4. Psixik taraqqiyot qonuniyatlaridan integratsiya qonuniga xos sifatni toping?
A. inson psixikasini o‘z taraqqiyoti davomida tobora ko‘proq yaxlitlik, birlik, mustaqillik va doimiylik xususiyatlarini kasb eta olmaydi.
B. har qanday sharoitda, hatto ta’lim tarbiyaning eng qulay sharoitlarida ham shaxsning turli psixik belgilari, psixik funksiyalari va psixik xususiyatlari rivojlanishining bitta darajasida to‘xtab turmaydi.
C. asab tizimining plastiklik xususiyati bilan bog‘liqdir.
D. inson psixikasini o‘z taraqqiyoti davomida tobora ko‘proq yaxlitlik, birlik, mustaqillik va doimiylik xususiyatlarini kasb eta borishidir. Bunda yoshlikda hosil bo‘lgan psixik xususiyatlar taraqqiyot davomida bora-bora kishining asosiy xususiyatiga yoki xarakter xislatiga aylanadi va bu xislat shu kishining hayotida yaqqol ko‘zga tashlanadigan bo‘lib qoladi.*
5. Ta’lim-tarbiya jarayoni har doim psixik taraqqiyotdan bir qadam oldinda boradi. Ushbu fikr muallifini toping?
A.N.Leontev
V.N. Myasishchev
L.S. Vigotskiy*
J.Piaje
6. Bu bosqich muayyan davrda bolaning katta yoshdagi kishilar yordamisiz mustaqil harakat qila olishi bilan ifodalanadi.Bu qanday psixik taraqqiyot bosqichi?
A. eng yaqin taraqqiyot bosqichi
B. aktual taraqqiyot bosqichi*
C. rivojlanishning eng yaqin zonasi
D. faoliyatning operatsiyalar darajasi
7. Bolaning har bir yosh davri ma’lum bilimlarni birmuncha ortiq darajada o‘zlashtirishga nisbatan sezgir bo‘ladi. Bu nima deyiladi?
A. eng yaqin taraqqiyot bosqichi
B. aktual taraqqiyot bosqichi
C. rivojlanishning eng yaqin zonasi
D. psixik taraqqiyotning senzitiv davri*
8. Bolaning psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy faktorlardan tashqari bolaning qaysi tomoni ham muhim ahamiyatga ega?
A. shaxsning qiziqishi
B. shaxsning ehtiyoji
C. shaxsiy faolligi*
D. shaxsning fikrlari
9. Bolaning ilk yosh davrida psixik rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan omil?
A. shaxsiy faolligi
B. kattalar ko’magi
C. taqlidchanlik*
D. ichki faollik
10. Bolaning ota-onalarining tashqi jismoniy belgilarini, ya’ni bo‘y-bastini, ko‘zi va sochining rangini, yuz tuzilishini nasliy yo’l bilan o’tishi qaysi omilga kiradi?
A. Bola psixik taraqqiyotida biologik omillar*
B. Bola psixik taraqqiyotida ijtimoiy omillar
C. Bola psixik taraqqiyotida ta ’lim
D. Bola psixik taraqqiyotida shaxsiy faollik.
Do'stlaringiz bilan baham: |