Maktabgacha ta`lim muassasasining


Download 37.87 Kb.
bet5/6
Sana21.02.2023
Hajmi37.87 Kb.
#1217737
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarbiyachining oila bilan hamkorlikda ishlari

Ota-onalar burchagi


Ota-onalar burchagi ularga joriy axborot berish va pedagogik masalalar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etiladi.
Burchakda bir nschta bo’lim bo’lishi tavsiya etiladi.
«Biz bugun nima bilan shug’ullandik». Guruh shu kuni nima bilan shug’ullangani ko’rsatiladi va aytib beriladi. Rasmlar osiladi, hamma bolalarning ishlarn alohida joyga qo’yiladi. Bola tarbiyasi haqidagi bilimlarni o’zlashtirish uchun mashg’ulot mavzuining muhimligi haqida tarbiyachi izoh berishi mumkin. Bu bo’lim materiali har kuni yangilanib turiladi.
«Bu oy biz nima bilan shug’ullanamiz». Ota-onalarga shu oy davomida qanday tarbiyaviy ishlar va aniq tadbirlar amalga oshirilishi haqida axborot beriladi: sayr qilish, ekskursiya, bayramlar ota-onalardan qilinadigan iltimoslar nimani va qaysi muddatga tayyorlash (kastyum, qo’lda yasash uchun material, o’yinchoqlar, sovg’alar, buyumlar yasash va hokazo). Bolaning tug’ilgan kunini jamoada o’tkazish muddati haqida ota-onalarga xabar beriladi. Bu bo’lim materiallari oyiga bir marta yangilanadi.
«Maslahat va tavsiyalar». Turli xil tavsiyalar, ya`ni dam olish kunini qay tarzda yaxshiroq o’tkazish mumkin, kinoteatrda, televizorda bolalar qanday kino- filmni ko’rishi mumkin, radiodan qanday eshittirishni tinglash mumkin, bolalarni chiniqtirishni qanday tashkil etish kerak, ularni mehnatga qanday o’rgatish kerak va hrkazolar bu bo’limga joylashtiriladi.
Shu erda chizmalar, rasmlar, bolalar uchun kiyim andozalari, soch amunalarini joylashtirish mumkin. Maslahatlar qisqa, dastur materialiga mos kelishi kerak. Bu dastur bir oy davomida o’rganiladi. Shu bo’limning o’zida oilaviy tarbiyaning eng yaxshi tajribasi haqidagi material joylashtiriladi. Material 2—3 oyda bir marta yangilanadi.
«Bolalarimiz haqida». Bolalar nimani bilib olganlari, nimani o’rganganlari haqida qisqa axborot beriladi: 5 gacha sanash, yangi ashula o’rganish, qo’ g’irchoqlarning kiyimlarini yuvishni o’rganishadi, ekskursiyaga borishadi, yangi qushlarni bilib olishadi va hokazo, o’g’il bolalar va qizlarning
xulqidagi alohida ijobiy o’zgarishlar aniqlanadi. Materiallar kerak bo’lganda yangilanadi.
«Savobli ishlar kartotekasi». Bu erda ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi materiallar, ota-onalar qo’mitasi a`zolarining qilingan ish haqidagi hisoboti, ota-onalarga tashakkurnomalar joylashtiriladi.
«Bolaning bolalar maktabgacha ta`lim muassasasisidagi va uyidagi tartibi». Har kungi taomnoma, do’xtirning, mudiraning, hisob-kitob bo’limi xodimlarining qabul vaqti, muassasaning telefoni, manzilgohi, turli, e`lonlar joylashtiriladi. Material zarur bo’lganda almashtiriladi.
Material stendga joylashtiriladi va echinadigan xonaga osiladi. Bezash rangli bo’lishi, hamma ma`lumotlar mashinkada bosilgan bo’lishi yoki chiroyli qilib qo’lda yozilishi ham mumkin.

Download 37.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling