Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 103-guruh talabasi Amirova Luiza Nasriddin qizi
Maktabgacha ta’lim tashkilotida psixologlarning o’rni va bolalar bilan olib boradigan o’yin faoliyati
Download 164.82 Kb.
|
amirova luiza
1.2 Maktabgacha ta’lim tashkilotida psixologlarning o’rni va bolalar bilan olib boradigan o’yin faoliyati
O’yin - faoliyat turlaridan biri. Bu bolalam ing kattalar faoliyatini, ularning ish-harakatlarini, odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarii aks ettirishda ifodalanadigan va tevarak-atrofdagi borliqni bilishga qaratilgan faoliyatidir. Bola bir yoshga to ’lgandan boshlaboq unda faoliyatning sodda shakllarini egallash uchun shart-sharoitlar yuzaga kela boshlaydi. Bunday shartsharoitlardan birinchisi o’yindir o’yin faoliyatini hayvon bolaiarida ham uchratish mumkin. Hayvonlaming yosh bolaiarida kuzatiladigan o ’yin faoliyatiga har xil narsalar bilan shug’ullanish, yolg ’ondakam urishishlar, yugurishni va shu kabilami kiritish mumkin. Bolalarda ham o’yin ulam ing faoliyatlarini, faolliklarini amalga oshirish shaklidir. Sof holdagi o ’yin faoliyatini yuzaga keltiradigan sabab ehtiyoj b o’lsa, uning manbai tahlid va tajribadir. Bolalar narsalar bilan rolli qoidali, harakatli, didaktik mazmunli o’yinlam o’ynaydilar. O’yin narsa va hodisalaming mazmunini bolaning o'z tajribasida bilib olishga, mazkur mazmunlami ishlata bilishga mashq qildiradi. Bolaning shaxsiy sifatlari boshqalar bilan munosabatlarda tarkib topib boradi. O ’yin faoliyatida bola ijtim oiy voqelikni taqlid rol orqali ijro etishga harakat qiladi va shu y o ’sinda atrof-muhit to ’g ’risidagi, ijtimoiy turmushdagi shaxslararo munosabatlarni o ’zlashtira boradi. Ijtimoiy turmushdagi u yoki bu hodisani rol orqali ijro qiladi. S o’z bilan harakatning birikuvi natijasida o ’yin faoliyati tusini oladi va muayyan ma'noda axborot berish, uzatish imkoniyatiga ega bo’ladi. Dastlabki o ’yin aynan kattalar xatti-harakatini takrorlash, ularga taqlid qilish bilan tavsiflanadi. Syujetli o ’yinlar borliqning goh anglangan, goho anglanmagan tarzda u yoki bu tomonlarini egallashga harakat qiladi. O ’yin dastaw al bola uchun vaqt o ’tkazish, uni mashg’ul qilish fimksiyasini bajarsa, keyinchalik ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot namunalarini ifodalash darajasiga o ’sib o ’tadi. Rollar, ma’noli harakatlar, ibratli imo-ishoralar, tushunchalar bola shaxsini shakl lantirishda faol ishtirok etadi. Bola tug’ilgandan to maktab ta'limigacha uning uchun o ’yin faoliyati yetakchi faoliyat rolini bajaradi, shuningdek o ’yin didaktik tus kasb etishi ham mumkin. Ta'lim faoliyati o ’yin faoliyatining pirovardida yuzaga keladi. Bu faoliyatning maqsadi m alum axborotlami, bilimlami, harakatlar va amallami o ’zlashtirishdan iboratdir. Odamning o ’z maqsadiga k o’ra batamom o ’rganish va o ’zlashtirishdan iborat bo’lgan mana shunday maxsus faoliyati ta'lim faoliyati deyiladi. Psixologik jihatdan olganda, ta'lim faoliyati o ’z ichiga quyidagi jarayonlami oladi: ma’lum bir nazariya va amaliy faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ob'ektiv olamning eng muhim xususiyatlariga doir axborotlarni o ’zlashtirish. Bu jarayonning mahsuloti bilimlardir. Mana shu faoliyatni, ya'ni bilimlami o ’zlashtirishda yuzaga keladigan usul va operasiyalami egallash, bu jarayonlaming mahsuloti malaka va uquvlardan iboratdir. Ta’lim faoliyatining tavkibi juda ham murakkab bo’lib, bilimlar, tushunchalar, malakalar, odatlar, uquvlar kiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy rivojlanishi bolaning jamiyat qadriyatlari, urf-odatlari va madaniyatini, shuningdek, jamiyatda qulay hayot kechirishiga yordam beradigan shaxsning ijtimoiy xususiyatlarini o'zlashtiradi. Ijtimoiy moslashuv jarayonida bolalar muayyan qoidalar asosida yashashni o'rganadilar va xatti-harakatlar normalarini hisobga olishadi. Aloqa jarayonida bola ijtimoiy muhitga ega bo'lib, uning yaqin atrofi: ota-onalar, bog 'o'qituvchilari va tengdoshlari tomonidan ta'minlanadi. Ijtimoiy salohiyat bolaning faol ravishda muloqot qilish va axborot almashinuvi tufayli amalga oshiriladi. Ijtimoiy mas'uliyatsiz bo'lgan bolalar ko'pincha boshqalarning tajribalarini rad etadi va kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilmaydi. Bu madaniy ko'nikmalarni egallamasligi va zarur ijtimoiy fazilatlarni yo'qotishi tufayli kelajakda antisional harakatlarga olib kelishi mumkin. Harakatli o`yinlarning o`ziga xos xususiyati uning mazmuni harakatning rolini yorqin ifoda qilish hisoblanadi (yugurish, sakrashlar, uloqtirish, otish, to`pni uzatish va ilib olish, qarshilik ko`rsatish va boshqalar). Bu o`yinlar harakatlanish va uning mazmunini (mavzu, g`oyasi) asoslab beradi. U o`yinda qo`yilgan maqsadga erishish yo`lida, turli-tuman qiyinchiliklarni, to`siqlarni yengib o`tishiga yo`naltiriladi. Harakatli o`yinlarning orasida haqiqatan ham (elementar) harakatli o`yinlar va sport o`yinlari bilan farq qiladi. Haqiqatan ham harakatli o`yinlar o`ynovchilarning o`zlarini ixtiyoriy ravishda o`r- natilgan, maqsadga shartli ravishda erishishga yo`naltirilgan, o`zida ongli ravishda tashabbuskorlik faoliyatini mujassamlashtirgan bo`ladi. O`ynovchilarning maqsadga erishishida faol harakatlantiruvchi hara- kat talab qiladi, uni bajarishi o`ynovchilarni o`zlarining ijod qilishiga va tashabbuskorligiga bog`liqdir (nishonga tezda yugurib borish nishonga tez otish, «raqibi»ga tez va epchillik bilan yetib olish yoki undan o`zib ketish va hokazo) Harakatli o`yinlar qoidalar bilan belgilanadi. Sport o`yinlaridan farqli o`laroq, harakatli o`yinlar qoidalariga shart-sharoitdan kelib chiqib kelishilgan holda o`zgartirish kiritish mumkin. O`yin qoidasi maqsadga erishish yo`lida o`yindagi qiyinchiliklarni va to`siqlarning xarakterini aniqlaydi. Haqiqatan ham harakatli o`yinlar o`yin qatnashchilaridan maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi. Shuning uchun o`yin qoidasi o`yin qatnashchilari va rahbarlarning (o`qituvchilar) o`zlari o`tkazilayotgan o`yinning sharoitiga qarab uni o`zgartirib boradilar. Chunki unda o`ynovchilarning aniq belgilangan soni, maydonning katta- kichikligi belgilanmagan bo`ladi, shuningdek, asbob-anjomlar ham o`zgartirib turiladi (bulava yoki kegli, voleybol yoki oddiy to`p, kichik koptoklar yoki qum solingan xaltachalar, gimnastika yoki oddiy tayoqchalar va hokazo). Sport o`yinlari — bu harakatli o`yinlarning eng yuqori bosqichidir. Bunda o`yin qoidasi qat`iy belgilangan bo`lib, ularda maxsus maydon va jihozlar talab qilinadi. Sport o`yinining o`ziga xosligi o`yin jarayonida ma`lum taktikada o`zini tutishi va murakkab harakat texnikasi hisoblanadi. Bu esa o`yin qatnachilaridan maxsus tayyor- garlik va mashqni talab qiladi. Har bir sport o`yini belgilangan o`yinchilarning soniga, maydon o`lchamlari va asbob anjomlariga ega bo`ladi Ayrim sport o`yinlarida ba`zi o`yinchilarda mutaxassisligi bo`lishi zarurdir (hujumga, himoyaga, darvozabon va b.q). Sport o`yinlarining u yoki bu o`yinida qat`iy qoidaga mos ravishda maxsus hakamlik qilishni talab qladi. Ayrim sport o`yinlarida o`yin qatnashchilarining tarkibiga qarab bir necha marta (o`quvchilar yoki kattalar, erkaklar yoki o`smir qizlar) o`zgartirilishi mumkin. Sport o`yinlari sport turi hisoblanadi. Bular bo`yicha har xil darajadagi musobaqalar o`tkaziladi. Natijada sport o`yinlari bo`yicha o`tkaziladigan musobaqalarda eng yaxshi o`yinchilarga sport razryad- lari va unvonlar beriladi. Ayrim harakatli o`yinlar (masalan, «lapta», «voleybol» va hokazo) mashg`ulotning maqsadi, ko`rsatmasi va uni tashkil qilish usullariga bog`liq holda, ayrim holatlarda haqiqatan ham o`zining xarakteriga qarab harakatli (elementlari) o`yin deb yuritiladi, boshqalari esa sport o`yinlari sifatida o`tkaziladi. Masalan, o`yin qatnashchilari tasodifan yig`ilib qolganda (dam olish o`yinlarida, sayllarda) ular haqiqatan ham harakatli o`yin xarakteriga ega bo`ladi. Harakatli o`yinlardan yoshlar va bolalarning umumiy jismoniy tayyorgarlik vositasi sifatidafoydalaniladi, shuningdek, sport o`yinla- riga va boshqa sport turlariga hamda «Alpomish» va «Barchinoy» test me`yorlarini topshirishga tayyorlash vositasi bo`lib ham hisoblanadi. Oddiy jamoasiz harakatli o`yinlar, bunda har bir o`yin qat- nashchisi, o`yin qoidalariga rioya qilgan holda, bitta o`zi uchun kurashadi. O`quvchilardagi barcha o`yin faoliyati shaxsiy tako- millashtirishga, boshqalar ustidan epchillik, aniqnishongatekkizishda, kuchda, tezkorlikda va boshqa sifatlar bo`yicha shaxsan ustunlikka erishishga yo`naltirilgan. Bu o`yinlarda eng asosiy ahamiyat shaxsiy tashabbuskorlikni va harakat imkoniyatini, o`zining shaxsiy sifatlari- dan foydalanishini bilish maqsadga muvofiqdir. Ko`proq murakkab, jamoali o`yinlarga o`tishga oid harakatli o`yinlar, bunda o`ynovchilar birinchi navbatda o`zlarining qiziqish- larini himoya qilishga, ayrim paytlarda shaxsiy imkoniyatlarini, o`rtoqlariga yordam berish, ularni qutqarib qolish bo`yicha ularni o`yinda hujumchilardan qutqarib qolishga yordam beradilar («Pet- nachi, qo`lingni ber», «Yugurib o`tish»). Ba`zi vaqtlarda o`yinchilar maqsadlariga erishish uchun boshqa o`yinchilar bilan vaqtincha ham- korlikda ishlashga kirishishlari mumkin. Ayrim o`yinlarda bunday hamkorlik qilish qoida bo`yicha nazarda tutilgan («Oq ayiqlar» va «Tovonbaliq va cho`rtanbaliq»). D) Jamoali harakatli o`yinlar — bunda o`ynovchilar alohida- alohida jamoada-jamoalarni tashkil etadilar. Ular o`zlarining shaxsiy qiziqishlarining jamoani qiziqishiga bo`ysinish, umumiy maqsadga erishishga yo`naltirganligi, jamoaning birgalikdagi foliyati bilan ta`riflanadi. Har bir o`yinchining harakatidan jamoaning barcha muvaffaqiyati har bir o`yinchining harakatiga bog`liq bo`ladi. Jamoa o`yinlarida tez-tez harakatning o`zaro mosligi va o`yinga umumiy rahbarlik qilish uchun o`ynovchilar orasidan jamoaning sardorlarini ajratishga imkoniyat paydo bo`ladi, barcha o`yinchilarning sardorga bo`ysinishlari majburiy hisoblanadi. Jamoali o`yinlardan ayrimlari yarim sport xarakteriga ega bo`ladi: ular ko`proq o`yining texnikasi, harakat texnikasi bo`yicha murakkab bo`lib, ma`lum qoida bo`yicha o`tkaziladi. Ba`zi bir o`yinlarda maxsus rollar talab qilinadi. Ayrim to`plamlarda bunday o`yinlar yarim sport o`yinlari, deb ataladi («To`p kapitaniga», «Lapta»). Pedagog harakatli o`yinlarning keng qo`llanilishini ish sharoitini hisobga olish bilan har xil pedagogik vazifalarni hal etish uchun o`yinni maxsus tanlab olishi talab qilinadi.Buning uchun ma`lum belgilar bo`yicha o`xshash bo`lgan o`yinning ishchi guruhi tashkil etiladi. O`yinlar quyidagicha taqsimlanadi: Ularni mazmuniga ko`ra murakkablik darajasi bo`yicha. Oddiy o`yinlardan to murakkab o`yinlargacha (yarim sportga). Bolalarning yoshi bo`yicha o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish (7—9, 10—12,13—15 yoshli bolalar uchun o`yinlar). Bu belgilar umumiy ta`lim maktablari uchun jismoniy tarbiya dasturida foydala- nilgan (1—4, 5—9-sinflar uchun). O`yinlarda ko`proq keladigan harakat turlari bo`yicha (umum- rivojlantiruvchi mashq elementlari bilan o`ynaladigan o`yinlar, yugurish, balandlikka sakrash bilan o`ynash, turgan joyda yugurib o`ynash, harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan nishonga uloqtirish bilan o`ynash, koptokni oshirish va ilib olish bilan o`ynash). Oʻyin —tarbiyalash va hordiq chiqarish vositalaridan biri. Oʻyin. insoniyatning butun tarixi mobaynida diniy marosim, sport, harbiy va boshqalar mashqlar, shuningdek, sanʼat, ayniqsa uning ijro shakllari bilan qoʻshilib kelgan. Maʼlumki, inson oʻz hayotida oʻyin, oʻqish, mehnat, dam olish kabi mashgʻulotlar bilan band boʻladi. Inson hayotining dastlabki davrlarida Oʻyin. asosiy faoliyat hisoblanadi, keyin esa u oʻqish bilan baravar davom etadi, undan soʻng esa Oʻyin. kamayib, uning oʻrnini oʻqish va mehnat egallaydi. Odamzod tarixining dastlabki davrlarida Oʻyin.lar hayotda muhim oʻrin tutgan. Oʻyin.lar yordamida insoniyat oʻsgan, ulgʻaygan, chiniqqan, jismonan baquvvat boʻlgan, aqlan, ruhan rivojlangan, maʼnaviy kamol topgan. Oʼyin – bola faolligining asosiy va oʼziga xos shaklidir. Bu oʼsayotgan bola organizmining tabiat, atrof-muhit obʼektlari haqida maʼlumot yigʼishga, kattalarga taqlid qilishga, faol harakat qilishga ehtiyojidir. Oʼyin bolaning muhit bilan oʼzaro aloqasi shakllanadigan faoliyat turidir. Shuningdek, oʼyinlarda bola bajara olmaydigan talablar qoʼyilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, oʼyin bola hayoti, madaniyati va faoliyatini tashkil qilish shakli sifatida bolaning yangi muhitga koʼnikish shartidir. Yuqorida aytilganlarni barchasini inobatga olib, ijtimoiy pedagogning taʼlim muassasidagi bolalarning muvaffaqiyatli adaptatsiyasiga qaratilgan faoliyati quyidagilar ekanligini aytsak boʼladi: 1. Adaptatsion bosqichning kechishini ogʼirlashtiruvchi va bolalarning kasallanish darajasini oshiruvchi yetakchi biologik va ijtimoiy omillarning kompleks tuzilmasini aniqlash; 2. Kompleks usullardan foydalangan holda adaptatsion bosqichning tahlili; 3. Adaptatsion bosqich kechishini yengillashtiruvchi va qulay sogʼliq holatini saqlashga yordam beruvchi chora-tadbirlarni izlash va ishlab chiqish. Ijtimoiy adaptatsiya bolaning ruhiyatida qizgʼinlikni paydo qilmasdan iloji yoʼq. Buning ilk namoyon boʼlish shakllari emotsinal holatning buzilishidir. Ijtimoiy pedagog bolalarning koʼnikish darajasini aniqlashi uchun quyidagi tasnifga tayanishi lozim: 1.Engil adaptatsiya – bolaning yurish-turishi 10-15 kun ichida meʼyoriy holatga qaytadi. Bola MTMga qatnay boshlaganidan soʼng bir oy oʼtgach, oʼzini meʼyorda tuta boshlaydi. 2.Oʼrta adaptatsiya – bolaning yurish-turishi yoki emotsional holatidagi oʼzgarishlar 15-30 kun ichida meʼyoriy holatga qaytadi. Agar avval unda ozish kuzatilgan boʼlsa, keyinchalik u oʼz vaznini tiklab oladi. MTMga qatnay 89 boshlashidan bir oy mobaynida bir marotaba yengil kasallikka chalinadi va 7- 10 kun MTMga kelmasligi mumkin. Shaxsiy kompetensiya ("Men" konsepsiyasini yaratish). Shaxsiy kompetensiyani rivojlantirish orqali bola maktabgacha yoshda shakllanadigan va butun hayoti davomida takomillashib boradigan bir qator xususiyatlarni namoyish etadi. Bu kompetensiya bolaning o‘z-o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olish qobiliyatini hamda kundalik hayotini boshqarish va barqaror sog‘lom turmush tarzini amalda qo‘llash mahoratini o‘z ichiga oladi. Bolalar hayotdagi o‘z o‘rnini biladilar, o‘zlarining, shuningdek, boshqalarning farovonligi haqida g‘amxo‘rlik qilishga o‘rganadilar. Bola mustaqil va u o‘ziga ishonadi. O‘zining kuchli va zaif tomonlarini biladi, ularni bartaraf etish ustida ishlay boshlaydi. U o‘zining boshqalardan farqli tomonlarini tushunadi. O‘z g‘oyalarini ilgari suradi va targ‘ib qila oladi; o‘zi uchun qaror qabul qilishni o‘rganadi. U qanday tanlashni biladi, o‘z oldiga maqsadlar qo‘yadi. O‘z harakatlari uchun tashabbus va mas’uliyatni namoyon qiladi. O‘zining yaxshi ko‘rgan narsasi, qiziqishlari, his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashadi. O‘sib borayotgan jismoniy, kognitiv, hissiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondiradi. O‘z ehtiyojlarini bildiradi va ularni qondirishni biladi, o‘zini boshqara oladi; sog‘lom turmush tarzi qoidalariga, madaniy-gigiyenik tartib qoidalarga rioya qiladi, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanadi, o‘z salomatligi uchun mas’uliyatni namoyon qiladi. Bilish kompetensiyasi bilim olish, o‘qish va o‘rganish; mustaqil ravishda izlanish, tahlil qilish va atrofolamni tushunish uchun kerakli ma'lumotlarni tanlash qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Harakat va o‘zaro munosabatlar orqali bolalar bilim olish va o‘rganish strategiyalarini ishlab chiqadilar. Ular atrofolamdagi yangi ob’yektlarni o‘rganadilar va kashf etadilar. Boshqalar bilan o‘yin va o‘zaro muloqot jarayonida ular kuzatadilar va tajriba o‘tkazadilar. Download 164.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling