Maktabgacha ta`lim muassasasining


Ota-onalar uchun ko’rgazmalar


Download 37.87 Kb.
bet6/6
Sana21.02.2023
Hajmi37.87 Kb.
#1217737
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarbiyachining oila bilan hamkorlikda ishlari

Ota-onalar uchun ko’rgazmalar


«Ota-onalar uchun ko’rgazmalar» pedagogik bilimlarni targ’ibot qilish maqsadida tashkil etiladi. Ular ota-onalar majlislari, anjumanlar vaqtiga qarab tayyorlanadi. Ko’rgazma uchun materiallar oldindan tanlab olinadi va unga respublikamiz xalq ta`limi sohasidagi hujjatlari, maktabgacha ta`lim muassasalar tarmoqlarining o’sishi haqidagi raqamli ma`lumotlar, bolalar bilan shilashni aks ettiruvchi fotosuratlar, kitoblar va o’yinchoqlar, bolalarning ishlari kiritiladi.
Bolalar ishlarining ko’rgazmasidan maqsad bolalarni mashg’ulotlarda o’qitish natijalariga ota-ona-lar diqqatini qaratishdir. Ular har bir yoshdagi gurux uchun alohida tashkil etiladi.
O’quv yilidagi ota-onalarning birinchi majlisida tarbiyachilar ko’rgazmaning vazifasi haqida ma`lumot berishlari kerak. Ota-onalarga bolalar mehnati natijalarini baholash qanchalik muhim zkann tushuntiriladi. Masalan, o’z bolasi chizgan rasmni tengdoshlarining rasmlari bilan taqqoslab, bola qaysi borada orqada qolib ketganiga, unga uyda qanday yordam berish kerakligiga yaqqol ishonish mumkin. Ota-onalarnnng bolalar ishiga to’g’ri, jiddiy munosabatda bo’lishi ta`lim berishda va tarbiyalashda yanada yuqori natijalarga erishishga yordam beradi.

Ota-onalar uchun kutubxona ko’rgazmasi


Bolalar psixologiyasi va pedagogikasi bo’yicha ota-onalarnivg o’sib borayotgai diqqat-e`tiborini qoniqtirish uchun maktabgacha ta`lim muassasasida pedagogik va uslubiy adabiyotlar kutubxonasi bo’lishi kerak, martabgacha tarbiya muassasasidagi uslubiy xonalarda maxsus ajratilgan «Ota-onalar uchun adabiyot» deb nomlangan bo’lim yoki vestibyulda ota-onalaruchun umumiy stendda qo’yilgan materiallarga mos holda tanlab olib qo’yilgan kitoblar tokchasida bo’ladi. Masalan, «Bolalarning injiqliklari», «Birinchi sinfga birinchi marta»,
«Mustaqildik haqida», «Ahloq-odobga oid Hadis namunalari», «Maktabgacha yoshdagi bolalar-g’a ta`lim tarbiya berish», «Abu Ali ibi Sino bola tarbiyasi haqida» va hakozolarni qo’yish mumkin.
Pedagogik bilimlarni targ’ibot qilish ishiga maktabgacha ta`lim muassasal.arida tashkil etilgan pedagogik adabiyotlar kutubxonalari katta yordam ko’rsatadi. Tarbiyachilar ota-onalar bilan birga o’qib chiqilgan kitoblar, bo’yicha suhbatlar va disputlar o’tkazishadi.

Mavzuiy ko’rgazmalar


Mavzuiy ko’rgazmalar yakqol targ’ibotning alohida shakli va qimmatli vositasi hisoblanadi.
Bu shakl aniq va yaqqolligi bilan yaxshidir. Ko’rgazma har bir mavzuiy bolalar tarbiyasining muhim masalalaridan biriga bag’ishlanadi. Ular turli xil sarlavhalar ostida tashkil etilishi mumkin masalan, «Bolalar - bizning kelajagimiz», «Birgalikda tarbiyalaymiz», «Ota-onalar - bolalarga» kabilarni tavsiya etish mumkin.
Download 37.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling