Maktabgacha ta'lim metodikasi kafеdrasi bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi
Ma’lumki, bolaning ilk tarbiya yoshidagi davri butun sezgi a’zolarining jadal taraqqiy etish davri, ya’ni
Download 1.25 Mb.
|
Bolalar psix. majmua 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- MIYANING RIVOJLANISHI
- Bu yoshdagi
- Sezgilarning normal rivojlanishi bola
- Ilk yosh davridagi bolalarda
- Ilk yosh davridagi bolaning yoshi ulg‘ayib, atrof-muhitdagi turlituman narsalar haqida tasavvurlari ko‘paygan sari uning
Ma’lumki, bolaning ilk tarbiya yoshidagi davri butun sezgi a’zolarining jadal taraqqiy etish davri, ya’ni senzitiv davr hisoblanadi. Aslini olganda bolaning uch yoshgacha bolgan davri senzitiv taraqqiyotining boshlanish davridir. Bu davrdan boshlab bolaning turmush tajribasi orta boradi. Bolalarning tashgi olamni bilishdagi aktivliklari ortgan sari ular bir-birlaridan individual jihatdan farq qila boshlaydilar. Buning sababi shundaki, har bir bola maxsus sharoitda oziga xos ravishda aktivlik ko‘rsatadi va tevarak-atrofidagi turlituman narsa va hodisalarni bilishga harakat qiladi. Bu esa ularda har sohaga doir o‘nlab savollarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Mana shularning barchasi bolaning ilk yosh davrila boshlanadigan haqiqiy senzitiv davr uchun asos yaratadi.
Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarning analizatorlari yaxshi takomillashgani va ular erkin harakat qila olish imkoniyatiga ega bo‘lganliklari tufayli bu davrda psixik jihatdan tez rivojlanadilar. Ma’lumki, ilk yosh davridagi bolalar faqat yurib va emaklabgina qolmay, yugurish, sakrash hamda baland va past to‘siqlardan oshib o‘tish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. Ilk yosh davridagi bolalarning ertadan kechgacha turli harakatlar qila olish imkoniyatlari tevarak-atrofdagi muhitni bilish ehtiyojini qondirishda juda katta sharoit yaratib beradi. Ilk yosh davridagi bolaning turmush tajribasi deyarli yo‘q bo‘lganligi uchun uni hamma narsa qiziqtiradi. U o‘zining kundalik tinimsiz harakatlari davomida kattalarga taqlid qilib, mustaqil ravishda kiyinish, yechinish, ovqat yeyish, yuvinish kabi harakatlarni o‘zlashtira boshlaydi. Ilk yosh davridagi bola o‘zining kundalik harakatlari davomida hech bir erinmay, ko‘z o‘ngidagi hamma narsalarni tekshirib ko‘radi. Natijada juda ko‘p yangiliklarni bilib oladi, o‘zining sezgi va idrokini, tasavvur va xotirasini, tafakkur va nutqini, hissiyot va xayolini — umuman hamma psixik jarayonlarini rivojlantiradi. Ilk yosh davridagi bolalarda nutq juda tez rivojlana boshlaydi. Ikki yoshga to‘lgan bola bir necha so‘zlarni aniq talaffuz qila oladi va atrofdagi kattalarning gapiga tushuna boshlaydi. Nutqning o‘sishi, ya’ni so‘zlay bilish qobiliyati bolaning bu tun psixik taraqqiyotiga, undagi barcha psixik jarayonorlarning va psixik xususiyatlarning o‘sishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ilk yosh davridagi bolaning psixik taraqqiyotida asosan ikkita omil — erkin harakatlar va nutq katta ahamiyat kasb etadi. Bu yoshdagi davrda sezgilarning rivojlanishi analizatorning tobora takomillashuvi bilan bog‘liqdir. Ikki yoshdan oshgan bolaning sezgilari (ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish, teri va harakat kabi) uning har kungi xilma-xil harakatlari davomida turli narsalarga bevosita to‘qnash kelishi natijasida rivojlanadi. Bola yoshiga to‘lib yura boshlagach, harakat sezgilarining rivojlanishi uchun juda keng imkoniyatlar maydonga keladi. Bu yoshda bola ko‘p narsalarni o‘zi mustaqil ravishda qo‘liga olib ushlab, timirskilab ko‘radi, stulga chiqib tushadi, karavot tagiga kiradi, quti va eshiklarni tartib bilan ochib yopadi. Ana shuning uchun bola yurgandan so‘ng uning predmetlarni bilish doirasi juda kengayib, har kungi tinimsiz harakatlarida juda ko‘p narsalarni bilib oladi va uning harakat sezgilari ham takomillashadi hamda fazoni va fazoviy munosabatlarni (baland, past kabi) anglay boshlaydi. Ilk yoshiga kelib bolaning barcha sezgi a’zolari tuzilishi ji hatidan deyarli to‘la takomillashgan bo‘ladi. Ilk yoshda ko‘proq sezgi a’zolarining markaziy qismlari takomillashadi. Ilk yoshdagi bolalarga xos bo‘lgan miya po‘stida har qanday qo‘zg‘alishning keng irradiatsiyalanish (yoyilish) xususiyati qisman bog‘cha yoshidagi davrda ham saqlanib qolgan bo‘ladi. Bu esa bolalarda farq ajratish sezgilarining takomillashuviga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun, 2—3 yoshli bolalar narsalarning farqini tez ajrata olmasliklari tufayli har bir narsani bevosita ushlab, timirskilab ko‘rishga bo‘lgan intilishlari bog‘cha yoshidagi davrda ham qisman saqlanib qoladi. Keyinchalik turmush tajribasining birmuncha ortishi bilan ko‘rish va eshitish sezgilari teri, muskul va harakat sezgilaridan (ya’ni narsalarni hamisha bevosita timirskilab ko‘rishdan) ustunlik darajasiga ko‘tariladi. Sezgilarning normal rivojlanishi bola idrokining taraqqiyoti uchun zamin bo‘ladi. Yoshidan oshib, bemalol yura va yu gura oladigan bolaning idroki uning har kungi tinimsiz harakatlari jarayonida takomillashib, narsalar haqidagi tasavvurlari aniqlalhib boradi, lekin katta odamlar idrokidan keskin farq qiladi. Bilinchidan, bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarda turmush tajribasi yo‘qligi tufayli ularning idroklari ham anglashilmagan xarakterga ega bo‘ladi. Ular ko‘p narsalarga birinchi marta duch keladilar. Shuning uchun bolalar idrok qiladigan ko‘p narsalar ularga yangilik, ya’ni dastlabki taassurot kuchiga ega bo‘ladi. Ikkinchidan esa, bolalarning idroki ko‘pincha ixtiyorsiz xarakterga ega bo‘ladi, ya’ni ularning idrokida muayyan bir maqsadni ko‘zlash hali sezilmaydi. Shuning uchun ularning idroki bir narsadan boshqa bir narsaga beixtiyor ko‘chib ketaveradi. Lekin bu yoshdagi bolalarda hissiyoti kuchli bo‘lgani uchun ular o‘zlarini qiziqtiradigan, hayron qoldiradigan, hissiy kechinmalar uyg‘otadigan narsalarni idrok qiladilar. Bu yoshdagi bolalar idrokining yana farqlanadigan tomoni shundaki, ular idrok qilayotgan narsalarni umumlashtira olmaydilar. Atrof-muhitdagi narsalarni qanday bo‘lsa shundayligicha idrok qiladilar. Bu xususiyat ularning rasmlarni idrok qilishlarida yaqqol ko‘rinadi. Masalan, bir yarim, ikki yoshli bolaga otning kallasi solingan surat ko‘rsatilsa, u «Otning o‘zi qani?» deb so‘raydi. Ikki yoshga yaqinlashib qolgan bolaning idrokida narsalarni bir-biridan farqlash juda yaqqol ko‘rinadi. Masalan, bola suratda tasvirlangan it, ayiq, qarg‘a, koptok, mashina va hokazolarni bemalol tanib, ajrata oladi. 2—3 yoshli bolalarning idroklarida ayrim fazoviy elementlar ham ko‘rina boshlaydi. Masalan, ular narsalarning katta- kichikligini farqlay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar «katta», «kichik» so‘zlarini hali ayta olmasalar ham bunday tushunchani imoishora va allaqanday ovoz chiqarish bilan ifodalashga intiladilar. Katta narsalar haqida qo‘llarini baland ko‘tarib «uu u» deyishlari kichkina narsalarni ifodalamoqchi bo‘lganlarida esa «burunlarini bujmaytirib, ko‘zlarini yarim yumib, ingichka ovoz chiqarib «iii» deyishlari mumkin. Ilk yoshidagi bolalarning nutqni egallashlari idrokning yana ham rivojlanishi uchun juda katta imkoniyat tug‘diradi. Nutqni egallagan bola idrok qilayotgan narsalarning nomini ataydigan bo‘ladi. Bu idrokning onglilik darajasini yanada o‘stiradi. Ana shu davrdan boshlab bola endi nutq orqali ham (ya’ni narsalarning nomini eshitish orqali) idrok qila oladigan bo‘ladi. Bola nomini bila olmagan narsalari haqida «Bu nima?», «Buning oti nima?» deb savol bera boshlaydi. Ilk yoshidagi bolalarda vaqtni idrok qilish juda sodda, ya’ni boshlang‘ich holatda bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar faqatgina hozirgi zamon vaqti bilan yashaydilar. Ular shu kunni, ayni shu daqiqani yaxshi tasavvur etib, o‘tgan va kelasi zamonni noaniq, pala-partish tasavvur etadilar. Eng ko‘p ishlatiladigan vaqt tushunchalaridan «kecha», «bugun», «ertaga» va «indinga» kabilarni ham ko‘pincha almashtirib yuboradilar. Vaqt tushunchalarini idrok qilishdagi bu qiyinchiliklar bolalarda ko‘pincha bog‘cha yoshining dastlabki davrlarida ham saqlanib qoladi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bolalarning idroki kundalik faoliyatlarida tevarak-atrofidagi narsa va hodisalarni kuzatish va ular bilan bevosita munosabatda bo‘lishi jarayonida har tomonlama rivojlanib boradi. Bolalar idrokining mazmunan boyishiga nutqni egallash juda katta ta’sir qiladi. Ana shu jihatdan olganda, tarbiyachisining vazifasi nutqdan bolalar idrokini o‘stiradigan vosi ta sifatida keng foydalanishdir. Bolalar bilan ko‘proq gaplashish, tevarak-atrofdagi narsalar haqida ko‘proq so‘zlab berish, bolalarning turlituman savollariga mumkin qadar javob qaytarishga harakat qilish, narsalarning asosiy va muhim xususiyatlariga bolalarning diqqatlarini jalb qilish lozim. Bularning hammasi bolalar idrokini o‘stirishning zarur va muhim yo‘llari hisoblanadi. Ilk yosh davridagi bolalarda diqqatning ixtiyorsizligi va beqarorligi ularda tormozlanish jarayonining hali kuchsizligi bilan bog‘liqdir. Bu yoshdagi bolalarda tormozlanishga nisbatan qo‘zg‘alish jarayoni kuchli (ustun) bo‘lganligi sababli qo‘zg‘alish jarayoni bilan tormozlanish jarayoni muvozanatlasha olmay, qo‘zg‘alish ustunlik qiladi va bosh miya yarimsharlarining to bora yangiyangi qismlariga tarqalib ketaveradi. Ana shuning uchun kichik bolalarning diqqati bir narsadan ikkinchi narsaga chalg‘ib ketaveradi. Masalan, bolaga yangi o‘yinchoq bersangiz u o‘yinchoqni juda qiziqib ko‘ra boshlaydi. Lekin ayni shu paytda yana bir boshqa o‘yinchoqni ko‘rsatsangiz, birinchi o‘yinchoqni tashlab, ikkinchisiga talpinadi. Ilk yoshdagi bolalar diqqatining beqarorligi fiziologik nuqtayi nazaridan ularda hali tormozlanish jarayonlarining kuchsizligi bilan bog‘liqdir. Tormozlanish jarayoni qo‘zg‘alish jarayonining keng yoyilib ketishini to‘xtata olmaydi. Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining g‘oyat beqaror bo‘lishi turmush tajribalarining juda ozligi bilan ham bog‘liqdir. Bolalarga hamma narsa yangilik bo‘lib tuyilaverganidan ularning diqqatlari bir narsadan ikkinchi narsaga tez-tez chalg‘ib ketaveradi. Bola ko‘z o‘ngidagi narsaning o‘zi bolaga juda qiziq tuyilgani sababli ham diqqati chalg‘ib ketadi. Masalan, N.M. Menchinskayaning hikoya qilishicha, Sasha (1 yosh-u 8 oylik) «Echki va uning bolalari» haqidagi ertakni zo‘r qiziqish bilan tinglaydi. Bo‘ri kelib eshikni taqillatgani hikoya qilinganda, Sasha bo‘rining qanday taqillatganini ko‘rmoqchi bo‘lib, devorga «tap-tap» etib uradi, lekin ba’zan taqillatishga shu qadar mahliyo bo‘lib ketadiki, ertakni tamomila unutib qo‘yadi.8 Ilk bolalik davridagi bolalarda diqqatning bo‘linuvchanligi juda zaif, ko‘lami esa tor bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar diqqatlarini faqat ko‘zlariga yaqqol ko‘rinib turgan bir narsagagina qarata oladilar. Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining rivojlanishida nutqning roli juda kattadir. Bolaning tili chi qib nutqni egallay boshlashi, katta kishilar bilan muloqotda bo‘lishdan tashqari, ularning ko‘rsatmalarini bajarish imkoniyatini ham beradi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, kichik yoshli bolalar kattalarga qarashishni, imkoni boricha ularning mehnatlariga aralashishni juda yoqtiradilar. Kattalarning iltimos va topshiriqlarini bajonudil ado etadilar, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga oid oddiy yumushlarni qiziqib bajaradilar, ota-onalariga xo‘jalik ishlarida qarashishga harakat qiladilar. Mana shularning hammasi, diqqatni ma’lum darajada to‘plash va muayyan bir maqsadga qaratishni talab etadi. Bu esa bolalarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanishiga asos yaratadi. Ilk yosh davridagi, ya’ni ikki yoshga to‘lib uch yoshga qadam qo‘ygan bolalarda diqqatning ixtiyoriy turi ham rivojlana boshlaydi. Bu yoshdagi bolalarda ko‘rinadigan ixtiyoriy diqqat alomatlari katta odamlarning buyruq va topshiriqlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlarda rivojlana boshlaydi. Ilk yosh davridagi bolaning yoshi ulg‘ayib, atrof-muhitdagi turlituman narsalar haqida tasavvurlari ko‘paygan sari uning xotirasi ham tez rivojlana boshlaydi. Bu yoshdagi bolaning xotirasi asosan ixtiyorsiz xotiradir. Har kimning o‘z tajribasidan ma’lumki, ikkiuch yoshlik davridagi ko‘rgan-bilgan narsalari esida yaxshi saqlanib qolmaydi, chunki bu yoshda turmush tajlibasi hali juda oz bo‘ladi hamda esda olib qo lishda hech qanday sistema bo‘lmaydi. Shu sababli esda olib qolish tufayli yuzaga kelgan assotsiatsiyalar muvaqqat aloqalar lokal xarakterga ega bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, bu yoshda esda olib qolingan narsalar uzun-yuluq, ya’ni bir-biri bilan bog‘lanmagan bo‘ladi. Shu sababli bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan, yakka-yakka holda yuzaga kelgan muvaqqat alo qalarni tiklab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham odatda «men es- es bilaman» yoki «salpal esimda qolgan» deb gapiriladi. Ilk yoshdagi bolalarda xotiraning barcha jarayonlari ko‘rina boshlaydi. Masalan, kichik yoshdagi bolalar dastlab mexanik ravishda, ya’ni ma’nosiga tushunmasdan esda olib qolaveradilar. Buning o‘z sabablari bor, albatta. Birinchidan, yuqorida aytib o‘tganimiz kabi bolalarda turmush tajribasi juda oz bo‘ladi va ular ko‘p narsalarni hali mutlaqo bilmaydilar, lekin hayotda to‘qnash kelganlari sababli eslarida olib qoladilar. Ikkinchidan, bolalar nerv sistemasining plastikligi, ya’ni juda egiluvchanligi kattalarnikidan ustunroq bo‘ladi. Ana shu sababli bolalar ko‘pincha mexanik esda olib qoladilar. Buni bolalarning juda ko‘p so‘zlarni tezda eslab qola olishida ko‘rish mumkin, lekin ular hamma so‘zlarning ham ma’nosiga tushunavermaydi. Bolalarda ma’nosiga tushunib esda olib qolish ham juda erta rivojlana boshlaydi. Masalan, ilk yoshidagi bolalar o‘zlari yoqtirgan hikoyalarni ma’nosiga to‘la tushungan holda eslarida olib qoladilar. Bu hikoyalardagi ayrim qahramonlarni sevadilar, ba’zilarini esa yomon ko‘radilar. Umuman hikoyalarning mazmuni bolalarga ta’sir qilib, ularda ma’lum hissiyotlarni uyg‘otadi, bu esa bolalar hikoyaning mazmunini tushunayotganliklaridan darak beradi. Bolalarda dastlab ixtiyorsiz esda olib qolish va ixtiyorsiz esga tushirish vujudga keladi. Ular o‘zlarini biron jihatdan qiziqtirgan, diqqatlarini o‘ziga tortgan narsa va hodisalarni beixtiyor ravishda eslarida olib qoladilar. Biron narsani eslash, esiga tushirish assotsiatsiya tarzida namoyon bo‘ladi. Ularni o‘zlari ataylab esga tushirmaydilar. O‘yin faoliyatida biron narsani eslash lozim bo‘lib qolganda, assotsiatsiya tariqasida boshqa shunga o‘xshash narsalar ham beixtiyor eslariga tushaveradi. Bolaning nutqi o‘sib, so‘z boyligi tobora ortgan sari mantiqiy xotirasi rivojlana boshladi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling