Nazorat savol va topshiriqlari:
Taraqqiyot va uning mohiyati haqida gapirib bering.
Bolaning psixik taraqqiyotini vujudga keltiruvchi qarama-qarshiliklar nimalardan iborat?
Psixik taraqqiyot qonuniyatlari nimalardan iborat?
Bolaning psixik jihatdan taraqqiy etishida biologik va ijtimoiy muhitning ta’siri nimada ko‘rinadi?
Ta’lim-tarbiya bilan psixik taraqqiyot o‘rtasidagi muno sabat masalasi qanday?
Psixik taraqqiyotning yaqin va aktual bosqichi deganda nimani tushunasiz?
Bola psixik taraqqiyotida dasturlashtirilgan ta’limning qanday ahamiyati bor?
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Psixik taraqqiyot qonuniyatlarini tahlil qilish.
2. Bola psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy omillarni amaliy kuzatish asosida o’rganish
4. Psixik taraqqiyotda ta ’lim jarayonining tutgan o’rnini o’rganish.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Jalilova S.X., Aripova S.M. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi (o’quv qo’llanma). Toshkent: «Faylasuflar» nashriyoti, 2017. — 496 b
2. Nishonova Z., Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi. Adabiyot nashriyoti. T., 2006y.
3. Otavaliyeva O’. Bolalar psixologiyasi. (O’quv qo’llanma).1-2qism. Samarqand, 2003yil.
4.G’oziyev E. Ontogenez psixologiyasi. Toshkent. Noshir. 2010.-360 b.
TEST SAVOLLARI.
Bolaning psixik taraqqiyotini yuzaga keltiruvchi qarama-qarshiliklarni toping?
1.Bolaning shu choqqacha erishgan imkoniyatlari darajasi bilan yangi ehtiyojlari o‘rtasida tug‘iladigan qarama-qarshilik, 2.Bolaning eski xulq-atvor formalari bilan yangi xatti harakatlari, yangi tashabbuslari o‘rtasidagi qarama-qarshilik 3. Bola hayotining mazmuni bilan uning shakli (muhiti) o‘rtasida maydonga keladigan qarama-qarshilik. 4.Sub’ektiv qarama-qarshilik,5. Ob’ektiv qarama-qarshilik.
A. 1.2.3.*
B. 1.4.5.
C.1.2.4
D.3.4.5.
2. Bola mustaqil harakatda, ya’ni har bir narsani o‘zi bilganicha qilishga (tashabbus ko‘rsatishga) intila boshlaydi. Bu bolaning psixik taraqqiyotini yuzaga keltiruvchi qarama-qarshiliklarni qaysi turiga mansub?
A. Bolaning shu choqqacha erishgan imkoniyatlari darajasi bilan yangi ehtiyojlari o‘rtasida tug‘iladigan qarama-qarshilik
B. Bolaning eski xulq-atvor formalari bilan yangi xatti harakatlari, yangi tashabbuslari o‘rtasidagi qarama-qarshilik.*
C. Bola hayotining mazmuni bilan uning shakli (muhiti) o‘rtasida maydonga keladigan qarama-qarshilik.
D. Ob’ektiv qarama-qarshilik.
3. Bolalarga bir xil tarbiya berilsa ham bolalar uni turlicha qabul qiladilar. Ushbu misol qaysi psixik rivojlanish qonuniga mos?
A. Psixik rivojlanishning notekisligi qonuni *
B. Integratsiya qonuni
C. Plastiklik qonuni.
D. Kompensatsiya imkoniyati qonuni.
Do'stlaringiz bilan baham: |