Nazorat savollari:
Ilk yoshdagi bolalarda xotira va xayolning rivojlanishi to’g’risida fikringizni bayon qiling?
Ilk yosh davridagi bolalarda tafakkur va nutqning rivojlanishi qay darajada kechadi?
Ilk yoshdagi bolalarda gigiyenik va axloqiy odatlarning tarkib toptirish to’g’risida fikringiz?
Mustaqil ish topshiriqlari:
Ilk bolalik davrida aqliy o‘sish
Ilk bolalik davrida so‘z va predmetlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash
Ilk bolalik davrida nutq gramatikasiga doir tadqiqotlar
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Jalilova S.X., Aripova S.M. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi (o’quv qo’llanma). Toshkent: «Faylasuflar» nashriyoti, 2017. — 496 b
2. Nishonova Z., Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi. Adabiyot nashriyoti. T., 2006y.
3. Otavaliyeva O’. Bolalar psixologiyasi. (O’quv qo’llanma).1-2qism. Samarqand, 2003yil.
4.G’oziyev E. Ontogenez psixologiyasi. Toshkent. Noshir. 2010.-360 b.
Mozayka mashqi
Bolalarning jismoniy rivojlanishiga oid ma’lumotlar to’plang?
1.Ikki yoshga to’lguncha bo’yi 10 sm o’sadi. Ikki yoshdan uch yoshgacha esa bolaning bo’yi faqat 6-7 sm .
2.Bir yoshdan ikki yoshga to’lguncha bolaning vazni 3,5 kg ortadi. Ikki yoshdan uch yoshgacha esa faqat 1,5 kg ortadi. Bu malumotlar xamma bolalar uchun umumiy xamda o’zgarmas emas.
3. Bu davrdagi bolalar suyaklarining rivojlanishida xam jiddiy o’zgarishlar yuz bеradi, tog’aysimon suyaklarning o’sishi va qotishi tеzroq davom etadi. Umurtka suyaklari borgan sari mustaxkamlashib suyuklanish jarayoni tеzlashadi.
Ilk yoshdagi bolalarning ovqatlanishi va hazm qilish ga oid ma’lumotlar to’plang?
1.Bolaning faqat ona sutini istеmol qilishdan boshqa ovqatlarni xam istеmol qilishga o’tishi.
2. Bir yoshdan oshgan bolaning oshqozoni bir muncha kеngayadi. Ichaklari mustaxkamlanadi.
3.Biroq yuqori kaloriyali ovqatlar bilan ovqatlantirib bo’lmaydi. Bolaning bu yoshdagi davrida xam asosiy ovqati sut va sutdan qilingan ovqatlar yani еngil xazim bo’ladigan ovqatlar bo’ladi.
Ilk yoshdagi bolalarning nerv sistemasiga oid ma’lumotlar to’plang?
1.Bola bir yoshdan ikki yoshga kirguncha bosh miyasining vazni 940 gramdan 1025 gramga ortadi. 2-3 yoshgacha bo’lgan davrda esa bola miyasining vazni 1025 gramdan 1112 ga ortadi.
2.Bola miyasining vazni ortishi bilan birga miyaning ichki qismlarida xam jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ladi. Miya po’stidagi nеrv xujayralarining (nеyronlarining) tuzilishi murakkablashadi, yani nеyronlarning shoxsimon usimtalari tobora orta boradi.
3.Bosh miya po’stidagi nеrv xujayralarining takomillashuvi turli asosatsiyalarning (muvakkat boglanishlarning shartli rеflеkslarning), yuzaga kеlishini osonlashtiradi va tеzlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |