Maktabdan tashqari ta’lim
Download 307.59 Kb.
|
MAKTABDAN TASHQARI TA’LIM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabning huquq va majburiyatlari
maktabdan tashqari ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik usullar va metodlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning yangi shakllarini keng joriy etish; bolalarni individual rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va uslubiy materiallarni doimiy takomillashtirib borish; to‘garak rahbarlarining malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha istiqbol rejalarini ishlab chiqish va tegishli takliflarni kiritish; bolalar texnik ijodkorligini rivojlantirish uchun xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari asosida Maktablarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarini amalga oshirish.Maktab o‘zining asosiy vazifalarini amalga oshirishda quyidagi funksiyalarni bajaradi: to‘garaklar o‘quv-reja va dasturlari ishlab chiqishda ko‘maklashadi; o‘quvchilarni to‘garaklarga qamrab olish choralarini ko‘radi; to‘garak mashg‘ulotlarini tahlil qilib boradi, rivojlanishdan ortda qolayotgan to‘garaklar faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; Maktabda “Ochiq eshiklar” kuni tadbirlarini alohida jadval asosida tashkil etadi; uslubchilar va to‘garak rahbarlari uchun har chorakda turli o‘quv-seminarlar, vebinar mashg‘ulotlari o‘tkazadi; festival va tadbirlarni sifatli o‘tkazilishi bo‘yicha ssenariylar ishlab chiqadi va tadbirlarni tashkil etadi; o‘quvchilarning maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablari asosida to‘garaklar o‘quv rejaning o‘zlashtirilishini monitoring qilib boradi;Maktabning huquq va majburiyatlariMaktab quyidagi huquqlarga ega: Maktab xodimlari, to‘garak a’zolari va ularning ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)dan o‘z Ustavi va ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish; to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazishni takomillashtirish va ta’lim jarayonini metodik ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritish; moliyalashtirishning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan turli manbalari hisobiga budjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirish; to‘garak mashg‘ulotlari uchun belgilangan to‘lovni ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)dan o‘z vaqtida undirishni nazorat qilish; Maktabning bo‘sh turgan bino va yer maydonlaridan samarali foydalanishni ta’minlash uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maqsadli loyihalarni amalga oshirish. Download 307.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling