Maqsad: Bolalarni gullarni topishga o‘rgatish.
Jihoz: Gul tasviri tushirilgan suratlar
O‘yinning borishi: Tarbiyachi bolalarga gul tasviri tushirilgan suratlarni tarqatadi. Bolalar gullarni nomini aytishlari kerak. Masalan: Tirnoqgul, momaqaymoq, lola, atirgul.
Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
-Qanday gul urug‘larini sepdik?
-Urug‘ sepish uchun yerni qanday tayyorlar ekan?
-Urug‘larni qanday sepdik?
-Urug‘larni qanday sug‘ordik?
-Qanday o‘yin o‘ynadik?
Mavzu. Dala gullari bilan tanishtirish
Mashg‘ulot maqsadi: Bolalarning tabiatdagi o‘zgarishlar haqidagi bilimlarini boyitish, ko‘klamda tabiatning uyg‘onishi va dala gullari haqida tushuncha berish.
Kutilayotgan natija:
Dala gullarining nomini biladilar va farqlaydilar.
Zarur jihozlar: Gullardan gerbariylar, tabiiy gullar, suratlar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, hozir men sizlarga «Ko‘klam» nomli she’rni aytib beraman, diqqat bilan eshiting.
Qirlaringga gul-lola bo‘lib,
Tog‘laringga shalola bo‘lib,
Keldi ko‘klam, ona o‘lkam!
Keling, do‘stlar,
Ulug‘laymiz — ko‘klamdir bezak,
Ko‘klam boshdir - yil karvoni.
— Bolajonlar, she’r mazmunini tushundingizmi? Shoir bu she’rida nima demoqchi ekan?
Tarbiyachi: To‘g‘ri, bolajonlar, bahor faslining kelganini, gul-lolalarning ochilganini, ko‘klamning ajoyib fasl ekanligini aytmoqchi.
Bahorda tabiat uyg‘onadi, odamlar g‘ayratu shijoatga to‘lib, yaxshi niyat, ezgu orzular bilan ish boshlaydilar. Kim menga bahor yoki gullar haqida o‘zi bilgan she’rini aytib beradi?
Ko‘klam
Beg‘ubor olam munchalar ko‘rkam,
Musaffo, tiniq osmon juda ham.
Nurga ko‘milib yashnaydi o‘lka,
Chunki elimda kezmokda ko‘klam.
|
Gullar
Hoy gulbeor-gulbeor,
Qancha o‘rtoqlaring bor?
Rayxon, binafsha, lola,
Chuchmomayu gullola,
Tugmachagul, boychechak,
Qizil,pushti, gulpechak,
Oppoq siren, gulxayri,
Bog‘da o‘sadi bari.
Yoqimli hid sochadi!
Baxri-diling ochadi!
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |