Maktabgacha ta'lim metodikasi kafеdrasi bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


Download 1.25 Mb.
bet62/74
Sana24.01.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1116151
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74
Bog'liq
Bolalar psix. majmua 2021

Nazorat savol va topshiriqlari
1.Bog'cha yoshidagi bolalarda irodaviy faoliyatlarning tarkib topishi to’g’risida ma’lumot bering?
2.Iroda rivojlanishining asosiy aspektlari qaysilar?
3.Bolada bilish qobiliyatining rivojlanishi to’g’risida bilimlariningizni bayon eting?
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Iroda rivojlanishining asosiy aspektlari.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. «Psixologiya» E. Goziеv. Toshkеnt «Oqituvchi» 1994 y.
2. «Maktabgacha tarbiya psixologiyasi» M.Voxidov. Toshkеnt «O’qituvchi» 1996y.
3. «Psixologiya» F.I. Gonobolin. Toshkеnt «O’qituvchi» .
4. “Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish mеtodikasi”.Z. Nishonova, G. Alimova. Toshkеnt “O’zbеkiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi. 2006 y


19- mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda individual xususiyatlarning rivojlanishi.2soat
Dars o’quv maqsadi:
Talabalarga maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda individual xususiyatlarining rivojlanishi to’g’risida bilimlar berishi.
Tushunchalar va tayanch iboralar:
Individ, individuallik, shaxs, temperament, xolerik, sangivinik, flegmatik, melanxolik, xarakter, qobiliyat.
Asosiy savollar:
1.Shaxs va uning psixologik xususiyatlari haqida umumiy tushuncha
2.Bog’cha yoshidagi bolalarda ehtiyoj va qiziqishlarning tarkib topishi.
3.Bog’cha yoshidagi bolalarda qobiliyat va iste’dodlarning shakllanishi.
Asosiyo’quvmatеrialiqisqachabayoni. Biz yuqorida o`tganimizdek, psixologiya fani faqat ruxiy jarayonlar, ularning yuzaga kelishi va taraqqiyot qonunlari bilangina shug`ullanmay, balki odamning shaxsi hamda shaxsiy xislatlarining yuzaga kelishi va kamol topishi bilan ham shug`ullanadi.
Shaxs deganda nimani tushunamiz. Shaxs deganda konkret bir insonni, yani ma`lum jamiyat a`zosini, shu jamiyatda yashab, shu jamiyatda ishlaydiga hamda shu jamiyat a`zolari bilan ma`lum munosabatda bo`1adigan konkret odamni tushunamiz.
Xar bir shaxsning boshqa shaxsdan ajratib turadigan o`ziga xos xislatlari bo`ladi. Odamning shaxsiy xislatlari xech vaqt tug`ma ravishda, ya`ni tayyor xolda berilmaydi. Xar bir odamning o`ziga xos bo`lgan va boshqa odamlarda takrorlanmaydigan shaxsiy xislatlari, yashash sharoiti, ya`ni ijtimoiy muhit va ta`lim- tarbiyaning faol ta`siri ostida tarkib topadi.
Odamning shaxsiy xislatlari deganda biz har turli extiyojlarini, qiziqish va ideallarini, qobilyat xamda iste`dodini xarakter va temperamentlarini tushunamiz. Odamning shaxsiy xislatlari mexnat faoliyatlarida, boshqa odamlar bilan bo`lgan munosabatlarida nomoyon bo`ladi. Lekin odamning ayni shu kundagi ishga munosabati, boshqalarga muomilasiga qarab (masalan, shu bugun juda yaxshi ishlagan va odamlar bilan yaxshi muomilada bo`lgan bo`lsa) uning shaxsiy xislatlari xaqida hulosa chiqarib bo`lmaydi.
Ana shu yuqorida ko`rsatib o`tilgan xislatlar epizodik tarzda emas, balki odamning kundalik faoliyatlarida va xar qanday sharoitda doimo namoyon bo`ladigan shaxsiy xislatlariga aylanadi.
Shu narsani ham aytib o`tish kerakki, odamning shaxsiy hislatlari qanchalik mustaxkam bo`lsa ham o`zgarmaydiganbo`lmaydi. Odamning barcha shaxsiy hususiyatlari tashqi yashash sharoiti va ta`lim- tarbiyaning ta`siri bilan o`zgarib boradi. Masalan, odamning yoshi ulg`ayishi bilan dunyoqarashida, ishonch-etiqodlarida, qiziqish va extiyojlarida jiddiy o`zgarishlar yuzaga keladi. Buning asosiy sababi- odam katta bo`lgan sari yashash tarzi, imkonyatlari tubdan o`zgarib ketadi. Bu o`zgarish o`z navbatida odamning shaxsiy xislatlarini ham bir qadar o`zgarishga olib keladi.
Bolalarning shaxsiy xislatlari ilk yoshlik davridan boshlaboq tarkib topa boshlaydi. Bunda bolalarga beriladigan ta`lim-tarbiyaning ro`li g`oyat kattadir.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling