Мактабгача таълим муассасасида табиат бурчаги


Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 148.5 Kb.
bet8/11
Sana26.09.2023
Hajmi148.5 Kb.
#1688361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 Мактабгача ёшдаги болаларни ўсимликлар дунёси билан таништириш

Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
-Qanday dala gullarini bilasiz?
-O‘simliklarning inson salomatligi uchun qanday foydasi bor?
- Yalpizning barglari, otquloq, ismaloqlardan terib kelib qanday pishiriqlar pishirish mumkin?


1.2. Katta guruhda o‘simliklar dunyosi bilan tanishtirish
Bolalar 4—5 o‘simlik nomini biladigan, qismlarini aytib bera oladigan (poyasi, shoxlari, gullari), barglarini shaklini ko‘rsatib turib, (tuxumsimon, dumaloq va hokazo), o‘simliklarni bir muncha aniq va batafsil tasvirlab bera oladigan bo‘lishlari kerak. Bolalar o‘simliklarning yana bir gruppasini — buta o‘simligini ham bilishlari lozim.
Tarbiyachi barg va gullarning shakli, katta-kichikligi va rangidagi o‘xshashlik va tafovutlarni farqlay olishni o‘rganishni, o‘simliklarga qiziqish va muhabbatni, o‘simliklarning rivojlanishida bo‘lib o‘tadigan o‘zgarishlarni seza bilish malakasipi hosil qilishni davom ettiradi. Urug‘dan o‘simliklar o‘stirish (o‘sishidagi izchillik, o‘sish uchun zarur sharoitlar, parvarish qilish) haqida; o‘simliklar hayoti va o‘sishining ayrim shartlari (ular yerda o‘sadi, ularni suv bilan sug‘orish kerak, tuproq serozuqa bo‘lishi uchun uni o‘g‘itlash, yorug‘lik kerak) haqidagi tasavvurlarini shakllantirish lozim.
Bolalarning o‘simliklarning tuzilishi haqidagi tasavvurni aniqlash va mustahkamlash. Daraxtlarda bitta tana, yo‘g‘on va ingichka shoxlar, yaproqlar bor. Butalar va bir necha ingichka tana, shox, barglari borligi, o‘tsimon o‘simliklarda poya, barg, gullar borligi, o‘simliklar ildizlari bilan o‘zlarini yerda tutib turishi va yerdan suv hamda ozuqa moddalarini olishi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish lozim.
Bolalarni qanday o‘simliklar bilan tanishtirish tavsiya etiladi. Kichik gruppadagi o‘simliklarning turiga o‘xshash, bundan tashqari, butaga o‘xshagan o‘simliklar (yarongul, balzamin) bilan. Vaqt-vaqtida gruppaga yangi, yaxshisi, gullab turgan o‘simliklarni olib kirib, ko‘rsatib turiladi.
O‘simliklar parvarishi yuzasidan bolalar nimalarni qilishi kerak. O‘simliklarni uy haroratidagi suv bilan sug‘orish davom ettiriladi, o‘simliklarning qaysi biri suvga muhtoj bo‘lib turgani, qaysi biri muhtoj emasligi bilib olinadi (ba’zi o‘simliklarning tagidagi tuprog‘i oqarib qolgan, iylab ko‘rilganida qo‘lga quruq bo‘lib unnaydi, bularni sug‘orish kerak, boshqasining tuprog‘i qopqora, iylab ko‘rilganida qo‘lga ho‘l bo‘lib unnaydi, buni sug‘orish kerak emas).
Besh yoshga qadam qo‘ygan bolalar o‘simliklar va ularni parvarish qilishning eng oddiy usullari to‘g‘risida bir qadar bilimlarga ega bo‘ladilar. Urta gruppada bu bilimlar chuqurlashtirilib, kengaytiriladi.
Bolalar mehnat topshiriqlarini bajarishga muntazam suratda jalb etib boriladi, shu bilan birga endi mehnatni taqsimlashdan foydalaniladi: bir bola o‘simlikni sug‘orsa, ikkinchisi boshqa o‘simlikning barglari yoki tuvagini artib chiqadi. Bolalarga ko‘proq mustaqillik beriladi, lekin mehnatining sifatiga qo‘yiladigan talablar ham ortadi. O‘simliklarga parvarish ishini bolalar ilgaridek tarbiyachining ishtirokida, uning nazorati ostida va yordami bilan bajarib boradi. Tarbiyachi bolalar mehnatini kuzatuvlar bilan birga qo‘shib olib borishga kichik gruppadagidan ko‘ra ko‘proq e’tibor beradi. Masalan,o‘simlikning qaysi birida yangi barg yoki gullar paydo bo‘lganini aytib berishni; ikki o‘simlikning qaysi birini sug‘orish kerag-u, qaysi birini sug‘orish kerakmasligini o‘ylab ko‘rib, aytib berishni taklif qiladi.
Yilning boshida, xuddi kichik guruhdagidek, xona o‘simliklarini yuvish yuzasidan mashg‘ulot o‘tkazish mumkin.



Download 148.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling