O’yinning borishi:
Tarbiyachi dastlab tarbiyalanuvchilarga bir qancha o’yinchoqlarni ko’rsatadi.“Doll”
(Qo’g’irchoq), “Ball” (Koptok), “Toycar” (Oyinchoq mashina), “Teddy-bear”
(Ayiqcha),
“Ballon”
(pufak),
“Brick”
(Kubik)
kabi
o’yinchoqlarni
tarbiyalanuvchilarning qo’llariga
tutqazib, o’yinchoqlarning nomini ingliz tilida
takrorlab eslatadi va bolalardan qayta so’rab mustahkamlaydi so’ngra
tarbiyachi
sanamalar orqali bitta ishtirokchini tanlaydi va uning ko’zini ro’mol bilan bog’laydi.
Qolgan ishtirokchilar navbati bilan ko’zi bog’liq tarbiyalanuvchining yoniga kelib,
uning qo’liga o’yinchoqni tutqazib, ingliz tilida o’yinchoqning
nomini aytishni
so’raydilar: “What is this?”. Tanlagan bola o’yinchoqni qo’llari bilan paypaslab
ko’rib nomini aytishi kerak bo’ladi: “This is a doll”. Agar ko’zi bog’liq bola
o’yinchoqning
nomini
topa
olmasa,
navbatni
boshqa
ishtirokchiga
beradi.O’yinchoqlarning nomini eng ko’p topgan tarbiyalanuvchi g’olib
sanaladi.O’yin shu tariqa davometadi.
Do'stlaringiz bilan baham: