir. U o'qituvchiga bir vaqtning o'zida yil davomidagi o'quv jarayonini butunligicha ko'rishga va uslubiy printsiplarni aniq qo'llashga imkon yaratadi.“O'quv materialining mazmuni” ustunida o'qituvchi jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasini aniqlash bo'yicha dastur mashqlarini o'yinlar va nazorat sinovlvrini ko'rstadi. Bu ustunda yozilgan barcha mashqlar bir qatorga sig'ishi lozim. “Nazariy ma'lumotlar” ustunida faqat umumiy masolarni ko'rsatadi. Masalan, dars vaqtida xavfsizlik qoidalari, ish qobiliyatini oshirishda jismoniy mashqlarning ahamiyati to'g'risida ma'lumotlar, gigiyenik talablar, mukstaqil mashg'ulotlarning uslubiyoti haqida axborot.
Tarbiyaviy vazifalar mashqlar guruhiga yoki alohida har biriga rejalashtirilishi mumkin. Masalan, yengil atletika bo'limidagi mashqlar mashg'ulotlarga ijobiy yondashishni tarbiyalashga ko'maklashadi, sport o'yinlari bo'limidagi mashqlarni o'rganishda jamoatchilik fazilatlarini tarbiyalashga qulay sharoit yaratiladi. Keyingi ustunlar darslar nomerini ko'rsatadi. Tayanch o'quv rejasiga asosan har bir sinfda 68 ta dars o'tiladi. Biroq, bayram kunlari va boshqa nazarda tutilmagan vaziyatlarni hisobga olgan holda 65 tadan ziyod bo'lmagan darslarni rejalashtirish tavsiya qilinadi. Rejalashtirish asosida darslar seriyasi yotadi, shuning uchun ular choraklar doirasida bo'lsa maqsadga muvofiq bo'lar edi deb o'ylaymiz. Bu ishlar bajarilgandan keyin o'quv materialini darslar bo'yicha bevosita joylashtirish boshlanadi. Bu esa muayyan mashq yoki darsga mos ravishda kataklarga shartli belgilarni qo'yish bilan erishiladi. O'rgatish bosqichlariga rioya qilgan holda quyidagi belgilardan foydalanish mumkin: yeng muhim mashqlarni o'rganishga tayyorlanish va bevosita o'rganish (O'); dastlab o'rganish (Do'); chuqur o'rganish (Cho'); mustahkamlash (M); takomillashtirish (T); nazorat (N); uyga vazifa (Uv). Agar material darsda asosiy hisoblansa bosh harf, yordamchi bo'lsa kichik harf qo'yiladi. Shunday qilib, yillik reja jadvalning mohiyati va asosiy talablarini ifodalashda, bizlar faqat uning shaklini misol keltirdik. Materiallarni darslar bo'icha taqsimlash – bu o'qituvchining alo-hida ahamiyatli individual ishi.
Ish jarayonining keyingi yillarida o'qituvchi rejaga o'zgartirishlar kiritadi, uni takomillashtiradi, real sharoitlarga moslashtiradi. 5-sinf uchun jismoniy tarbiya bo'icha o'quv tarbiyaviy ishlarning yillik reja – jadvali
Darslararo ishchi reja
Bu hujjat o'quv tarbiya ishlarining chorak yoki yarim yiliga tuziladi. Amaliyotda bu hujjatni ko'pincha kalendar yoki darslararo rejalar deb ataydilar . Rejalashtirish tizimida u uslubiy ta'minot funktsiyasini bajaradi. Dasturda va yillik reja jadvalda ko'rsatilgan nafaqat jismoniy mashqlar, balki unga tegishli tayyorlov, asosiy mashqlarni bajarishga tayyorlov va nazorat mashqlari, xuddi shunday uyga vazifa ham darslararo ishchi rejalashtirishning OBЪEKTI HISOBLANADI. Asosiy diqqatni hamma ishlarni o'z ichiga oladigan mufassal mashqlarga jalb qilish lozim. Masalan, arg'amchida sakrash umumiy va maxsus chidamlilikni, muvozanatli harakatni, sakrash qobiliyatini rivojlantiradi. Ular oyoq va tizza bo'g'inlari, oyoqni ,oyoq va tos mushaklarini, xususan “mushak korsetini” shakllantirib, gavda mushaklarini rivojlantiradi. Natijada organlarning tashqi muhitning inertsion ta'siriga barqarorligi va ular funktsiyalarining ishonchliligi oshadi. Darslararo ishchi rejada o'qituvchi avval tuzilgan o'qitish dasturidan foydalangan holda, har bir darsning asosiy qismida o'g'il bolalar va qizlar uchun vazifa va vositalarni nazarda tutadi. Darsning asosiy qismi mazmuni aniqlangandan keyin, darsning tayyorlov qismiga vositalar tanlanadi. Ular o'z ichiga asosiy va maxsus mashqlarni, foydalaniladigan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar xarakteriga ko'rsatmalarni oladi. Eslatib o'tamiz, darsning tayyorlov qismidagi mashqlar, dars vazifalarini to'liq hal qilishga ko'maklashishlari lozim. Darsning yakuniy qismini rejalashtirishda o'tkazilayotgan darsning keyingi dars bilan o'zaro bog'liqligini ta'minlashni nazarda tutmoq kerak. Bu esa o'rganilganni mustahkamlash va kelgusi darslarda o'zlashtiriladigan materialni bajarishga yo'naltirilgan o'quvchilarni mustaqil ishlari orqali amalga oshiriladi. Xuddi shu yerda mushaklarni bo'shashtirishga oid va egiluvchanlik uchun mashqlar rejalashtiriladi. Darslararo ishchi reja joriy rejalashtirishga taalluqli bo'lib, ishchi rejaning quyidagi shaklini tavsiya etishimiz mumkin Jismoniy tarbiya bo'yicha 5 sinf o'quvchilari uchun ishchi reja Darsning


Xulosa
O'qituvchining bu rejasi eng aniq hisoblanib va u operativ (tezkor) rejalashtirishga taalluqlidir. U darslarni rejalashtirish tizimini yakunlaydi va unda tashkiliy funktsiyani bajaradi. Konspekt o'qituvchining dars o'tishga bevosita tayyorgarlik natijasi hisoblanadi. Konspekt har bir parallel sinf uchun ishchi reja asosida ishlab chiqiladi, ammo har biri uchun taalluqli bo'lgan ish xususiyatlari ko'rsatiladi. Konspekt o'qituvchi muayyan darsda hal qiladigan muayyan vazifalarni o'z ichiga oladi. Shu bilan birga o'quvchilar guruhining tayyorgarlik darajasi hisobga olinadi. Bu esa har bir guruh uchun pedagogik ta'sirning optimal qadamlarini ta'minlaydi. Darsning vazifalari odatda konspektning titul varag'iga yoziladi. Konspektda tartib bilan ketma ketlikda darsda o'tilishi zarur bo'lgan: mashqlar nazariy ma'lumotlar uyga vazifa bo'lishi mumkin bo'lgan predmetlararo aloqalar ko'rsatiladi. Birinchi navbatda darsga tanlab olingan mashqlarning maqsadga muvofiqligini asoslash, ya'ni ularning aniq yo'nalishini ko'rsatish kerak. Mashqlar mazmuni ikkinchi ustunga darsning qismlari ko'rsatilgandan keyin yoziladi. Uchinchi ustunga mashqlarning dozirovkasi, ya'ni mashqlarni takrorlash soni, mashqni bajarish vaqti, masofalarning uzunligi ko'rsatiladi. Dozirovka o'g'il bolalar va qizlar uchun alohida ko'rsatiladi (intensivlik va hajm bo'yicha). Uslubiy ko'rsatmalar ustuniga ish uslublari va usullari, o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro didaktik ta'siri, sog'lomlashtirish va tarbiyaviy ta'sir yo'llari, qo'shimcha vazifalar, darsga faollarni tayyorlash usullari, nazorat shakli va usullari hamda mustaqil ish bo'yicha ko'rsatmalar yoziladi. Konspektdagi oxirgi beshinchi ustun muhim o'rinni egallaydi. Bu yerda: sinf va uning guruhlarini boshqarish usullari; darsning barcha fragmentlarida o'quvchilarning joylashuvi va o'qituvchining joyi; jihozlar va snaryadlarni tarqatish va yig'ib olish usullari, ularni joylashtirish joylari; o'yinlarni tashkil qilish xususiyatlari; darsdan oldin bajarilishi zarur bo'lgan ishlar turlari; texnik xavfsizlikni ta'minlash yo'llari qayd qilinadi. Konspektning oxirida darsning zarur moddiy – texnik ta'minla-nishi: snaryadlar, inshootlar, asosiy va yordamchi inventarь, ko'rgazmali qurollar, o'quv- texnik vositalar ko'rsatiladi. Darsning alohida holat va fragmentlarini yaxshi tushunish uchun ularni rasmlar va sxemalar tarzida tasvirlash mumkin. Shunday qilib, konspekt rejalashtirilayotgan darsning stsenariysini ifodalaydi hamda unda mashg'ulotning mazmuniy, uslubiy va tashkiliy tomonlari chambarchas bog'lanadi va ular birgalikda qo'yilgan vazifalarning hal etilishini ta'minlaydi.


Darsning mazmuniy tomoni dastur va oldingi rejalashtirish hujjatlari
bilan aniqlanadi: uslubiy tomon – shug'ullanuvchilarning o'ziga xos xususiyatlari, jismoniy mashq xarakteri, o'qituvchining tajribasi va tayyorgarlik darajasi bilan; darsning tashkiliy tomoni esa, mazmuniy va uslubiy tomonlarning samarali hal etilishiga yo'naltirilganligi bilan farqlanadi


Download 141.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling