Maktabgacha ta'lim metodikasi kafеdrasi bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


Download 1.25 Mb.
bet21/74
Sana24.01.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1116151
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74
Bog'liq
Bolalar psix. majmua 2021

L.S. Vigotskiy (1896-1934)


Psixolog L.S. Vigotskiyning fikriga ko‘ra, ta’lim-tarbiya ja­rayoni psixik taraqqiyot jarayoniga mos kelmaydi. Bola ijtimoiy tajribani ta’lim-tarbiya jarayonida o‘zlashtirib, rivojlanadi. De­mak, ta’lim-tarbiya jarayoni har doim psixik taraqqiyotdan bir qadam oldinda boradi. Ta’lim-tarbiya jarayoni bolaning psixik taraqqiyoti uchun sharoit yaratib, zamin hozirlaydi va psixik taraqqiyotni o‘z ketidan ergashtirib boradi.
L.S. Vigotskiy psixik taraqqiyotning 2 bosqichini belgilab berdi:

  • eng yaqin taraqqiyot bosqichi;

  • aktual taraqqiyot bosqichi.

Uning tushuntirishiga ko‘ra psixik taraqqiyotning yaqin sohasida bolaning psixik taraqqiyoti katta odamlarning (ota-onalar, tarbiyachilar va o‘qituvchilarning) bevosita yordami, rahbarligi asosida amalga oshiriladi.Bolaning go‘daklik, ilk yosh, maktabgacha ta’lim muassasasi va kichik maktab yoshidagi davrlari psixik taraqqiyotning yaqin bosqichiga to‘g‘ri keladi.
Psixik taraqqiyotning aktual bosqichiga kelsak, bu bosqich muayyan davrda bolaning katta yoshdagi kishilar yordamisiz mustaqil harakat qila olishi bilan ifodalanadi. Psixik taraqqi­yotning aktual bosqichi o‘zlashtirilgan bilimlar, ko‘nikma va malakalardan mustaqil foydalanish bosqichidir. Psixik taraq­qiyotning aktual bosqichiga bolaning o‘smirlik va o‘spirinlik davrlari to‘g‘ri keladi. Bu davrda bolalarning ta’lim jarayoniga bo‘lgan munosabatlari tubdan o‘zgarib, ular turli narsalarga nisbatan tanlab munosabatda bo‘la boshlaydilar. O‘smir bola­larda qiziqish va dunyoqarash kabi shaxsning murakkab sifatlari tarkib topa boshlashi tufayli turli sohalarga doir bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga urinish yuzaga keladi. Vaholanki, ta’lim-tarbiya psixik taraqqiyotdan bir qadam oldinda borib, psixik taraqqiyotga zamin hozirlar ekan, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ta’lim-tarbiya jarayoni hamma vaqt o‘quvchilarni mustaqil tafakkur qilishga, tabiat hamda jamiyatdagi narsa va hodisalarga doir qonuniyatlarni bilib olishga yordam beradi.
Ana shu bosqich nuqtayi nazaridan ta’lim-tarbiya ishlari davomida bolaning hozirgi vaqtda qanday bilim, ko‘nikma, malakalar va xarakter sifatlariga ega ekanligini va yaqin kelajakda qanday bilim, ko‘nikma, malakalar va shaxsiy sifatlarga ega bo‘la olishini hisobga olish juda muhimdir. Ta’lim-tarbiya jarayonida taraqqiyotning shu ikki bosqichini taqqoslab, bolaning shu paytdagi rivojlanish darajasi va kelajakdagi rivoj­lanish imkoniyatlari haqida fikr yuritish mumkin bo‘ladi. Tarbiyachi ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning hozirgi taraqqiyot bosqichini hisobga olib, kelajakda qanday taraqqiyot darajasiga erishishini tasavvur eta olishi hamda bolani ana shu mo‘ljallangan taraqqiyot darajasiga erishtirish uchun aniq rejalarga ega bo‘lishi kerak.
Ma’lumki, bolaning har bir yosh davri ma’lum bilimlarni birmuncha ortiq darajada o‘zlashtirishga nisbatan sezgir bo‘ladi. Masalan, shunday yosh davrlari borki, bunda ta’lim- tarbiya bolaning psixik taraqqiyotiga ortiq darajada ta’sir qila­di. Ana shunday yosh davrlarini odatda psixik taraqqiyotning senzitiv davri deb yuritiladi. O‘tkazilgan tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, bolaning maktabgacha ta’lim muassasasi yoshida­gi davri psixik taraqqiyotga nisbatan umuman senzitiv davr hisoblanadi.
Psixik taraqqiyotning mazmuni tashqi faoliyat turlarining sekin-astalik bilan ichki psixik harakatlarga aylanishidan (ya’ni eksteriorizatsiyaning interiorizatsiyaga aylanishidan) iboratdir. Shuning uchun bolalarni ma’lum ish-harakatlarni yoki faoliyat turlarini o‘zlashtirishda ularning ehtiyojlari va qiziqishlariga mos keladigan faoliyat turlaridan biriga jalb qilish kerak.
Ta’lim jarayoni bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda tashkil qilinsa, bu jarayon dasturlashtirilgan ta’limga aylanadi. Hozirgi vaqtda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish bosqichi, uning ta’lim jarayonida keng qo‘llanilishida dasturlashtirilgan ta’lim katta ahamiyatga egadir. Ana shu nuqtayi nazardan olganda mak­tabgacha ta’lim muassasasidagi dasturlashtirilgan ta’lim bola­larda maktab ta’limi uchun kerak bo‘ladigan sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Bolaning psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy faktorlardan tashqari bolaning shaxsiy faolligi ham muhim ahamiyatga egadir. Bola psixikasining taraqqiyotida bolaning shax­siy faolligini to‘g‘ri tashkil qilib, yo‘lga solib turilsa, undagi mavjud sifatlar faoliyatining har xil turlarida namoyon bo‘lib o‘sayotganini hisobga olib tursagina tarbiya muvaffaqiyatli bo‘ladi.
Bola psixikasi o‘yin, ta’lim, mehnat, ijtimoiy faoliyat va munosabatlar jarayonida taraqqiy etadi. Har bir faoliyat bolaning hayotini o‘zgarishi bilan turli yoshda turlicha xarakter kasb etadi. Agar maktabgacha davrdagi bolalarning yetakchi faoliyati o‘yin bo‘lsa, maktab yoshidagi bolalar faoliyati o‘qish, o‘rganishdan ibolatdir. O‘yin, o‘qish, o‘rganish, mehnat yoki ijtimoiy faoliyat turlari orasida keskin chegara bo‘lishi mum­kin emas. Maktab yoshi davrida o‘yin ham saqlanadi, u hatto katta yoshli kishilar hayotida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat faoliyatiga esa biz bolalarni juda yoshligidan jalb qilamiz. Lekin har bir faoliyat turi o‘z mazmuni, tashkil etilishi bilan bolaning ham jismoniy, ham psixik faolligini rivojlantirish imkonini beradi.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling