“maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limiy faoliyat” MAVZUSIDAGI KURS ISHI maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limiy faoliyat
Ta’lim jarayonida tarbiyalanuvchilarni tarbiyalashning asosiy maqsad-vazifalari va yo‘nalishlari
Download 72.54 Kb.
|
ABDULLAYEVA MALIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zamonaviy yondoshuvlar va ularning o‘ziga xosliklarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish.
Ta’lim jarayonida tarbiyalanuvchilarni tarbiyalashning asosiy maqsad-vazifalari va yo‘nalishlari
Zamonaviy yondoshuvlar va ularning o‘ziga xosliklarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish. Vatanimizning kelajagi bo‘lgan farzandlarimizni odobli va olijanob qilib tarbiyalash davr talabi. SHu bois barkamol inson haqida, uning mexnati, turmushi, namunaviy kamoloti xususida g‘amxo‘rlik qilish asosiy maqsad bo‘lib qolmoqda. Milliy tarbiya, eng avvalo, ta’lim oluvchi ruxiyati bilan bog‘liq ichki kechinmalarni xis etish, o‘qitishni tabaqalashtirish, milliy rux bilan sug‘orilgan o‘quv-tarbiya dasturlarini yaratish, tarbiyaviy-tashkiliy tadbirlarning asosini tashkil etadi. Dunyo madaniyati xazinasidan o‘rin olgan allomalarimizning odob-axloq haqidagi fikrlari, pandu-nasixatlaridan ta’lim-tarbiya tadbirlarida foydalansak, ko‘zlagan maqsadga erishamiz. Yaxshi tarbiya insonning bebaxo ma’naviy boyligidir. Bu bilan yosh avlodni tarbiyaviy ishlar uyg‘un tashkil qilingandagina ta’minlash mumkin. Ma’lumki, insonning barkamolligi tashki ko‘rinishiga qarab emas, balki ko‘proq uning ma’naviy dunyosiga qarab belgilanadi. Jamiyatning ravnaqi va kelajagi ana shu jamiyatda yashovchilarning ham ma’naviy, ham moddiy kamolotiga bog‘liq. Ma’naviy qashshoq shaxslar bilan kelajagi porloq jamiyat qurib bo‘lmasligi xayot xaqiqati ekanligi ma’lum. Shunday ekan, butun kuch-g‘ayratimizni, qalb qo‘rimizni ta’lim-tarbiya ishiga sarflamog‘imiz zarur. Demak, kelajagimiz, orzu-umidlarimiz, ishonchimiz, butun borligimiz tarbiyaga, tarbiyachi-murabbiy olib borayotgan ishning samaradorligiga, tarbiyaviy soatlarning hamda darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning nechog‘lik mahorat bilan tashkil eta bilishiga bog‘liq. Download 72.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling