Maktabgacha ta`lim muassasasining


Tarbiyachining oilani borib ko’rishi


Download 37.87 Kb.
bet2/6
Sana21.02.2023
Hajmi37.87 Kb.
#1217737
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarbiyachining oila bilan hamkorlikda ishlari

1. Tarbiyachining oilani borib ko’rishi.





  1. U.Otavalieva ―Bola tarbiyasida bog’cha va oila hamkorligi‖ Toshkent

―O’qituvchi‖ 1994 y. (34-35 betlar)


Bola yashab to’rgan oilani, o’rganish, ota-onalar bilan yaqin aloqa o’rnatish va ularga yordam, maslahatlar berishning samarali yo’llaridan biridir. Tarbiyachi oilaga tekshiruvchi sifatida emas, balki maslahatchi, do’st va bola tarbiyasiga yordam beruvchi shaxs sifatida boradi.
Tarbiyachining oilaga borishidan asosiy maqsadi bola tarbiyalanayotgan sharoitni ko’rish va zarur bo’lsa, ota-onalarga yordam ko’rsatishdir. Shuning uchun tarbiyachi ota-onalarga aytadigan takliflarini sinchiklab o’ylab ko’rishi kerak.
Bolalarni uylariga borib ko’rish ishi ma`lum maqsad asosida tashkil etilganda oilaviy tarbiya bilantanishish, bolaning oiladagi xulqining o’ziga xos xususiyatlarinigina aniqlashdan iborat bo’libgina qolmasdan, balki ota-onalar bilan yakkama-yakka va jamoa tarzida tashkil etiladigan ishlarning mazmunini, ularning turli shakllarini belgilab olishga ham imkoniyat tug’diradi.
Tarbiyachi bolaning oilasida ko’rganlarini qayd qilish bilan bir qatorda, ularni tahlil qiladi, ota-onalar majlislarida oilaviy tarbiyadagi ijobiy va salbiy tomonlar haqida gapiradi. Ularga o’zining qimmatli maslahatlarini beradi. Oila tarbiyasidagi ijobiy ishlarni ota-onalar uchun tashkil etilgan, stendlarda aks ettirish ham mumkin.
Oilani borib ko’rish va ota-onalar bilan suhbatlashish katta pedagogik odob bilan o’tkazilishi kerak. Ota-onalar bilan suhbatda bolaning eng yaxshi tomonlarini ochib berilsa, ota-onalarning tarbiyachiga bo’lgan hurmati va ishonchi ortadi. Ba`zan ota-onalarga ularning bola tarbiyasidagi kamchiliklarini ko’rsatishga to’g’ri keladi. Masalan, bolaga oilada o’rgatilmagani uchun u hamma narsani yoyib, to’zg’itib tashlaydi va o’zi yig’ishtirmasdan unga to’liq xizmat qilishni talab qiladi. Tarbiyachi bolaning uyida biror mehnat topshirig’i bo’lishini, xo’jalik ishlarida kattalarga yordamlashishini. mustaqillikka o’rgatilishini tavsiya etishi kerak. Ba`zi ota-onalar bola baribir ishni yaxshi bajarmaydi yoki u hali kichkina, oldinda maktabga borganda tashvishi ko’p deb bunga ko’nishmaydi. Bunday ota- onalar bilan yakka holda, alohida ishlarni chidam bilan olib borish maqsadga muvofiq bo’ladi. Eng avvalo ularga bolalar tarbiyasi haqidagi kitobchalarni tavsiya qilish, ko’chma papka materiallari bilan tanishish, guruxda bolaning navbatchilik qilishini ko’rishga, qanday mehnat topshiriqlarini bajarishi, mashq qilishlari,
o’yinlarini ko’rishga taklif etish kerak.
Ayrim vaqtda bunday hodisani ham kuzatish mumkin: oilada bolaga ko’p e`tibor beriladi va g’amxo’rlik qilinadi, oilada tartib to’g’ri o’rnatilgan, bolaning ovqatlanishi yaxshi, bolaga hech qanday topshiriq berilmagan. Bola o’z joyini va o’yinchoqlarini o’zi yig’ishtirmaydi, uning bu ishini ota-onasi yoki oilaning katta a`zolari bajaradilar. Tarbiyachi bu holda ota-onalar uyida bolaga alohida joy, burchak ajratishlari kerakligini maslahat beradi, bu tadbir oilada bola hayotining to’g’ri tashkil etilishiga imkon beradn. O’z burchagida bola yashaydi, o’ynaydi, rasmlar chizadi, o’yinchoqlar yasaydi va hokazo.
Oilani birinchi bor borib ko’rish, ayniqsa mas`uliyatlidir. Maktabgacha ta`lim muassasasi bilan oila orasidagi tarbiya bir-birini tushunish, ishonch va ijobiy aloqani o’rnatilishida bu ishning qanday o’tishiga bog’liqdir. Oilaga tashrif buyurishdan avval uning a`zolari, ota-onalarning kasblarini, ularning ish joylarini va hokazolarni ifodalovchi ma`lumotlarni o’zlari aniqlashlari zarur. Agar
tarbiyachi oilaii borib ko’rishdan avval o’zi uchun bolaning rivojlanish va tarbiyalanganlik darajasi xarakteristikasini tuzib olsa, oilani borib ko’rish yanada samarali bo’ladi. Bu holda, ota-onalar bilan aniqlash va muhokama qilishni talab qiluvchi jihatlarini ajratib olish kerak. Birinchi bor borib ko’rish tarbiyachiga oilaning hayot tarzi haqida, oilaviy «vaziyat», bolaning oiladagi tarbiyasi haqida umumiy tasavvur berishi kerak. Keyingi tashriflar tarbiyachiga bola tarbiyasining aniq masalalarini mufassal fahmlab olishga imkon beradi. Oilani takror borib ko’rishda tarbiyachi uning maslahat va takliflari bajarilgan yoki bajarilmagani bilan qiziqadi.
Tarbiyachi do’stlik vaziyatida o’tayotgan suhbat davomida shaxsiy kuzatishlar, ota-onalarga, oilaning boshqa a`zolariga va bolaga berilgan savollar orqali bolani, uning oilasini yana ham yaxshiroq bilib olishga imkon beruvchi o’ziga zarur ma`lumotlarni oladi. Bularning hammasi bola tarbiyasiga ancha samarali ta`sir ko’rsatadi. Bunday tashriflarning natijasi tarbiyachiga bola bilan yakkama-yakka ish olib borish rejasini tuzishga imkon beradi.
Oilalarni borib ko’rib, ularda bola hayoti bilan tanishishda tarbiyachilar ma`lum qoidalarga rioya qilsalar foydadan xoli bo’lmaydi.
Tashrif buyurish haqida ota-onalarni oldindan ogohlantirish kerak, bunda o’zi uchun va oila uchun qulay kun tanlanadi; aytilgan kunda kelysh, oila a`zolarini kutishga majbur qilmaslik va oila rejalarini buzmaslik zarur; suhbat vaqtida hech qanday yozuv olib bormaslik keraq ota-onalar bilan keskin, nasihatgo’ylik ohangida gapirishmaslik zarur, faqat maslahat, tilak, taklif kiritish mumkin; oilani borib ko’rishda olnngan taassurotlarni kalendar rejaning «Tarbiyaviy ishlarni hisobga olish» ustuniga yozib qo’yish lozim.
Tarbiyachi biror bolaning oilasiga borib tanishgani haqida guruhdagi hamma bolalarga gapirib berishi (bordi-yu tarbiyachining rejasi shunday bo’lsa), bunday hikoyalarga, masalan, «Qiziqarli hikoyalar» deb nom berishi ham mumkin. Bolalar bunday hikoyalarni tinglashni va uning «qahramonlarini» bilib olishni yaxshi ko’rishadi. Bu hikoyalar bolalarga yaxshi narsani aniqlashga va o’z tengdoshlarining kamchiligiga tanqidiy qarash va o’z-o’ziga tanbeh berish imkoniyatini yaratadi.
Oiladagi suhbatlarning mazmuni bolalarning yoshiga bog’liq. Bolalarning ota- onalari bilan suhbatlashganda mustaqillikni, gigienik ko’nikmalarni tarbiyalash, nutqni o’stirish va hokazolar haqida gap boradi; maktabgacha katta tarbiya yoshidagi bolalarning ota-onalari bilan o’yinni, mehnatni boshqarish, kitoblardan foydalanish, ma`naviy-iroda sifatlarini shakllantirish haqida suhbat o’tkaziladi.
Oilani borib ko’rishning maqsadi va mazmuni tarbiyachining rejasida, hisobida va maxsus kundaligida aks ettirilishi kerak. Oilani yiliga kamida ikki marta borib ko’rish tavsiya etiladi. Oilaga tashrif buyurishlar, anketa ma`lumotlarini tahlil qilish, ijobiy tajribaning umumiy manzarasini va oilaviy tarbiyadagi o’ziga xos qiyinchiliklarni ochib beradi. Bu esa mudiraga va tarbiyachiga turli yoshdagi guruh ota-onalarining pedagogik madaniyatini oshirishga, tarbiyachilarning ota-onalar bilan olib boradigan ishini ma`lum tizimda yo’naltirishga yordam beradi.

  1. Download 37.87 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling