Maktabgacha ta'lim metodikasi kafеdrasi bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi
Download 1.25 Mb.
|
Bolalar psix. majmua 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7 yosh inqirozi.
1 yosh inqirozi. Bu davr rivojlanishining ijtimoiy situatsiyasi quyidagilardan iborat:
bola – predmet – katta odam. Bu davrda bola diqqat e’tibori predmetga qaratilgan bo’ladi. Bundan tashqari bu davrda idrok, intellekt va nutq faoliyatlari rivojlanadi. 3 yosh inqirozi. Bu davr krizisi haqida Elda Gepper “Uch yoshli bola shaxsi haqida” ilmiy ishida bir necha muhim belgilarni ko’rsatib o’tgan: *Negativizim. Kattalarning ba’zi talablariga bola umuman rioya qilmaydi. *O’jarlik. Shaxsiy fikrga ega bo’lib, bola o’z fikri va talablarini qildiradi. U bilan hisoblashishini hohlaydi. * Kattalarni tan olmaslik. *Qarshilik – ota-onalar bilan urishishda namoyon bo’ladi. *Mustaqillik. Mustaqillikka intilish. Bu krizis davrda bolada mustaqil faoliyat yurita olish, kattalarga taqlid qilish hususiyati bilan ajralib turadi. 7 yosh inqirozi. Bu davrda bola o’zligini yo’qotib qo’yadi. Maktabgacha ta’lim muassasidan yangi ijtimoiy muhit-maktabga keladi. Bu davrda bolaning intellektual va aqliy imkoniyatlari baholanadi. O’z-o’zini baholash rivojlanadi. Bolaga bu vaqtda to’g’ri ijobiy – munosabatda bo’lish, mehr-muhabbat berish. Bu krizisdan oson o’tishga yordam beradi. Ayrim bolalarda krizis davri yaqqol namoyon bo‘lsa, boshqa bolalarda deyarli bilinar-bilinmas tarzda o‘tib ketadi. Bu narsa turli yosh bosqichidagi bolalarning nerv sistemalari bilan bog‘liqdir. Masalan, nerv sistemasi mustahkam va egiluvchan (plastik) bolalarda yangi dinamik stereotiplar tez va osonlik bilan yuzaga keladi. Bunday, bolalarning xulq-atvorlarida krizis davri deyarli bilinmaydi. Aksincha, nerv sistemasi zaif bolalarda yangi dinamik stereotiplar qiyinlik bilan uzoq muddat davomida yuzaga keladi va bunday bolalarning xulq-atvorlarida krizis davri yaqqol namoyon bo‘ladi. Ota-onalar va tarbiyachilar bolalarning yosh bosqichlarida uchraydigan ana shu hodisalarni hisobga olgan holda ish olib borishlari kerak. Bolalarning psixik taraqqiyotlarida muhim individual farqlar sezilib turadi. Buning asosiy sababi shundaki, bolalarning psixik jarayonlari va psixologik sifat xususiyatlari bolaning yoshi ulg‘ayishi bilan o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Bu psixik jarayonlar, psixologik sifat va xususiyatlar turli yosh bosqichida bolalarning faoliyatlari negizida ta’lim-tarbiyaning ta’siri bilan tarkib topadi. Bolalar dastavval psixik taraqqiyot tempi jihatidan bir-birlaridan farqlanadilar. Hamma bolalar psixik jihatdan, ya’ni sezgi va idroklari, diqqat va xotiralari, nutq va tafakkurlari hamda psixologik sifatlari jihatidan bir xilda rivojlanmaydilar. Masalan, bolalarning bir yosh bosqichidan ikkinchi yosh bosqichiga o‘tishning o‘rtacha bir muddati bordir. Ayrim bolalarda krizis davrlari vaqtincha paydo bo‘lib, bir yosh bosqichidan ikkinchi yosh bosqichigacha tez o‘tib ketadi. Boshqa bir bolalarda esa bu jarayon juda cho‘zilib ketadi. Turli yosh bosqichlaridagi bolalar ayrim faoliyat turlarini o‘zlashtirish tempi jihatidan ham bir-biridan farq qiladilar. Masalan, to‘rt-besh yoshli ayrim bolalar rasm chizishga qiynaladilar. Ayrimlari yaxshi rasm chizadilar. Besh-olti yoshli ayrim bolalarning diqqat va xotiralari sust bo‘ladi. Ular raqam va harflarni tanishda nihoyatda qiynaladilar. Boshqa bir shu yoshdagi bolalar esa, oz vaqt ichida o‘rganib oladilar. Ayrim shaxsiy psixologik sifatlarning (mustaqillik, batartiblik kabi) yuzaga kelishida ham xuddi shularga o‘xshash individual farqni ko‘rish mumkin. Turli yosh bosqichidagi bolalarning psixik taraqqiyotlarida ko‘rinadigan individual farqlarning asosiy sababi, birinchidan, ijtimoiy hayot sharoitining har xilligi bo‘lsa, ikkinchidan, organizmning tabiiy irsiy imkoniyatlarining ta’siridir. Bolalarda shartli reflekslar ham turlicha muddat davomida hosil bo‘ladi. Ayrim bolalarda oriyentirovka refleksi yaqqol namoyon bo‘lsa, boshqa bolalarda biron narsaning tekkanini sezish refleksi, ya’ni taktil sezgilar yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunday farqlar nerv sistemasining nasliy xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Masalan, miyaning qandaydir jarohati bilan tug‘ilgan bola psixik taraqqiyotdan orqada qoladi. Turli yosh bosqichidagi bolalarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda yondashish, bolalarga nisbatan individual munosabatda bo‘lishni ta’minlash bilan birga ularni har tomonlama rivojlantirishga yordam beradi
Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling