Maktabgacha ta'lim metodikasi kafеdrasi bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi
BOG`CHA YOSHIDAGI BOLALARDA QOBILIYAT VA ISTE`DODLARNING SHAKLLANISHI
Download 1.25 Mb.
|
Bolalar psix. majmua 2021
BOG`CHA YOSHIDAGI BOLALARDA QOBILIYAT VA ISTE`DODLARNING SHAKLLANISHI.
Odatda har bir odam o`zining shaxsiy hislatlariga ko`ra faqat ehtiyojlari va qiziqishlari jixatdan bir-biridan farq qilmay, balki qobiliyatlari va iste`dodi jixatdan ham farq qiladi. Shuning uchun inson shaxsiy hususiyatlari ustida gap borganda, qobiliyatva iste`dod haqida ko`p gapiriladi. Masalan, falonchi juda qobilyatli odam, falonchining iste`dodi juda zo`r, kabi. Qobilyatning o`zi nima, uni qanday tushunish kerak? Odamning ma`lumbir mexnat turiga nisbatan layoqatiga qobilyat deb ataladi. Ma`lumki, odamlar mehnatda, o`qishda bir-birlaridan anchagina farq qiladilar. Masalan, bir sohada ishlovchi odamlarning mehnat natijalari bir xil bo`lmaydi, yoki hamma studentlar imtixonlardan bir xilda o`tmaydilar. Ayrim odamlar o`zlarida mehnatning ayni shu turiga layoqat bo`lganligi tufayli tez va sifatli bajaradilar. Boshqa bir odamlar esa o`zlarida layoqat yo`qligi tufayli ayrim mexnat turlarini bajaara olmaydilar. Odamning qobilyatlarida nomoyon bo`ladigan tug`ma hususiyatlariga, ya`ni tug`ma layoqatlariga iste`dod deb ataladi. Iste`dod odamning ilk yoshlik davridan boshlab ko`rina boshlaydi. Masalan, musiqaga nisbatan istedodli odam, matematikaga nisbatan istedodliodam, rassomlikka nisbatan istedodli odam, poeziyaga nisbatan istedodli odam va boshqalar. Iste`dodning yuksak taraqqiyotiga talant deyiladi. Talantli odam boshqalarga nisbatan juda maxsuldor ishlay oladigan, o`zining shu soxaga doir juda ham mohirligi bilan kishini hayratda qoldiradigan bo`ladi. Ayrim kishilar fikriga ko`ra, qobiliyat, iste`dod va talent o`z tabiati jihatidan odamga tug`ma ravishda berilgan shaxsiy xususiyatlar hisoblanarmish, tug`ilishdanoq qobiliyatli, iste`dodli va ta`lantli bolalar bo`larmish. Bunday fikrlarga qo`shilib bo`lmaydi, albatta. Qobiliyat, iste`dod va talant odamga batomam tug`ma ravishda, ya`ni tug`ilishdanoq tayyor holda beriladigan hususiyatlar emas. Qobiliyat, iste`dod va talant odamga yoshlikdan boshlab beriladigan ta`lim-tarbiya va odamning yashash sharoiti bilan bog`liq bo`lgan fazilatlardir. Qobiliyat va iste`dodning ayrim tomonlari (ayrim kurtaklarigina) odamga imkoniyat tariqasida tug`ma ravishda berilishi mumkin. Musiqa eshitish layoqati, matematika bo`yicha tez hisoblash layoqati va h.klar kabi hususiyatlar juda yoshlik davrdan boshlab ko`rinishi mumkin. Biroq, ana shu tug`ma ravishda berilgan layoqatlarga qulay sharoit yaratib berilsagina ular ro`yobga chiqishi mumkin. Aks xolda bunday layoqatlar sekin-sekin xiralashib, so`nib ketadi. Ana shu nuqtai nazardan olganda qobilyat ham iste`dod ham va talant ham mehnatning natijasidir. Biror sohaga doir, masalan, musiqa yoki rassomlik sohasi bo`yicha layoqatli odam o`z ustida qunt bilan ishlashish orqali layoqatini, ya`ni iste`dodini ta`lant darajasiga ko`tarishi mumkin. Demak, ta’lant sistemali ravishda bajarishda bajariladigan fidokorona mexnat samarasidir. Bunga ta’lantli shoir, ta’lantli kampazitor, ta’lantli matematik va ta’lantli rassomlarning xayotlaridan, o’z ustilarida qanchalik ayovsiz ishlaganliklaridan ko`plab misol keltirish mumkin. Masalan, Abu Ali ibn Sino, Farobiy, Beruniy, Al- Xoirazmiy, Ulug`bek, Navoiy kabi buyuk mutafakkir egalari g`oyat iste`dodli, ta`lantli kishilar bo`lishlari bilan birga o`zlarining ustilarida kecha-kunduz tinmasdan ishlaydigan mexnatsevar odamlar bo`lganlar. Psixologlarning fikricha, ta`lant mexnatga bo`lgan muxabbatdan yuzaga keladi. Bu juda to`g`ri fikr, chunki odam mexnatni sevsa, charchamasdan juda ko`p ishlaydi. Natijada odam ma`lum soha bo`yicha maxoratini oshirib o`zining layoqatlarini tala`nt darajasiga yetkazadi. Qobiliyat va iste`dodini bolalarda yoshlikdan, ya`ni bog`cha yoshidagi davrdan boshlab rivojlantirish lozim. Buning uchun dastavval diqqat bilan razm solib, bolalarda qaysi soxaga layoqat borligini aniqlashga harakat qilish kerak. Bundan so`ng bolalarga qiziqarli mashg`ulotlar tashkil qilish orqali ularning layoqatlarini (rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa va x.klar boyicha) rivojlantirish lozim. Bolalarning qobilyat va iste`dodlarini yoshlikdan boshlab rivojlantirish juda katta axamiyatga ega bo`lgan ishdir. Bola qaysi soxaga doir qobilyatli bo`lsa, shu soxaga doir bilim va malakalarini tez hamda puxta o`zlashtiradi. Qobilyat o`z tabiati jixatidan qiziqish bilan yaqin narsadir. Shuning uchun bolalar qobilyatini rivojlantirishda ularning qiziqishlaridan foydalanish kerak. Bola qiziqqan narsasi bilan uzoq vaqt davomida xech zerikmay shug`ullanaveradi. Masalan, rasm solishga, musiqaga, raqs tushishga qiziqqan bolalar bu mashg`ulatlar bilan juda uzoq vaqt davomida shug`ullanishlari mumkin. Bolalarning qiziqishlarini tarbiyalab, qobiliyat, ta`lant darajasiga ko`tarish lozim. Buning uchun tarbiyachi bolaning nimaga qiziqishini aniq belgilashi va shu qiziqqan narsasi ustida sistemali tarzda mashq qilishlari kerak. Bolalarda qobiliyat va iste`dodini yoshlikdan boshlab tarbiyalash hususan xozirgi kunda, ya`ni mustaqil Respublikamizda yangi jamiyat qurish ishi keng avj oldirilib yuborilgan paytda juda katta axamiyatga egadir. Bu yangi jamiyatda yashaydigan yangi tipda odamlar har tomonlama taraqqiy qilgan bo`lishlari kerak. Mana shunday porloq jamiyatda yashaydigan, mexnaat qiladigan har tomonlama qobilyatli kishilarni hozirdan boshlab tarbiyalash lozim. Ana shu sababli bolalar qobilyatini tarbiyalash, o`stirish kechiktirib bo`lmaydigan ish ekanini tarbiyalovchilar, ota-onalar ham bilishlari kerak. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling