Maktabgacha ta'lim metodikasi kafеdrasi bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


-MAVZU: BOLA PSIXIK TARAQQIYOTNING ASOSIY QONUNIYATLARI.(2soat)


Download 1.25 Mb.
bet24/74
Sana24.01.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1116151
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74
Bog'liq
Bolalar psix. majmua 2021

7-MAVZU: BOLA PSIXIK TARAQQIYOTNING ASOSIY QONUNIYATLARI.(2soat)
Dars o’quv maqsadi: Talabalarga bola psixik taraqqiyotning asosiy qonuniyatlari to’g’risida bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: Taraqqiyot, yosh, o’sish, yosh davrlari, krizis, sensomotor, pubertat.
Asosiy savollar:

  1. Psixik taraqqiyot va yosh bosqichlari to’g’risida olimlarning qarashlari.

  2. Yosh davrlar psixologiyasida krizislar mazmuni.

  3. Yosh davrlari.

Asosiy o’quv matеriali qisqacha bayoni. Bolalarning psixik taraqqiyotlarida ma’lum notekislik mavjuddir. Bu notekislik, birinchidan, bola tug‘ilib o‘sadigan muhit bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, bolalarning indivi­dual imkoniyatlari bilan bog‘liqdir. Darhaqiqat, ayrim bolalar psixik taraqqiyot uchun ko‘p pog‘onali oilada o‘sib rivojlansalar, boshqa bir bolalar faqat ishlaydigan ota-onasidan tashqari hech kimi yo‘q oilada o‘sib rivojlanadilar.
Biz bilamizki, bolaning psixik jihatdan rivojlanishida uning katta odamlar bilan qiladigan faol munosabatlari juda katta o‘rin egallaydi. Bola katta odamlar bilan bo‘ladigan munosabatlarida o‘zining son-sanoqsiz savollariga javob oladi. Binobarin, u yangi-yangi informatsiyalarga ega bo‘lib, psixik jihatdan rivojlanadi. Yuqoridagi birinchi holatda, ya’ni bola ko‘p kishilik (buvilik va buvalik) oilada o‘sib rivojlanganda tez-tez katta odamlar bi­lan faol munosabatga kirishib, ulardan ko‘p narsalarni bilib ola­di. Ikkinchi holatda esa, o‘z holicha qolib ketib, psixik jihatdan yaxshi rivojlana olmaydi. Bu bolalarning notekis rivojlanishidagi tashqi sabablardir.
Bolalar har xil individual imkoniyatlar, ya’ni layoqatlar bilan tug‘iladilar. Shuning uchun bolalarda psixik jihatdan rivojlanishlariga ta’sir qiladigan ichki, ya’ni nasliy xususiyat­lar har xil bo‘ladi. Nasliy xususiyatlar, ya’ni turli sohalarga nisbatan bo‘lgan tug‘ma layoqatlar hamma bolalarda bir xil bo‘lmaydi. Masalan, bir bola matematikaga layoqatli bo‘lib tug‘ilsa, boshqa bir bola musiqaga nisbatan layoqatli bo‘lib tug‘iladi. Kimning qayli sohaga nisbatan layoqatli bo‘lib tug‘ilishi genetika fanining muhim muammolaridandir.
O‘tkazilgan kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, bolalarning psixik taraqqiyotlari nisbatan sekinlik bilan yuzaga kelsa, ya’ni uzoq muddat davomida jiddiy o‘zgarishlar sezilmasa, ayrim davrlarda bolalarning psixik taraqqiyotlari qandaydir sakrash yo‘li bilan jadal amalga oshadi. Bolalarning psixik taraqqiyotlaridagi ana shunday sakrash yo‘li bilan amalga oshiriladigan jadal davrni taraqqiyotning krizis (inqiroz) davri deb ataladi.
Psixik taraqqiyotning ana shunday inqiroz davrlari bir xil sharoitda yashaydigan hamma bolalarda aniq bir yosh davrida maydonga keladi. Shuning uchun bolalar psixik taraqqiyotida paydo bo‘ladigan inqiroz davrlari hamma bolalarni ma’lum yosh davrlariga ajratish imkoniyatini beradi.
Bolalarni turli yosh davrlariga ajratishda turlicha fikrlar ju­da qadim zamonlardan beri fanga ma’lumdir. Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino ham bolalikni quyidagi davrlarga ajratgan:

  1. Podsholik davri - 5 yoshgacha.

  2. Qullik davri - (6-12 yoshgacha).

  3. O‘rtoqlik, do‘stlik davri deb bolaning keyingi taraqqiyo­ti davrini nazarda tutgan.

Podsholik davrida bolaning yoshligi, uning aytganini kattalar tomonidan bajarilishi, bolaning «shirin» qiliqlari, gaplari bi­lan kattalarni o‘ziga rom qilishi e’tiborga olinadi. 6-12 yoshga­cha bo‘lgan davrda bolani xulq-atvorga o‘rgatish, kishilar bilan o‘zaro munosabatlarda qoida-qonunlarga bo‘ysunish, mehnatga o‘rgatish, unga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, bilim olish, o‘qish, o‘rganish, mehnat qilishda qiyinchiliklarga bardosh berish, kattalarning mehnatini qadrlash kabilarga muhab­bat ruhida tarbiyalashda bolaga nisbatan e’tibor qaratgan.
Do‘stlik davrida esa bolaga do‘stlarcha munosabatda bo‘lish, ularni hurmat qilish, qilgan ishlarini qadrlash, munosabatlarda samimiy bo‘lish lozimligi nazarda tutiladi.
Shveysariyalik psixolog J. Piaje bolaning aql-idrokiga xos bo‘lgan xususiyatlariga qarab:

  1. sensomotor intellekti (0-2 yoshgacha);

  2. operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2-7 yoshgacha)

  3. aniq operatsiyalar davri (7-12yoshgacha);

  4. rasmiy operatsiyalar davri deb ajratadi.

Fransuz olimi, psixolog A. Valon bolaning jismoniy rivojlanishiga qarab homilaning ona qornidagi davri, impulsiv harakat davri - 0-6 oygacha, his-tuyg‘u davri - 6 oydan 1 yoshgacha; senso­motor davri - 1-3 yoshgacha; shaxsga aylanish davri - 3-5 yoshgacha; farqlash davri - 6-11 yoshgacha; jinsiy yetilish va o‘spirinlik davri (12-18 yoshgacha) deb ajratgan.
Bola tug‘ilgandan to maktabga borguncha bo‘lgan vaqt mobaynida o‘z boshidan uch xil o‘zgaruvchan sharoitni kechiradi. Bir yoshli davr, uch yoshli davr va yetti yoshli davr sha­roiti bir-biridan keskin farq qiladi.
L.S. Vigotskiy yosh davrlarga ajratishning ilmiy manbai rivojlanishni vujudga keltiruvchi psixik yangilanishlarga tayanadi va bolalikni quyidagi bosqichlarga ajratadi:

  1. Chaqaloqlik davri - 2 oygacha bo‘lgan davr inqirozi.

  2. Go‘daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan davr, 1 yoshdagi inqiroz.

  3. Ilk bolalik davri - 1-3 yoshgacha, 3 yoshdagi inqiroz.

  4. Maktabgacha davr - 3-7 yoshgacha, 7 yoshdagi inqiroz.

  5. Maktab yoshi davri - 8-12 yoshgacha, 13 yoshdagi in­qiroz.

  6. Pubertat (jinsiy yetilish) davri - 14-18 yoshgacha, 17 yoshdagi inqiroz.

L.S. Vigotskiy o‘zining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini ilmiy asoslab, ta’riflab bera olgan. Olim eng muhim psixik yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy mulohazalar bildirgan. Biroq bu mulohazalarda ancha munozarali, bahsli o‘rinlar ham mavjud. Umuman L.S. Vigotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega, uning rivojlanishni amalga oshiluvchi inqirozlar to‘g‘risidagi g‘oyalari hozirgi kunning talablariga mosdir.
D.B. Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N. Leontev) nazariyasiga, har qayli rivojlanish bosqichida biror faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli nazariyaning asosiy mohiyatini tashkil qiladi.
D.B. Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim topadi:

  1. go‘daklik davri - tug‘ilgandan 1 yoshgacha, yetakchi faoliyati - bevosita emotsional muloqot;

  1. ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha, yetakchi faoliyat - predmetlar bilan nozik harakatlar qilish;

  1. maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - rolli o‘yinlar;

  2. kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha - o‘qish;

  3. kichik o‘smirlik davri - 10-15 yoshgacha - intim (dilkash, samimiy) muloqot;

  4. katta o‘smirlik yoki ilk o‘spirinlik davri - 16-17 yoshga­cha, yetakchi faoliyat - o‘qish, kasb tanlash davri.

D.B. Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ay­niqsa yosh davrlari psixologiyasida muhim o‘rin tutadi.
Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyandasi A. A. Lyublinskaya inson kamolotini yosh davrlariga ajratishda pedagogik psixologiyaga faoliyat nuqtayi nazaridan yondashib quyidagi davrlarni atroflicha ifodalaydi:

  1. chaqaloqlik davri - tug‘ilgandan bir oylikkacha;

  2. kichik maktabgacha davr - 1 oylikdan 1 yoshgacha;

  3. maktabgacha tarbiyadan avvalgi davr - 1 yoshdan 3 yoshgacha;

  4. maktabgacha tarbiya davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha;

  5. kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11, 12 yoshgacha;

  6. o‘rta maktab yoshi davri (o‘spirin) - 13 yoshdan 15 yoshgacha;

  7. katta maktab yoshi davri - 15 yoshdan 18 yoshgacha.

Yuqorida keltirilgan ko‘pchilik olimlarning bola kamolotini davrlarga ajratish muammolari o‘ziga xosligi bilan ajra­lib turadi. Biz ularni ham fiziologik, ham psixologik taraqqi­yoti, faoliyat turlarining o‘zgarib turishi va organizmdagi sodir bo‘ladigan xususiyatlarni hisobga olib bolalikni quyidagi davr­larga ajratishni tavsiya etamiz:

  1. chaqaloqlik davri - 0-1 oygacha;

  2. go‘daklik davri - 1 oydan 1 yoshgacha;

  3. ilk bolalik davri - 1-3 yoshgacha;

  4. maktabgacha yosh davri - 3-7 yoshgacha;

  5. kichik maktab yoshi davri - 6-11 yoshgacha;

  6. o‘smirlik davri - 12-15 yoshgacha;

  7. ilk o‘spirinlik – maktab, kollej, litsey davri - 15-18 yoshgacha.

Albatta bu davrlarni bir-biridan qat’iyan bir yosh bilan chegaralab qo‘yish mumkin emas. Bola o‘zining o‘sish davrida shu davrlarni ertaroq yoki kechroq kechiradi, ammo bu davrlar bir-biriga tabiiy bog‘lanib boradi va oldingisi keyingisiga zamin hozirlaydi. Har bir davrda bolaning ayrim psixik tomonlarigina emas, balki uning umumiy ko‘rinishi, yuz tuzilishi ham boshqacha ko‘rina boshlaydi va ularning yosh belgilariga qarab ta’lim-tarbiya muassasalariga qabul qilinadi.
Bolaning yosh belgisi uning taraqqiyoti darajasini ko‘rsata olmaydi. Chunki 2 ta bir yoshdagi bola belgisi jihatidan bir xil bo‘lsa ham, taraqqiyot darajasi har xil bo‘lishi mumkin. Ma’lum yosh bosqichiga tegishli bolalarning faoliyatlarida ham umumiylik bordir. Masalan, chaqaloq bolalarning asosiy faoliyatlari katta odamlar bilan emotsional munosabatga kirishishdan, ilk yoshdagi bolalarning asosiy faoliyatlari esa tur­li narsalar bilan shug‘ullanishdan va nihoyat, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning asosiy faoliyatlari o‘yindan ibo ratdir.
Kattalar har bir yosh bosqichidagi bolalarga ma’lum talablar qo‘yadi, ular bajarishlari mumkin bo‘lgan huquq va burchlarini belgilaydi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bola o‘sib, rivojlanib borgan sari uning imkoniyatlari ham ortib boradi. Natijada jamiyat to­monidan bolalarga qo‘yilgan talablar, huquq va burchlarning mas’uliyati ham orta boradi. Har bir yosh bosqichining oxiriga kelganda jamiyat tomonidan belgilangan talablar, huquq va burchlar bolaning imkoniyatlari bilan mos kelmay qoladi, ya’ni bola jamiyat tomonidan qo‘yilgan talablardan o‘zib ketadi. Buning natijasida jamiyatning bolalar yosh bosqichi oldi­ga qo‘ygan talablari, huquq va burchlari, axloq me’yorlari bilan bolaning imkoniyatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga ke­ladi. Har bir yosh bosqichida maydonga keladigan krizis, ya’ni inqiroz davri ana shunday jamiyat talablari bilan bolaning im­koniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatdan paydo bo‘ladi.
Bolalarning har bir yosh bosqichlarida (1,3,7, o‘smirlik davri inqirozlari) yuzaga keladigan krizislarni, ya’ni inqiroz davrlarini akademik I.P. Pavlovning dinamik stereotip haqi­dagi ta’limoti orqali juda yaxshi tushuntirib berish mumkin. Ma’lumki, har bir bola konkret bir oila muhitida yashar ekan, u shu muhit sharoitiga ko‘nikib, o‘rganib qoladi. Bola har kuni o‘z ota-onasi, aka-ukalari bilan munosabatda bo‘ladi. U o‘zining ovqatlanadigan idishlarini, atrofdagi o‘yinchoqlarini juda yaxshi tanib oladi, ya’ni bolada mana shu o‘z oila muhitidagi hayot tarziga nisbatan mustahkamlanib ketgan muvaqqat aloqalar sistemasi (dinamik stereotip) maydonga keladi. Bola o‘sib, ulg‘ayib, oila muhitidan maktabgacha ta’lim muassasasi­ga borganida muhit o‘zgarishi o‘rtasida tafovut paydo bo‘ladi.
Muhitning mana shunday keskin o‘zgarishi natijasida bola­da krizis, ya’ni inqiroz holati yuzaga keladi. Bunday krizis holati eski dinamik stereotip yoki turmush tarzi batamom yemirilib, uning o‘rniga yangi dinamik stereotip hosil bo‘lgunga qadar da­vom etadi. Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasiga borgisi kelmaydi hamda borganida yig‘lab qoladi. Bunday holat bir qancha vaqt davom etgandan so‘ng bolada bu muhitga nisbatan yangi dinamik stereotip maydonga keladi. Natijada bola hech narsani ko‘rmagandek, maktabgacha ta’lim muassasasiga ko‘nikib ketadi. Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, bir yosh bosqichidan ikkinchi yosh bosqichiga o‘tishida yuzaga keladigan krizis davrlari hamma bolalarda ham bir xilda bo‘lavermaydi.
Umuman, psixologlar tomonidan yosh davrlarini tabaqalashtirishning puxta, ilmiy-metodologik negizga ega bo’lgan qator nazariyalari ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta hissa qo’shib, uning nazariy va amaliy muammolarini hal qilishda muhim o’rin egallab kelmoqda. Biroq, shunday bo’lsada, hozir fanning oldida ontogenezni to’la yoritishga xizmat qila oladigan nazariyani yaratish zaruriyati mavjuddir.
3. Yosh davrlar psixologiyasida bir necha kichik krizislar va katta krizislar mavjud.
Kichik krizislarga quyidagilar kiradi:
* 1 yosh krizisi
*7 yosh krizisi
*17-18 yosh krizisi
Katta krizislarga quyidagilar kiradi:
* Chaqaloqlik krizisi
* 3 yosh krizisi
* 13-14 yosh krizisi
Chaqaloqlik davri inqirozi
Bu davrda muloqot emotsional-ijobiy xarakterga ega bo’lishi kerak. Bu esa bolada emotsional ijobiy xarakter, emotsional – ijobiy tonus shakllantiradi va bolada ham psixik, ham jismonan sog’lom bo’ladi. Bolani onadan bu davrda ayirish bola psixik rivojlanishida jiddiy buzilishiga olib keladi va bu bolaning butun hayotiga ta’sir qiladi. Bolani onadan ayirish bilish jarayonlarining rivojlanishiga, emotsional rivojlanishiga ta’sir qiladi.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling