Maktabgacha ta'lim metodikasi kafеdrasi bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


tG’r Yosh davrlari bosqichlari


Download 1.25 Mb.
bet26/74
Sana24.01.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1116151
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74
Bog'liq
Bolalar psix. majmua 2021

tG’r

Yosh davrlari bosqichlari

Yoshi

1

Chaqaloqlik davri

0-1 oygacha

2

Go‘daklik davri

1 oydan 1 yoshgacha

3

Ilk bolalik davri

1-3 yosh

4

Maktabgacha yosh davri

3-6, 7 yosh

5

Kichik maktab yoshi davri

6, 7-11 yosh

6

O‘smirlik davri

12-15

7

Ilk o‘spirinlik

15-18

8

Yoshlik davri

20-30

9

O‘rta yosh davri

30-50

10

Katta yosh davri

50-70

11

Keksalik davri yoki gerantopsixologiya

70-90

12

Uzoq umr ko‘ruvchilar

90 dan yuqori




Nazorat savollari:
1.Bolalarni turli yosh davrlarga ajratishda qanday fikrlar mavjud?
2. Bolaning yosh bosqichlari va bir yosh bosqichidan ik­kinchi yosh bosqichiga o‘tishda yuzaga keladigan krizislarni tushuntirib bering.

  1. Bolalar psixik taraqqiyotidagi individual farqlar nimalardan iborat?

Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Jalilova S.X., Aripova S.M. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi (o’quv qo’llanma). Toshkent: «Faylasuflar» nashriyoti, 2017. — 496 b
2. Nishonova Z., Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi. Adabiyot nashriyoti. T., 2006y.
3. Otavaliyeva O’. Bolalar psixologiyasi. (O’quv qo’llanma).1-2qism. Samarqand, 2003yil.
4.G’oziyev E. Ontogenez psixologiyasi. Toshkent. Noshir. 2010.-360 b.


TEST SAVOLLARI
1. Faylasuflardan kim bolalikni quyidagi davrlarga ajratgan:

  1. Podsholik davri - 5 yoshgacha.

  2. Qullik davri - (6-12 yoshgacha).

  3. O‘rtoqlik, do‘stlik davri deb bolaning keyingi taraqqiyo­ti davrini nazarda tutgan.

  1. Alisher Navoiy

  2. Abu Rayhon Beruniy

  3. Abu Ali ibn Sino*

  4. Farobiy

2. Shveysariyalik psixolog J. Piaje bolaning rivojlanish davrlarini quyidagicha davrlashtirgan :

  1. sensomotor intellekti (0-2 yoshgacha);

  2. operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2-7 yoshgacha)

  3. aniq operatsiyalar davri (7-12yoshgacha);

  4. rasmiy operatsiyalar davri deb ajratadi.

Olim qanday xususiyatga qarab davrlashtirgan?

  1. Yetakchi faoliyatiga ko’ra

  2. Aql-idrokiga xos bo‘lgan xususiyatlariga ko’ra*

  3. Individual xususiyatlariga ko’ra

  4. Harakatlarning murakkablashishiga ko’ra

3. Bolalarning psixik taraqqiyotlaridagi sakrash yo‘li bilan amalga oshiriladigan jadal davrni taraqqiyotning qanday davri deb ataladi?
A. Senzitiv davri
B. O’tish davri
C. Krizis (inqiroz) davri*
D. Pubertat davri
4. Bolaning jismoniy rivojlanishiga qarab homilaning ona qornidagi davri, impulsiv harakat davri - 0-6 oygacha, his-tuyg‘u davri - 6 oydan 1 yoshgacha; senso­motor davri - 1-3 yoshgacha; shaxsga aylanish davri - 3-5 yoshgacha; farqlash davri - 6-11 yoshgacha; jinsiy yetilish va o‘spirinlik davri (12-18 yoshgacha) deb qaysi olim yosh davrlarni davrlashtirgan?
A. J. Piaje
B. L.S. Vigotskiy
C. D.B. Elkon
D. A.Valon*
5. Pubertat davriga qaysi yosh bosqichlari kiradi?
A. 11-15yosh
B. 14-18 yosh*
C. 10-16yosh
D. 13-17yosh
6. Shaxsiy fikrga ega bo’lib, bola o’z fikri va talablarini qildiradi. U bilan hisoblashishini hohlaydi. Ushbu keltirilgan ta’rifga xos sifatni belgilang?
A. Qarshilik
B. Mustaqillik.
C. O’jarlik.*
D. Negativizim
7. Bu davr krizisi haqida Elda Gepper “Uch yoshli bola shaxsi haqida” ilmiy ishida bir necha muhim belgilarni ko’rsatib o’tgan :Qarshilik, mustaqillik, o’jarlik, negativism bu qaysi krizis hisoblanadi?
A. 1 yosh inqirozi.
B. 3 yosh inqirozi*
C 7 yosh inqirozi
D. 13-14 yosh krizisi
8. Bu davrda bolaning intellektual va aqliy imkoniyatlari baholanadi. O’z-o’zini baholash rivojlanadi. Bolaga bu vaqtda to’g’ri ijobiy – munosabatda bo’lish, mehr-muhabbat berish. Bu krizisdan oson o’tishga yordam beradi. Bu qaysi krizis davriga xos?
A. 1 yosh inqirozi.
B. 3 yosh inqirozi
C 7 yosh inqirozi*
D. 13-14 yosh krizisi
9. Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli nazariyaning asosiy mohiyatini tashkil qilishini hisobga olib yosh davrlarini davrlashtirgan olim?
A. J. Piaje
B. L.S. Vigotskiy
C. D.B. Elkonin*
D. A. A. Lyublinskaya
10. Negativizm qanday namoyon bo’ladi?
A. Mustaqillikka intilish.
B. Ota-onalar bilan urishishda namoyon bo’ladi.
C. Shaxsiy fikrga ega bo’lib, bola o’z fikri va talablarini qildiradi. U bilan hisoblashishini hohlaydi.
D. Kattalarning ba’zi talablariga bola umuman rioya qilmaydi*
8-Mavzu: CHAQALOQLIK VA GO‘DAKLIK DAVRINING PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARINI DIAGNOSTIKA QILISH.(2SOAT)
Dars o’quv maqsadi: Talabalarga chaqaloqlik va go’daklik davrining psixologik xusuiyatlari va shu davrdagi bolalarni diagnostika qilish to’g’risida bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish.


Tushunchalar va tayanch iboralar:
Chaqaloqlik davri, jismoniy rivojlanishi, psixik taraqqiyot, taqlid, bosh miya, muloqot, nutq, harakatlar, o’yinchoq.
Asosiysavollar:
1. Chaqaloqlik davrida jismoniy rivojlanish.
2. Go’daklarning jismoniy rivojlanishi.
3. Chaqaloqlik va go‘daklik davrida bola nerv sistemasining rivojlanishi.
4. Go‘daklik davrida psixik taraqqiyot.
Asosiy o’quv matеriali qisqacha bayoni. Bolaning go‘daklik (chaqaloqlik) davri jismoniy jihatdan juda tez rivojlanish davridir. Bolaning ona qornidagi o’sish davri onaning organizmiga uzviy bog’liq holda kechadi. Chaqaloqning barcha hayotiy funktsiyalari —ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish, havo haroratining o’zgarishiga va atmosferadagi moddalar almashinuviga moslashish va hokazolar onaning organizmi orqali amalga oshadi. Chaqaloqning tugilishi sifat o’zgarish daqiqasi, ijtimoiy rivojlanishning yangi ko’rinishi boshlanadigan nuqta ekanligi bilan muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun tug’ilish tabiatning chaqaloq organizmiga quchli, larzaga keltiruvchi mo’jizasidir. Bunda ona qornidagi barqaror muhitda yashagan jonzot favqulodda yangi sharoitga, son-sanoqsiz xossa va xususiyatlarga ega bo’lgan qo’zgovchilar doirasiga tushadi. Avval chaqaloq organizmining ona organizmidan ajralishi sodir bo’lib, ijtimoiy-tabiiy sharoitlarga moslashuvi boshlanadi. Uning murg’ak organizmida tub o’zgarishlar ro’y beradi, unda yangi sharoitlarga ko’nikish davri kurashlar ostida o’tadi.
Chaqaloq organizmi miqdor va sifat o’zgarishlariga, tashqi olamning
qarshiligiga, ta’siriga, tazyiqiga duch keladi; fazo, vaqg va harakat muammolari mutlaqo boshqacha tarzda uning bosh miya katta yarim sharlari po’stida aks eta boshlaydi. Chaqaloqda ona organizmi bilan anatomik, morfologik va konstitutsion bog’liqlik davri tugagan bo’lsa-da, biroq u dastlabki daqiqalardan boshlaboq mustaqil yashay olmaydi, onaga fiziologik jihatdan tobeligicha qolaveradi. Chaqaloq yashashi uchun organizmi talab qiladigan ovqat, oqsillar mazkur o’sish pallasida ona suti orqali borib turadi. Bola onaning qornida mo’’tadil haroratda, oziq etarli darajadagi sharoitda, hatto, organizmning funktsional holati ham ona organizmiga bevosita bog’liq holda yashagan bo’lsa, tug’ilishi bilanoq birdaniga yanga, murakkab, qiyin sharoitga tushib qoladi.
Tug’ilgan chaqaloq havo bo’shlig’i va havoning bosimiga duch kelishi sababli tabiiy talabga ko’ra, uning nafas olishi va nafas chiqarishi o’zgaradi. Salqin, havo oqimiga tushishi bilan haroratning ta’siriga moslashish uchun harakat qiladi. Unda ovqatlanish usuli va vositasi ham o’zgaradi, ya’ni plantsentar oziqlanish (ona organizmidan bevosita qonga moddalar so’rilishi)dan oral oziqlanish (ovqat og’iz bo’shlig’i orqali me’da-ichakka borishi)ga o’tadi.
Chaqaloq hayvonlarning bolalariga qaraganda, himoyaga muhtojroq, nochorroq bo’lib tug’iladi. Tug’ilish arafasida unda nasliy yo’l bilan mustahkamlangan ayrim mexanizmlar, shartsiz reflekslar paydo bo’ladiki, bular yanga hayot sharoitiga moslashishni birmuncha engillashtiradi.
Chaqaloq tug’ilganda uning ovqatlanish reflekslari ma’lum darajada shakllangan: asosan, so’rish, emish reflekslari o’z vazifasini ado etishga tayyor bo’ladi. Chaqaloqning labiga va tilining shilimshiq pardasiga biror qo’zg’atuvchi tegashi bilan unda ixtiyorsiz ravishda so’lak ajrala boshlaydi. Ona ko’kragini emishda uning boshqa har qanday harakatlari sekinlashadi yoki mutlaqo to’xtaydi. Psixologlar M.P.Denisova va N.L.Figurin chaqaloqlardagi mazkur jarayonni chuqur tadqiq qilib, "ovqatga yo’nalish" reaktsiyasi deb atadilar. I.P.Pavlov ta’biricha, bunda shartsiz reflekslar vujudga kelib, u idrok qilinadigan narsaga idrok qiluvchi organni qo’zg’atuvchi eng qulay yo’nalishda aks etadi. Natijada emish mexanizmining ta’siridagi xatgi-harakatlar kisman yoki butunlay tormozlanadi.
Chaqaloqning yanta sharoitda yashashini ta’minlovchi asosiy omil tug’ilishda unda vujudga kelgan tabiiy mexanizmlardir. U tashqi sharoit va muhitga moslashish imkonini beradigan, nisbatan etilgan nerv sistemasi bilan tug’iladi. Tug’ilganidan boshlab mazkur reflekslar organizmda qon aylanishi, nafas olish hamda nafas chiqarishni ta’minlaydi.
Birinchi kundanoq kuchli qo’zgatuvchilarga nisbatan ko’zni qisish, pirpiratish, uning qorachig’ini kengaytirish yoki toraytirish 75 mexanizmlari ishlay boshlaydi. Bu reflekslarni himoya reflekslari deyiladi.
Chaqaloqtsa himoya reflekslaridan tashqari, qo’zg’atuvchilar bilan aloqa o’rnatishga xizmat qiladigan reflekslar ham bo’ladi. Bularni orientir reflekslari deb ataladi. Chaqaloqlarni kuzatishlarda ikki-uch kunlik bola xonaga quyosh nuri tushishi bilan boshini yorug’lik tomonga burishi, chaqaloq xonaga asta kirib kelayotgan nur manbaini ham sezishi yaqqol ko’rinadi.
Yuqorida aytilgan reflekslardan tashqari, bolada bir nechta tug’ma tabiiy reflekslar ham uchraydi: emish refleksi og’ziga tushgan narsani so’rishda o’z ifodasini topsa, qo’l kaftiga biror narsaning tegishi ushlash, chang solish reaktsiyasini vujudga keltiradi. O’zidan narsani itarish, uzoqlashtirish refleksi mavjudligini ko’rsatadi va bu hol tovonga qandaydir jism tegishi bilan uni o’zidan uzoqlashtirishda namoyon bo’ladi.
Psixolog V.S.Muxinaning fikricha, chaqaloq tug’ilishiga qadar ham shartsiz reflekslar bo’lishi, unga homilalik paytidayoq o’z qo’lini so’rish imkonini yaratadi.
Sharq allomalarining fikricha, chaqaloqda tug’ma reaktsiyalarning boshqa guruhi ham mavjud bo’lib, beshik tebratilganda chaqaloqning yig’idan to’xtashi, ixtiyorsiz harakati sekinlashuvi shundan dalolat beradi. Qadim zamonlardan beri beshik, so’rg’ich va hokazolardan chaqaloqni yupatishning, uning ixtiyorsiz harakatini to’xtatishning, diqqatini ovqatga va favqulodda holatga to’plashning muhim vositasi sifatida foydalaniladi.
Qator tug’ma-tabiiy reaktsiyalar chaqaloq hayoti uchun juda muhimdir. Ana shu shartsiz reflekslar tufayli u yangi, o’ng’aysiz sharoitga ko’nikib boradi va o’z yashash tarzini mavjud yo’nalishga uyg’unlashtiradi. Uning yangi muhitda ovqatlanishi va nafas olishi ana shu reflekslarning bevosita funktsiyasi hisoblanadi. Bola tug’ilgunicha undagi barcha jarayonlar onaning organizmi orqali amalga oshgan bo’lsa, tug’ilganidan keyin mutlaqo boshqacha tarzda amalga osha boshlaydi. Masalan, o’pka bilan nafas olish, oral (og’iz, ichak, oshqozon kabi biologik organlar orqali) ovqatlanish vujudga keladi. Buni psixologiyada reflektor moslashish deb ataladi. 4
Yangi tug‘ilgan va bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning tashqi qiyofalari katta odamlarning tashqi qiyofalaridan ancha farq qiladi. Yangi tug‘ilgan bolaning boshi gavdasiga nisbatan juda ham katta (gavdasining to‘rtdan bir qismiga barobar), bo‘yni deyarli yo‘q darajada qisqa, gavdasi uzun, oyoq qo‘llari gav­dasiga nisbatan qisqa bo‘ladi. Katta yoshli odamning boshi gavdasining sakkizdan bir qismiga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari chaqaloq bolaning yuzi juda kichkina bo‘ladi, chunki yuqorigi va pastki jag‘lari hali ishlamaganligi tufayli rivojlanmagan bo‘ladi. Chaqaloq bolalar ichki organlarining holati va faoliyati ham katta odamlarnikidan anchagina farq qiladi. Masalan, o‘pkadagi havo kiradigan mayda pufakchalarning soni miqdor jihatidan katta odamlarniki bilan barobar bo‘lsa ham, ular juda mayda bo‘ladi (katta odamlarnikiga nisbatan uch barobar kichik bo‘ladi).


Shuning uchun chaqaloq bolalar katta odamlarga nisbatan uch barobar tez nafas oladilar. Chaqaloq bola bir daqiqada 50-60 mar­ta nafas olsa, katta yoshdagi odam xuddi shu vaqt ichida 14­16 marta nafas oladi. Chaqaloq bola jismoniy jihatdan juda tez o‘sayotganligi tufayli sof havoga ayniqsa muhtoj bo‘ladi. Ilk yoshdagi bolalarning taraqqiyotida buni albatta hisobga olish zarur. Agar chaqaloq bola o‘ringa o‘ng‘ay holatda yotqizilmasa, siqib yo‘rgaklansa va ochiq havoga olib chiqilmasa, uning nafas olishida qo'shimcha qiyinchilik vujudga keladi.
Chaqaloq bolaning yuragi katta odamning yuragiga nisbatan anchagina tez uradi. Masalan, katta odamning yuragi bir daqiqada o‘rtacha 70-75 marta ursa, chaqaloq bolaning yuragi 120 va undan ortiq marta uradi. Buning asosiy sababi chaqaloq bolalar yuragining har bir qisqarishida bosib chiqargan qon hajmini (miqdorining) ozligi, go‘qak muskullarining hali zaifligi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, chaqaloq bolalar yuragining nisbatan tez urishi ular organizmida modda almashish jarayonining intensivligi (jadalligi) bilan ham bog‘liqdir.
Chaqaloq bolalarda badanning haroratini idora qilish hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Chaqaloq bolalarda tanasining vazniga qaraganda terisining umumiy sathi (yuzasi) nisbatan katta hamda terisi katta odamlar terisiga qaraganda ancha yupqa bo‘ladi. Shu sababli ular normal taraqqiyot uchun kerakli haroratni yo‘qotib sovuq qotishi mumkin. Chaqaloq bolalarning tana harorati tez o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bolaning ortiqcha harakatlari ham, ovqat yeyishi ham temperaturasiga ta’sir qiladi. Shu sababli chaqaloq bolalarni tarbiyalashda kun tartibining ahamiyati nihoyatda kattadir. Chaqaloq bolalarni hamisha o‘z vaqtida ovqatlantirish, uxlatish va o‘z vaqtida u bi­lan shug‘ullanish (gaplashish, o‘ynatish) kerak.
Chaqaloq bolalarning ovqat hazm qilish a’zolari ham o‘ziga xos xususiyatga ega. Ularninig oshqozonlari hali juda kichkina, oshqozon va ichak muskullari rivojlanmagan, juda zaif bo‘ladi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarning eng yaxshi ovqati ona sutidir. Bolalar katta odamlarga nisbatan tez-tez ovqatlantiriladi. Agar katta odamlarga ovqat sarf qilingan quvvatni tiklash maqsadida kerak bo‘lsa, bolalar uchun ovqat sarf qilingan quvvatni tiklashdan tashqari o‘sishi uchun ham kerak. Bolaning organizmi to‘xtovsiz o‘sadi, buning uchun esa juda ko‘p ozuqa moddalar kerak bo‘ladi. Ozuqa moddalarni bola ovqat orqali oladi. Shu sababli bolaning jismoniy jihatdan nor­mal o‘sishida o‘z vaqtida ovqatlanishi va ovqatning sifati juda katta ahamiyatga ega.
Normal tug‘ilgan bolaning o‘rtacha vazni 2800-3500 kg, bo‘yi 45-52 sm bo‘ladi. Bir yil davomida uning vazni va bo‘yi ayniqsa sezilarli o‘zgaradi. Normal o‘sib ulg‘ayayotgan bola yarim yoshga yetganida uning vazni ikki barobar, bir yoshga yetganida esa uch barobar ortadi. Bolaning vazni dastlabki oylarda, ayniqsa, 1-3 oyligida ko‘proq ortadi. Keyinroq borib vaznining ortishi birmuncha sekinlashib boradi va bir yoshga to‘lgach, bolaning vazni 9 kg ga yetadi. Bir yoshga to‘lgunga qadar bolaning bo‘yi ham juda tez o‘sadi. Agar bola bir yoshga to‘lguncha taxminan 25 sm ga o‘ssa, keyingi ikki yil ichida faqat 18 sm ga o‘sadi. Yangi tug‘ilgan bolaning suyak sistema­si deyarli yumshoq tog‘aydan iborat bo‘ladi. Keyingi taraqqiyot davrida, ya’ni bir yoshga to‘lguncha uning skeleti suyakka aylana boshlaydi. Agar bola chaqaloqlik davrida noto‘g‘ri parvarish qilinsa, uning skeletidagi turli qismlar noto‘g‘ri o‘sib, biror yeri qiyshiq bo‘lib qolishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda bolaning noto‘g‘ri o‘tirishi, noto‘g‘ri yotishi natijasida umurtqa suyagi qiyshayib qolishi mumkin, chunki umurtqa suyagi juda elastik (egiluvchan) bo‘ladi.5




Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling