Maktabgacha ta`lim muassasasining


Ota-onalar bilan shaxsiy suhbatlar


Download 37.87 Kb.
bet3/6
Sana21.02.2023
Hajmi37.87 Kb.
#1217737
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarbiyachining oila bilan hamkorlikda ishlari

Ota-onalar bilan shaxsiy suhbatlar


Oila bilan shaxsan ishlashning eng keng tarqalgan usuli sifatida qo’llanadigan suhbat - bolalarni ertalab qabul qilish va kechqurun jo’natish vaqtida o’tkazilishi mumkin. Ular tarbiyachilar va ota-onalartsing bir-biri bilan yaqinroq tanishishlariga, bir-birlarini bolaning hayoti haqidagi ma`lumotlar bilan xabardor qilishlariga, uning muvaffaqiyatlari va kamchiliklari, hulqi va sog’lig’idagi o’zgarishlarni kuzatishga yordam bsradi.
Ota-onalar bilan shaxsan ishlashning bu shaklini tarbiyachilar ayrim bolalar bilan ishlashda keng foydalanishlari kerak. CHunki bir oila uchun muhim va qiziqarli bo’lgan narsa, boshqa oila uchun umuman kerak bo’lmasligi mumkin. SHuning uchun oilaviy tarbiya shartlarini bilish individual ish mazmunini aniqlashga yordam beradi. Tarbiyachi shu suhbatlarning tashkilotchisi bo’ladi.
Shaxsny suhbatlarni shoshilmasdan, tashqaridan tinglovchilarni jalb qilmasdan olib borish hamda unga faqat suhbatdoshnigina jalb qilish kerak.
Tarbiyachining ota-onalar bilan ertalab o’tkazadigan suhbatlari qisqa muddatli bo’ladi, lekin bolaning kayfiyatini aniqlab olishda, shuningdek, uning yaqinlarida yaxshi kayfiyat, tarbiyachiga ishonch hissi paydo bo’lishida katta ahamiyatga ega. Ota-onalardan bola kechqurun yoki kechasi qanday kayfiyatda bo’lganini, qanday uxlaganligi, bola o’zini qanday sezishini so’rash foydali. Tarbiyachi ota-onalarga bolalarni bugun guruhda nimalar kutishi haqida qisqacha axborot beradi (biror ekskursiya uyushtirilishi, musiqiy mashg’ulot o’tkazilishi, qo’g’irchoq teatri kelishi va hokazo). Bu narsa bolaning kayfiyatini ko’taradi, ota-onalarni xotirjam qiladi.
Ota-onalar bilan kechki suhbatlar ham vaqt jihatidan cheklangan. Tarbiyachi ulardan ba`zilariga bolaning guruhda kuni qanday o’tgani, u nima bilan mashg’ul bo’lgani, o’zini qanday tutgani, nimaga e`tibor berish kerakligi haqida axborot beradi. Masalan, ota-onalarga ularning bolasi bugun navbatchilikni yaxshi bajargani, unga bayramga she`r yodlab kelish topshirilganligi va shu boisdan unga yordam berish kerakligi xaqida gapiradi. Ota-onalarga bolasi haqida ko’p shikoyat qilaverish ham yaxshi natija bermaydi. Chunki ularning aks ta`siri pedagogik jihatdan asossiz bo’lishi mumkin. Ko’p shikoyat qilish tarbiyachining pedagogik ojizligini anglatadi.
Ota-onalar bilan kechki suhbat vaqtida tarbiyachi bolaning tashqi ko’rinishiga taalluqli kamchiliklar (mavsumga mos kiyim, tor oyoq kiyim, sochi olinmaganligi va hokazo) aytilishi mumkin. Buni odob bilan, o’z maslahatlarini kichkintoy haqidagi g’amxo’rlik sifatida asoslash kerak.
Bir-birini tushunish sharoitini yaratish uchun suhbat vaqtida ota-onalarga faqat u yoki bu talablarni qo’ymasdan, balki ularni nima tashvishga solishini yoki aksincha, nima xursand qilishini diqqat bilan tinglash kerak. Onda-sonda suhbat o’tkazish mavzui bolaning uydagi va maktabgacha ta`lim muassasasidagi hayoti bilan taqozo qilinadi. Oilaga yanada maqsadga muvofiq ravishda ta`sir ko’rsatish uchun tarbiyachi muntazam suhbatlar o’tkazish rejasini tuzishi mumkin. Bu suhbatlarning mavzui bolalarning xususiyati, xulqiga qarab belgilanadi. Bunday suhbatlar savol-javob, mulohaza va eslatma shaklida do’stona vaziyatda o’tkaziladi. Buning natijasida bolani oilada tarbiyalashni yaxshilashga qaratilgan takliflar va talablar ifodalanishi kerak.
Shaxsiy maslahatlar suhbatga ancha yaqin keladi.
Ota-onalarning bola tarbiyasida yo’l qo’ygan biror kamchilik va xatosini tahlil qilish uchun ular bilan yanada mufassal suhbat o’tkazish zarurati tug’ilganda va ularga vaziyatni tuzatish uchun malakali maslahat hamda tavsiya berish kerak bo’lgapda maslahatlar o’tkaziladi.
Maslahatlar ancha tor masalalarni chuqur yoritishga imkon beradi. Ular uchun mavzu tanlash bolalarni kuzatish natijalaryga yoki tarbiya muammolariga qarab belgilanadi. («Bolalarga nimani o’qish va nimapp aytib berish kerak»,
«Bolalarning savoliga qarab qanday javob berish kerak», «Bayramni qaerda va qay tarzda o’tkazish kerak», «Teleko’rsatuvlarning foyda va zarari» va hokazo.)
Masalan, tarbiyachi bolaning injiqliklari sabab uning oilada noto’g’ri tarbiyalanishi ekaniga ishonch hosil qilib, bolaning otasi yoki onasini «Injiqlik va o’jarliklar, ularning sabablari va engish yo’llari» mavzusidagi maslahatga taklif etadi.
Pedagog maslahatni o’tkazishga oldindan tayyorgarlik ko’radi, zarur adabiyot va ko’rsatmali material tanlaydi, e`lon osib qo’yadi (guruhiy maslahat).
Ota-onalar uchun maslahatlarni tarbiyachi, shifokor, muassasa mudiri, logoped o’tkazadi. Bunda osoyishta, ishchan vaziyatni tashkil etish lozim, shunda ota-onalar maslahat beruvchini diqqat bilan tinglashadi, savollar berishadi, ba`zi maslahatlarni yozib olishadi.
Maslahat o’tkazishda tarbiyachi ham, ota-ona ham tashabbus ko’rsatishi mumkin. Uning ijobiy natija berishi pedagogning mazkur oilada bola tarbiyasi tizimini bilishiga, maslahat va tavsiyalar qanchalik malakali bo’lishiga bog’liq. Maslahat o’tkazilgandan biroz vaqt o’tgach, tarbiyachi ota-onalar olgan bilimlaridan bolalarini tarbiyalashda qanday foydalanayotganlari bilan qiziqadi.
Ota-onalar bilan ishlash shakliga ota-onalar bilan bo’ladigan yozishmalarni ham kiritish mumkin. Bu usuldan ba`zp sabablarga ko’ra ota-ona bilan bevosita muloqot qiyinlashganda (bolalar dala hovliga yoki sanatoriyga ketganda, ota- onalar dam olishga yoki xizmat safariga ketganda va hokazo) amalga oshiriladi. Tarbiyachi o’z xatlarida ota-onalarga bolaning sog’lig’i, uning o’sishi va xulqi, tarbiyadagi yutuq va kamchiliklar haqida yozadi, ota-onalarni qiziqtirgan savollarga javob beradi. Oila bilan aloqa qilishning bu shakli bolalar bilan tarbiyaviy ishni engillashtiradi, ularga ota-onalar orqali ijobiy ta`sir ko’rsatishga, ularning bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil etishga, ular kim bilan do’stlashganini, uy ishida ishtirok etish-etmasligini bilishga yordam beradi va hokazo. Xat yozishib turish maktabgacha ta`lim muassasasisi xodimlari bilan ota-onalar o’rtasida yanada yaqin, do’stona o’zaro munosabatlar o’rnatilishiga imkon beradi.
Ota-onalar bilan shaxsan ish bajarishdan tashqari, tarbiyachi o’z guruhidagi ota-onalar jamoasi bilan ham ish tashkil etadi.

  1. Guruhiy maslahatlar va majlislar

Agar tarbiyachiga aynan bir masala bir nechta ota-onani qiziqtirayotgani ma`lum bo’lsa, ular uchun umumiy maslahat tashkil etadi.
Guruhiy maslahatlar ota-onalarga mavjud ma`lumotlarpi ma`lum qilishnigina nazarda tutmay, balki oilaviy tarbiya tajriba almashinuvini ham ko’zda tutadi. Ota- onalar bilan oilaviy sharoit haqida bevosita muloqot qilish ham ota-onalarga jamoa
bo’lib, guruh bo’lib maslahatlar uyushtirishning mazmunini aniqlashga yordam beradi.
Pedagog maslahatga oldindan tayyorlanadi: zarur adabiyotni va ko’rsatmali materialni tanlaydi, maslahat o’tkaziladigan aniq vaqt haqida e`lon qiladi, u haqda ota-onalarni ogohlantiradi. Bunday maslahatlar onda-sonda va muntazam o’tkazilishi mumkin. Muntazam maslahatlar ota-onalarning butun bir guruhi uchun o’tkaziladi, uning tarkibi muhokama qilinayotgan mavzuga qarab o’zgarib turadi.
Albatta, guruhiy maslahatlarning mavzui turli-tuman bo’lishi mumkin. Ota- onalar bilan ishlashning bu yo’lini amalga oshirishda pedagog ota-onalarning talablariga ijodiy yondoshadi. Ularni rejalashtirishda ota-onalarning tarkibini, ma`lumotini, pedagogik tayyorgarligini hisobga olish kerak. Maslahatlar tarbiyaviy ishni, bolalar ijodini, amaliy usullarni (o’yinchoq, bayramga kostyum, kiyim tikishni yoki bolalar ovqatini tayyorlash va hokazo yaqqol ko’rsatish bilan birga o’tkazilishi mumkin.
Mudir, shifokor, logoped, musiqa rahbari ham ota-onalarning o’zlariga taalluqli masalalar bo’yicha maslahatlar berishadi.
Ota-onalar jamoasi bilan ishlash guruhiy va umumiy majlislar shaklida o’tkaziladi.
Guruhiy va umumiy majlislar ota-onalar o’z vazifalarini chuqurroq tushunishlariga va bolalar tarbiyasida rilaning ahamiyatini anglashlariga, pedagogik bilimlarni egallashlariga qaratiladi.
Bu majlislar bolalarning jamoa tarbiyasi ahamiyatini ta`kidlash, tarbiyachilarning obro’sini mustahkamlash va ota-onalarda ularning ko’rsatmalarini bajarishga tayyor bo’lish hissini uyg’otishi lozim.
Ota-onalarning guruhiy majlislari zaruriyatiga qarab yil choragida bir marta o’tkaziladi.
Bupday majlislardan maqsad ota-onalarni aniq pedagogik masalalar bilan tanishtirishdir. Ularda mazkur guruhdagi bolalarni tarbiyalash masalalari muhokama qilinadi, guruh ishi bilan bog’liq tashkiliy masalalar qarab chiqiladi, ota-onalarning bayramda ishtirok etishlari haqida, ekskursiyalar haqida gapiriladi va hokazo.
Majlisning mavzusini belgilashda va unga tayyorgarlik ko’rishda ota-onalari taklif etilayotgan bolalarning yoshini hisobga olish zarur. Shu munosabat bilan o’yin, o’quv yoki mehnat faoliyatlari haqida masalalar ko’proq o’rin egallashi mumkin.
Majlis vaqtida hammaning oldida ba`zi bolalar va ularning ota-onalari haqida salbiy fikr bildirish kerak emas; bunday gaplarni ota-ona bilan begona tinglovchilar ishtirokisiz do’stona shaklda olib borish o’rinli.
Pedagogik ta`limni tashkil etishdan tashqari «Yosh ota-onalar maktabi» kabi ish shaklidan ham foydalaniladi. Bu «maktabga» bolalari birinchi marta maktabgacha ta`lim muassasasiga kelgan onalar va otalar taklif etiladi.
Ko’pchilik ota-onalar maktabgacha ta`lim muassasasisida kichkintoylar uchun qanday sharoitlar yaratilganini, u erda bolalar qanday tartib bo’yicha yashashi bilan tanishadilar, ammo bolani oiladan «ajratish» davri bolalar uchun ham, ota-onalar uchun ham murakkab ekanini hamma ham tushunavermaydi. Bu davrni qanday
qilib engil o’tkazishni tashkil qilish, «Yosh ota-onalar maktabi»ning vazifalaridan biri hisoblanadi.
Bunday maktabni tashkil etib, ota-onalarning istaklarini e`tiborga olgan holda o’quv yiliga oid ish rejasini tuzish, bolalarning maktabgacha ta`lim muassasasiga ko’nikish davrida maktabgacha ta`lim muassasasisida va uydagi hayotini tashkil etish haqida hikoya qiladigan adabiyotni tanlash, pedagogik jarayonni bevosita kuzatish uchun ota va onalarni taklif qilish zarur.
Ota-onalarning hayajonlanishlari asta-sekin bosiladi, chunki bolalari maktabgacha ta`lim muassasasida o’zini yaxshi sezishlarini ko’rishadi. Ular pedagoglarning maslahatlariga quloq solishadi, birgalikdagi faoliyatga bajonidil kirishishadi,. zarur o’yinchoq va qo’llanmalar tayyorlashga yordamlashishadi, maydonni ko’kalamzorlashtirishda ishtirok etishadi va hokazo.
«Maktabning» mashg’ulotlarida ona ham, ota ham katnashsa, maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki bolaga ota-onaning va tarbiyachilarning muvofiqlashtirilgan ta`siri natijasidagina maqsadga erishish mumkin.



Download 37.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling