Maktabgacha ta`lim muassasasining


Maktabgacha ta`lim muassasasining ota-onalar va jamoatchilik bilan ish shakllari


Download 37.87 Kb.
bet4/6
Sana21.02.2023
Hajmi37.87 Kb.
#1217737
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarbiyachining oila bilan hamkorlikda ishlari

2.Maktabgacha ta`lim muassasasining ota-onalar va jamoatchilik bilan ish shakllari.





    1. Ota-onalar qo’mitasi va jamoatchilik bilan ishlash maktabgacha ta`lim muassasasida ota-onalar jamoatchiligiga, jumladan, oila bilan olib boriladigan ishga katta o’rin ajratilgan. Har bir maktabgacha ta`lim muassasasida ota-onalar qo’mitasi bo’lib, u «Maktabgacha ta`lim muassasasisi nizomi» bo’yicha tashkil etiladi.

Ota-onalar qo’mitasi ishining vazifalari va mazmuni, uning huquqlari, hisoboti va ish yuritishi ham «Ota-onalar qo’mitasi haqidagi nizom»da aks ettirilgan.
Bu qo’mita ota-onalarning umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi. Uning tarkibiga har bir guruhdan 1-2 vakil kiradi, ular orasidan rais va kotib saylanadi.
Qo’mitani saylashda saylanayotgan ota-onalarning ma`naviy qiyofasi, bo’sh vaqti bor-yo’qligi, ishbilarmonligi, obro’si, bola tarbiyasiga qiziqishi va hokazolarni hisobga olish kerak.
Maktabgacha ta`lim muassasasi rahbari va pedagogik jamoa ota-onalar qo’mitasiga faol, harakatchan, tarbiya masalalaridan uzoq bo’lmagan kishilar saylanishi tarafdoridir. Tarbiyachilar u yoki bu oila qanday, ota-onalar qo’mitasiga a`zo bo’lgandan so’ng maktabgacha ta`lim muassasasisiga ota yoki ona qanday yordam berishi mumkin, ular jamoat tarbiyasi hayoti bilan qiziishadimi, maktabgacha ta`lim muassasasida bo’lish keraqllgi haqidagi, mashg’ulotlarni, tartibni kuzatish, sayr qilishda ishtirok etish haqidagi taklifga labbay deb javob berishadimi? degan savollarga javob berishlari kerak.
Ota-onalar qo’mitasini unda ishlashni xohlovchi ota-onalardan ham saylash mumkin. Bunday ota-onalar odatda, qiziqib va samarali ishlaydilar.
Ota-onalar qo’mitasining faoliyati samarali bo’lishi uchun uning a`zolarining pedagogik madaniyatini oshirish doimo diqqat-e`tiborda bo’lishi zarur. SHu maqsadda shahar va nohiyalarda rejali o’qyashning turli xil shakllari o’tkaziladi.
Ota-onalarning bola tarbiyasi sohasidagi ilg’or tajribalarini almashinishga bag’ishlangan kechalarni tashkil etish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu erda uch avlod vakillari - katta, o’rtacha va kichik avlod vakillari uchrashadi va fikr almashinadi. Ularni bolalar tarbiyasining ko’pgina masalalari qiziqtirganligi uchun bunday bevosita aloqa juda ham foydalidir.
Ota-onalar qo’mitasining faoliyati maktabgacha ta`lim muassasasining yillik rejasiga mos holda rejali ravishda olib borilishi kerak. Qo’mitaning ishini mudira boshqarib boradi. Uning majlislari ikki oyda kamida bir marta o’tkazilishi kerak. Har bir yoshdagi guruhda ota-onalarning faollari bo’lib, ular tarbiyachilarga imkonlari boricha yordam beradilar. Qo’mita ota-onalar majlislari, kechalarnni tayyorlashga yordamlashadi, ota-onalarni ayrim vazifa va topshiriqlarni bajarishga jalb qiladi.
Ota-onalar qo’mitasining har bir a`zosi o’z tashabbusi bilan yoki ota-onalar iltimosiga ko’ra ota-onalar qo’mitasi qarab chiqishi uchun maktabgacha tarbiya muassasasining ishini yaxshilash bilan bog’liq masalalarni kiritish huquqiga ega.
Ota-onalar qo’mitasi o’z yig’ilishlarida mudirani maktabgacha ta`lim muassasasining istiqbollari va ishining ahvoli haqida shuningdek, ota-onalarni qiziqtiruvchi ayrim masalalar bo’yicha ma`ruzasini eshitishga haqlidir.
Ota-onalar qo’mitasining a`zolari va maktabgacha ta`lim muassasasi notinch oilalarga alohida e`tibor beradi, ularni borib ko’radi, o’z bolalarining tarbiyasiga etarli mas`uliyat bilan qaramaydigan, maktabgacha ta`lim muassasasining talablarini bajarmaydigan ota-onalarga ta`sir ko’rsatadi. Ota-onalar qo’mitasi a`zolari tarbiyachilar bilan birga oilaviy tarbiyaning eng yaxshi tajribasini o’rganada va uni tarqatishda ishtirok etadi.
Ota-onalar qo’mitasi ota-onalarning umumiy majlisiga hisob beradi (bo’ysunadi), unga avval qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqida hisobot beradi.
Ota-onalar qo’mitasi ishida faol qatnashmaydigan a`zolari, ota-onalar qo’mitasining taklifi (qarori) bilan qo’mitani qayta saylash muddatlari kelgunga qadar chaqirib olinishlari mumkin. Uning o’rniga boshqalar saylanadi.
Ota-onalar qo’mitasi ishiking rejalari va uni hisobga oladi, a`zolarining navbatchilik grafiklari, yig’ilish bayonnomalari va boshqa hujjatlar maktabgacha ta`lim muassasasida saqlanadi va qo’mita tarkibi almashinganda ishlarni qabul qilish va topshirish vaqtida dalolatnoma bo’yicha topshiriladi.
Ota-onalar guruhlardagi mashg’ulotlarda qatnashib, dastur bilan, u qanday amalga oshirilishi bilai tanishadilar, tarbiyachi butun guruh bilan va ayrim bolalar bilan qanday ishlashini kuzatadilar. Har bir mashg’ulot va sayr qilingandan so’ng uslubchi yoki mudira ota-onalarga tarbiyachi o’z oldiga qanday maqsad qo’yganini, uning uddasidan chiqqan-chiqmaganinig uning yutug’i va xatolari nimada ekanini tushundiradi.
Ota-onalar qo’mitasi a`zolarining bolalar maktabgacha ta`lim muassasasisi bilan aloqasi pedagoglardan o’ziga va ishiga nisbatan yanada talabchan bo’lishni
talab qiladi. Dastlabki vaqtlarda tarbiyachilar ota-onalar oldida tortinishadi, biroq ularga o’rganib ketgandan so’ng o’z ishlarini ko’rsatishni shart deb tushunmay, balki bunga xursand ham bo’lishadi. Ota-onalar oldida tarbiyachining obro’si ko’tariladi, unga hurmat ortadi, undan yordam, maslahat so’rab murojaat qiladigan bo’lishadi.
Oila bilan ishlashning yaqqol vositalar kompleksi eng katta ishonchga va ishchanlikka ega bo’ladi. Tarbiyachining bolalar bilan ishlashini ko’rsatish (yoki
«Ochiq eshiklar kuni»), ko’rgazmalar, fotomontajlar bolalarning ishlarini ko’rsatish, pedagogik axborot stendlari, ko’rgazmalarni bezash, ota-onalar uchun kutubxona, oilaviy tarbiyaning turli masalalari bo’yicha materiallari bo’lgan ko’chma papaklar shular jumlasidan. Ko’rsatmali materialni ota-onalar faol qabul qilishlari uchun ular diqqatini unga qaratish va u bolalar tarbiyasida qanday foydalanilishiga qiziqtirish kerak.
Ularning ba`zilari to’g’risida to’xtalib o’tamiz.

Download 37.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling