O‘yinning ikkinchi variantida (Qaysi gulning o‘rni almashdi, top») chaqirilgan bola ko‘zini yumib yoki boshqa tomonga o‘girilib turadi. Shunda tarbiyachi tuvakdagi gulning o‘rnini almashtirib qo‘yadi, bola qaysi gulning o‘rni almashganligini aytib berishi kerak. (O‘yin 4—5 marta takrorlanadi). Keyingi mashg‘ulotlarda bunday o‘yinlarni gullar tasvirlangan kartochkalar bilan ham o‘tkazish mumkin
Rasmi tasvirlangan kartochkani o‘sha gulning oldiga qo‘yish, bir xil gulni topish va hokazo.
Eslatma: Bolalarda tabiat burchagidagi o‘simliklarga nisbatan qiziqish uyg‘otishda ularning kuzatuvchanligini o‘stirishda, gullarni asrab-avaylash, parvarish qilish xohishini tarbiyalashda tarbiyachining namunasi muhim rol o‘ynaydi. Tarbiyachi o‘zi o‘simliklarni mehr-muhabbat bilan parvarish qilishi, ularga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, kuzatuvchan bo‘lib, o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishida yuz beradigan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida ko‘ra bilishi va bu o‘zgarishlarni zarur qiziqish, his-hayajon bilan bolalarga so‘zlab berishi kerak va vaqti-vaqti bilan bolalarni o‘simlik oldiga chaqirib, unda yuz bergan o‘zgarish ustida bolalar bilan gaplashib olishadi. Bu bolalarda o‘simliklarga nisbatan barqaror qiziqishni uyg‘otadi.
Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
-Qaysi gulni kuzatdik?
-Bugun qaysi gul bilan tanishdik?
-Xinagal yorug‘lik va quyoshni yaxshi ko‘radimi?
-Gullar bilan qanday o‘yin o‘ynadik?
Mavzu: Gul urug‘larini ekish
Maqsad: Bahor faslida yerga urug‘ sepilishi haqida bilim berish. Bolalarda mehnatga qiziqish va unga ishtirok etish ishtiyoqini tarbiyalash.
Kutilayotgan natija:
Bolalar bahor faslida yerga urug‘ sepilishi haqida tushunchaga ega bo‘ladilar.
Zarur jihozlar: urug‘ sepilishi uchun zaruriy jihozlar.
Mashg‘ulotning borishi:Tarbiyachi bolalarni gulzorga olib boradi. Ularni kattalarning mehnatlari har bir bolaga ko‘rinadigan qilib joylashtiradi. Gul urug‘larini bolalarga ko‘rsatadi. Ularning diqqatini urug‘ning rangi, katta-kichikligiga jalb qiladi. Bu urug‘lar qaysi jihatdan o‘xshashligi (maydaligi, ulardan gullar o‘sib chiqishi)ni aniqlaydilar.
Tarbiyachi ekishga mo‘ljallangan mayda uruqqa qum aralashtirish kerakligini aytib, qanday aralashtirishni ko‘rsatib beradi. Tarbiyachi va bolalar yumshoq tuproqli yerga urug‘ni sepadilar. Sepilgan urug‘ ustidan tuproqni bir tekisda sochadilar. Bolalarga suvquyg‘ichlarni berib, ekilgan urug‘larga suv quyishda yordam berishni iltimos qiladi va bolalarga bundan buyon navbatchilar o‘simliklarni mustaqil parvarish qilishlarini, kuniga urug‘larni unib chiqishlari uchun suv quyishlarini aytib tushuntiradi.
“Qanday gul” ta’limiy o‘yin.
Do'stlaringiz bilan baham: |