Maktabgacha ta'lim metodikasi kafеdrasi bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


Tadqiqotchi E.K. Kaverinaning tajribasida tasdiqlanganidek, bolaning predmet nomini tushunishi quyidagi tartibda aks etishi mumkin


Download 1.25 Mb.
bet38/74
Sana24.01.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1116151
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
Bog'liq
Bolalar psix. majmua 2021

Tadqiqotchi E.K. Kaverinaning tajribasida tasdiqlanganidek, bolaning predmet nomini tushunishi quyidagi tartibda aks etishi mumkin:

  1. bola eng avval atrofidagi predmetlarning nomlarini;

  2. katta yoshli odamlar va o‘yinchoqlarning nomlari va rasmlarini;

d) odamlarning gavdasining tuzilishini, uning bo‘laklari va hokazolarni tushunadi.
Tushunishning eng qulay, senzitiv davri bir yoshdan bir yarim yoshgachadir. Bu davrda bola predmet va jismlarning nomlarini yengil o‘zlashtirib oladi. Ikki yoshgacha davrida kattalar bilan muloqotga kirishishda uy jihozlari va boshqalarni o‘rganadi.
Bola 2 yoshga to‘lganda nutqning rivojida yangi davr boshlanadi. U ona tilining grammatik qoidalariga muvofiq gap tuzishga harakat qiladi. Uning nutqida deyarli barcha so‘z turkumlari, murakkab bog‘lovchisiz gaplar uchray boshlaydi.
Bola uch yoshga qadam qo‘yganda, unda nutqni tu­shunishning ko‘lami kengayadi, sifati esa yuqori darajaga ko‘tariladi. 2-3 yoshli bola kattalarning amaliy faoliyatni bajarishga doir nutqini tushunishdan tashqari ertak, hikoya, she’r kabilarni tinglashni ham yoqtirishi sababli ularda bayon qilingan fikrlarni ham tushunishga intiladi. 3 yoshli bola faqat yaqin kishilari bilan emas, balki begonalar, tengqurlari bilan ham muloqot ko‘lami kengayishi natijasida unda tom ma’nodagi nutq faoliyati vujudga keladi. Bolada kattalarning nutqiga, xattiharakatiga qiziqish kuchayadi, o‘ziga daxlsiz fikr va mulohazalarni tinglash mayli paydo bo‘ladi, shuningdek, uning o‘zi atrof-muhitda, kattalar davrasida olgan ma’lumotlar va axborotlar bo‘yicha boshqalar bilan muloqotga kirishish istagi tug‘iladi. Uch yoshli bolaning nutqi muloqot quroli vazifasini bajarib, amaliy faoliyat bilan uzviy bog‘liq holda ro‘yobga chiqadi. Un­da dialogik nutq paydo bo‘ladi, chunki uning o‘ziga yoqadigan narsalar haqida savollar berishi yoki kattalarning savoliga javob qaytarishi dialogik nutqni taqozo etadi. Dialogik nutq zamirida ona tilining grammatik tuzilishini faol egallash uchun keng imkoniyatlar yotadi, dialogik nutq bolaning kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Xayol jarayonining dastlabki ko‘rinishlari bolada ikki yosh­ga to‘lib, uch yoshga qadam qo‘yganida ko‘rina boshlaydi. Ikki yoshli bolalarda ko‘rinadigan dastlabki xayol ma’lum bir maqsadni ko‘zlamaydigan ixtiyorsiz xayoldir.
Til chiqishi bolalarda xayol jarayonining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu davrdan boshlab bola tevarak-atrofdagi kishilarning so‘zini yaxshi tushunadigan bo‘lib o‘zidagi tasavvur­lar zaxirasini bevosita idrok qilingan narsalar orqaligina emas, balki katta yoshli odamlar nutqi bilan ham to‘ldirib boradi. Bo la o‘ziga tushunarli mavzulardagi hikoya va ertaklarni qiziqib tinglaydi. O‘zi asosiy qahramon bo‘lib qatnashadigan hikoyalar­ni jon-u dili bilan eshitadigan bo‘ladi. Bunday hikoya bolaga ju­da tushunarli bo‘ladi, chunki bola hikoyani eshitib turib, bevosi ta, o‘zining idrokiga tayanadi. Bu yerda o‘ylab chiqarilgan voqea bolaning o‘zi haqiqatdan ishtirok qilgan voqealarga ulanib ketadi. Bolaning hikoya va ertaklarni eshitishga juda ham qiziqishi, hikoya va ertaklarni tinglayotganida bolalarning tajribasini orttiradigan va xayolini o‘stirishga yordam beradigan xilma-xil va aniq tasavvurlar hosil bo‘lishini ko‘rsatadi.
Bola kattalarning gaplariga tushunadigan bo‘lgach, turli ertak va hikoyalarni qiziqib tinglaydigan bo‘ladi. Bolalar o‘zlari biladigan, o‘zlariga yaxshi tanish bo‘lgan narsalar (hayvonlar, bolalar kabi) haqidagi hikoyalarni jon-u dili bilan eshitadilar. Bola bunday hikoyalarni eshitishda bevosita o‘zining idrokiga, tasavvurlariga tayanadi. Bunday hikoyalarda («Uch ayiq», «Qizil shapkacha») o‘ylab chiqarilgan voqea bolaning o‘zi haqiqatda ishtirok qilgan, idrok qilgan voqealarga ulanib ketadi. Natijada bolaning tajribasi ortadi va mustah kamlanadi. Bu esa o‘z navbatida bola xayolining o‘sishiga yordam beradi. Har bir hikoyani eshitgan
da bolada xilma-xil tasavvurlar yuzaga keladi. Bola bu tasavvurlari yordamida xayol qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bola hikoya eshitish orqali olgan tasavvurlarini so‘zlar bilan ifodalaydi, taj­ribasi oshib boradi. 3 yoshda bolaning xayol obrazlari tevarak- atrofdagi predmetlarning ta’sirida tug‘iladi va ma’lum maqsadga bo‘ysunadi. Bola qo‘g‘irchoqni ko‘rib bo‘lgandan keyin, uni kiyintiradi va «uxlashga» yotqizadi. Bordiyu shu on «ayiqcha»ni ko‘rib qolsa diqqatini qo‘g‘irchog‘dan olib, ana shu «ayiqcha»ga qaratadi va u bilan «o‘rmonga sayr qilishga» ketadi. Bolada tajri ba ortib, o‘yin faoliyati murakkablashib borishi bilan xayol ham boyib boradi.
Bolalar xayolining dastlabki rivojlanishida ular o‘yinining roli juda kattadir. Ularning yoshi ulg‘aygan sari ular o‘yinining mazmuni ham o‘zgarib boradi. Ikki yoshga to‘lish oldidan bolalar o‘yinida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Manipulat- siya o‘yinlari bilan bir qatorda tasviriy o‘yin elementlari ham paydo bo‘ladi. Bola turmushda ko‘rgan ish harakatlarini o‘z o‘yinida aks ettiradi. Masalan bola qo‘g‘irchog‘ini «ovqatlantiradi», yotqizib «uxlatadi», uni «erkalaydi», «arg‘imchoqda uchiradi». Bola katta bo‘lgani sayin o‘yinda katta yoshli kishilarning harakatlariga taqlid qil ish tobora ko‘p o‘rin egallay boshlaydi. Ayni vaqtda o‘yinlar murakkablashib, mazmuni ham turlitu man bo‘la boradi. Masalan, bola o‘ziga g‘amxo‘rlik qilayotgan onasining harakatlariga, duradgor, haydovchi, sartaroshning harakatlariga taqlid qila boshlaydi. Bolaning bunday o‘yinlarida esa endi tiklovchi xayolning yuzaga kela boshlaganini ko‘ramiz.
Ilk yosh davridagi bolalarning harakatlarida tasviriy faoliyat elementlarining paydo bo‘lishi xayolning o‘sayotganligidan dalolat beradi. Masalan, bola bir nimalarni qog‘ozga chizib, nimanidir tasvirlashga urinib ko‘radi. Lekin dastlab bunday chizmakashlik faoliyati almoyialjoyi chiziqlar chizishdangina iborat bo‘ladi. Ikki yoshga tolganda bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolaning tasviriy faoliyatida yangi, muhim element paydo bo‘ladi. U endi o‘zi chizayotgan rasmiga nom beradigan bo‘ladi. Tasviriy faoliyatining yuzaga kelishi bog‘chagacha tar­biya yoshidagi bolaning tasavvur xayolini o‘stirishga yordam beradi. Ammo bu yoshda xayolning dastlabki nihollarigina paydo bo‘la boshlaydi. Bu nihollarni diqqat-e’tibor bilan doimo parvarish qilib turish tarbiyachi va ota-onalarning vazifasidir.
Ilk yoshda o‘yin faoliyati. Bu yoshda bolaning o‘yinlari ha­li juda oddiy bo‘ladi. Aslida ular tom ma’nodagi o‘yin bo‘lmay, balki chinakam o‘yinga tayyorgarlikdir. Bu yoshdagi bolalarning sodda o‘yinlarini mashq o‘yinlari, harakat o‘yinlari, manipulatsiya (timirskilash) o‘yinlari deb atash mumkin. Bunday o‘yinlarda bola o‘yinchoqlarni bir joydan ikkinchi joyga olib borib qo‘yadi, mashinalarni, aravachalarni yurgizib ko‘radi, kubiklarni ustma- ust qilib taxlaydi va shu kabi harakatlarni bajaradi. Bunday sodda o‘yinlarda hali bola xayolini boyitadigan mazmun yo‘q.
Bola ikki yoshga to‘lgach, uning o‘yinlarida jiddiy o‘zgarish ro‘y beradi. Bolaning o‘yiniga endi taqlidiy harakatlar qo‘shiladi. Bola kattalardan ko‘rgan bilganlarini o‘yinda taqlidan takrorlay boshlaydi. Bu davrda bola mashinasini u yoqdan bu yoqqa siljitish yoki tepalikdan sirg‘antirib tushirish bilan cheklanmay, haydovchilarning harakatlarini bajaradi. Mashina ovoziga taqlid qilib ovoz chiqaradi, mashinada yuk tashiydi va hokazo. Qiz bola bo‘lsa, bu yoshda qo‘g‘irchog‘ini yuvintiradi, ovqatlantiradi, uxlatadi, jazolaydi. Bolaning bunday o‘yinlarida esa endi tiklovchi xayolning yuzaga kela boshlaganini ko‘ramiz. Bola uch yosh­ga to‘lish oldida rollarga bo‘linib o‘ynaydigan o‘yinlar ham pay­do bo‘ladi. Ular o‘yinda rollarni taqsimlab oladilar va ulardan - «Men samosvalning haydovchisi bo‘laman», «Sen ekskavatorda turasan», «Men doktor bo‘laman», «Sen doktorga kelasan» kabi mulohazalarni eshitish mumkin. Bolalar o‘z rollarini mohirlik bilan bajarishga intiladilar. Ana shunday rolli o‘yinlarda bola­larning xayol faoliyatlari rivojlanadi. Ularda ijodiy xayol kurtaklari ham yuzaga kela boshlaydi.
Nutqning o‘sishi bola shaxsining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bola kattalarning gaplariga tushunadigan bo‘lgach, har turli ertak va hikoyalarni qiziqib tinglaydigan bo‘ladi. Bolalar o‘zlari biladigan, o‘zlariga yaxshi tanish bo‘lgan narsalar (hayvonlar, bolalar kabi) haqidagi hikoyalarni jon-u dili bilan eshitadilar. Bola bunday hikoyalarni eshitishda bevosita o‘zining idrokiga, tasavvurlariga tayanadi. So‘z esa bolaning narsalarni boshqacha idrok qilishiga, ularning boshqa narsalarga o‘xshashligini aniqlashiga va ana shunday o‘xshashliklarni aniqlash asosida yangi obrazlar, yangi tasavvurlar yaratishiga yordam beradi.
Ilk yosh davridagi bolalarning xayol faoliyatlarini rivojlantirishda o‘yinning roli nihoyatda kattadir. Shuni e’tiborga olib, bolalarning o‘yinlarini tashkil qilishga, ularga o‘yinchoqlarni to‘plab berishga ahamiyat bilan qarash kerak. Bu yoshda bolalarning o‘yinchoqlari anchagina yirik, rangdor, qimirlaydigan, ya’ni bolalarning e’tiborini o‘ziga jalb qiladigan, shuningdek, sinmaydigan, yengil va oson yuviladigan bo‘lishi kerak.
Ilk yoshda ta’lim faoliyati. Ilk yoshdagi bolalarga majburiy tarzda ta’lim (bilim) berilmaydi. Ularning har kungi xayotlarining o‘zi ta’limdan iborat bo‘ladi. Chunki ilk yoshdagi bolalar kundalik hayotlarida atrof-muhitdagi narsalar va hodisalar bilan tanishadilar, har turli narsalarni qo‘llari bilan ushlab ko‘rib, sinchiklab tekshiradilar.
Ilk yoshdagi bolalar o‘ta hissiyotli va juda qiziquvchan bo‘ladilar. Ularning ana shu qiziquvchanlik xususiyatlaridan ta’lim jarayonida keng foydalanish lozim. Ilk yoshdagi bolalarga ta’lim berishda ularni atrof-muhitdagi narsalar bilan bevosita tanishtirishda shu yoshdagi (2-2,5 yoshdagi) bolalar uchun chiqarilgan rasmli kitoblardan va rasmli lotolardan foydalanish yaxshi natija beradi. Masalan, ilk yoshdagi bolalarni uy hayvonlari, yovvoyi hayvonlar, qushlar, o‘simliklar dunyosi va shu kabilar bilan rasmli kitoblar orqali tanishtirish mumkin. Bu yoshdagi bolalarga ta’lim berishda rasmli lotolar ham keng qo‘llaniladi. Masalan, tarbiyachining va hamma bolalarning oldida har xil sabzavotlarning rasmlari solingan lotolar turadi. Tarbiyachi qo‘liga piyozning rasmi tasvirlangan lotoni olib bolalarga ko‘rsatadi. Bolalar darhol sabzavotlarning rasmlari solingan lotolar orasidan piyozni topib olishlari va uning nomini jor bo‘lib aytishlari kerak.
Ilk yosh davrining oxiriga borib, bolalarda tasviriy san’at faoliyatining elementlari yuzaga kela boshlaydi. Bola qalam bi­lan nimalarnidir rasmini chizishga juda qiziqadi. Bu sohada u kattalarga taqlid qila boshlaydi. Garchi bu yoshdagi bolalarning chizgan rasmi egribugri chiziqlardan iborat va unda hech qanday ma’no bo‘lmasada, bu faoliyat ularda xayolning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bola o‘zining chizgan rasmlarini tushuntirib beradi. Lekin uning tushuntirishi chizgan rasmiga mos bo‘lmasada (kam o‘xshasa ham) uning o‘z xayolida narsalarning tasavvurini yuzaga keltira oladi. Bu esa tiklovchi xayolning o‘sishi uchun katta ahamiyatga egadir.
Estеtik xislar xam yuzaga kеla boshlaydi. Bir yoshli va undan sal oshgan bolaning xar- xil xarakatli o’yinlarida muvoffaqiyatsizlikka uchrashi ko’zlagan ishni bajarishdagi xoxish kеchinmalar uning ruxiy dunyosida dastlabki jazavaga (affеktiv) tuyg’u va xisni vujudga kеltiradi. Ularda affеkt xolati kuchli bo’ladi.
Achchiqlanish, jaxl qo’zg’alishi, kaxru-gazab nazar tuyg’ularining xususiyatini tadqiq qilgan T.Е.Konnikova malumotlariga binoan, bir yoshli bolada ko’pincha bеzovtalanish, xatti xarakatdagi «portlash» , qaxri qattiqlik yuzaga kеladi. Olimlarning fikricha, uning psixikasida paydo bo’layotgan xaq xosilasi tirishqoqlikning o’ziga xos ko’rinishidankattalar bilan mulokatda psixik jixatdan takomi xosil qiladi. Psixologik malumotlarga ko’ra, «portlash», lov etishi xususiyatiga o’zga bo’lgan affеkt quyidagi sabablar bilan vujudga kеladi:
1) Kattalar bolalar xoxish-istaklarini tushunmasligi (yuz bilan tana xarakatlari qo’shilishi) e’tiborsizligi:
2) Bolaning extiyojsiz xatti xarakatlariga batamom qarshilik kursatishi, shuningdеk uning talabini bajarmasligi, qoniqtirmasligi:
3) Boladagi o’zgarishlarga oid bilimlardan bеxabarligi, bu o’zgarishlarni oldindan sеza olmasligi va boshqalar shunga ko’ra o’jarlikni quyidagicha farqlash mumkin:
Xafalik o’jarligi
Erkalik o’jarligi
Qarovsizlik o’jarligi.
Ilk yosh davri jismoniy, ham psixik jihatdan jadal rivojlanish davridir. Bu yosh bosqichida hosil qilingan ayrim xususiyatlar bolaning keyingi rivojlanish bosqichlarida ham muhim ahamiyatga egadir.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling