Maktabgacha ta’lim yo’nalishi bitiruvchi kurslar uchun yada savollari javobi fan: Bolalarni tabiyat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi fanidan savollar


Download 65.79 Kb.
bet6/15
Sana12.03.2023
Hajmi65.79 Kb.
#1264684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
JAVOBLAR (2)

Kattaliklar. Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni buyumlarning kattaliklari bilan tanishtiruvchi masalalar ma’lum o’rinni egallaydiHar qanday buyumga to’g’ri to’liq tavsifnoma berishda buyum kattaliigining ahamiyati uning boshqa asosiy xususiyatlarining ahamiyatidan kam emas. Taqqoslash asosidagina buyumning kattaligini ta’riflash mumkin. Rus matematik metodisti D.Galanin “kattalik” tushunchasining ma’nosini bunday ifodalaydi: “kattalik deb, buyum va harakatlarning shunday xususiyatiga aytiladiki, bu xususiyat bo’yicha buyumlarni bir –biri bilan taqqoslay olamiz, bu xususiyat har xil buyumlarda har xil miqdorda bo’lishi mumkin”. Buyumlarni taqqoslashning mezonlariga ko’ra ularning kattaliklari, tengligi yoki tengsizlik munosabati aniqlanadi. Ammo har doim ham buyumlar beosita taqqoslanavermaydi. Biz ko’pincha buyumlarning kattaliklarini o’zimizda hosil bo’lgan umumiy tasavvurlar (fikr)da taqqoslaymiz. Bu o’rinda idrok qilinayotgan buyumning kattaligi umumlashtirilgan obraz bilan taqqoslanadi, bu obrazda buyumlarni amalda farqlash tajribasi tugallangandek bo’ladi. Kattalik, shuningdek, o’zgaruvchanlik bilan ham harakterlanadi.



  1. Geometrik shakllarga nimalar kiradi?

Eng sodda geometrik shakllar: nuqta, to‘g‘ri chiziq va tekislik Nuqtato‘g‘ri chiziq va tekislik — geometriyaning asosiy tushunchalaridir. Qalam uchini qog‘ozga, bo‘rni doskaga tekizganda qolgan iz yoki osmondagi yulduzlarni olib qaraydigan bo‘lsak, ular ko‘zimizga shu qadar kichik ko‘rinadiki, ularning o‘lchamlarini hisobga olmasa ham bo‘ladi. Nuqta — ana shunday, o‘lchamlarini hisobga ol-masa ham bo‘ladigan narsalarning geometrik timsolidir. Yevklid “Negizlar” deb nomlangan asarida nuqtani hech 
bir qismga ega bo‘lmagan shakl sifatida ta’riflagan.



  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda to’plam haqidagi tasavvurlarni qanday shakllantiriladi.

Bola sanashni bilmaydi, shu sababli u oldin taqqoslanayotgan to’plamlarning qaysinisi ko’p qaysinisi kam ekanini, yoki ular teng quvvatli ekanini aniqlashni o’rganadi. Bolalarda kelgusida matematik tasavvurlarni rivojlantirish ko’p jihatdan sanoqqa o’rgatishning boshlang’ich davriga bog’liq.Ikkinchi kichik guruhda tarbiyachi bolalarda to’plam alohida bir jinsli elementlar (buyumlar) majmui haqidagi tasavvurni rivojlantirishi kerak.O’qitishni buyumlarining sifat, xossalarini ajratishga oid mashqlardan boshlash kerak. Masalan, bir qancha o’yinchoqlar ichidan xuddi tarbiyachi qo’lidagidek o’yinchoqni topish taklif qilinadi. “Xuddi shunday o’yinchoqni topish taklif qilinadi. “Xuddi shunday kubchani (bayroqchani, sharni) ber”. Shundan keyin har kubchani (bayroqchani, sharni) ber”. Shunday keyin har xid rangli (o’lchamli, shakldagi) 2 -3 ta buyum orasidan xuddi shu rangdagi (o’lchamli, shakldagi) buyumni tanlash topshirig’i beriladi



  1. .”FSMU” metodining afzalliklari haqida gapirib bering.

Bu metod talabalarni erkin fikrlashga, o’z fikrini himoya qilishga va boshqalarga o’z fikrini o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga, bahs-munozara madaniyatiga, shu bilan bir qatorda, talabalar tomonidan o’quv jarayonida egallangan bilimlarni tahlil etishga va o’zlashtirish darajasini aniqlashga, baholashga o’rgatadi. FSMU metodining umumiy sxemasi:
F – fikringizni bayon eting;
S – fikringizni asoslovchi sabab ko’rsating;
M – ko’rsatgan sababingizni tasdiqlovchi misol keltiring;
U – fikringizni umumlashtiring.
FSMU metodini amalda qo’llash namunasi:



  1. O’qituvchi quyidagiga o’xshagan vazifalar yozilgan tarqatma materiallarni oldindan tayyorlab, mashg’ulot vaqtida kichik guruhlarga yoki alohida talabalarga tarqatadi.

Tarqatma materiallar bilan ishlash har bir bolaga buyumlarning kattaliklarini har tomonlama tekshirish imkonini beradi.
Bolalarda har xil uzunlikdagi buyumlarni farqlash va tegishli atamalar bilan aniqlash malakalari tarkib topishiga va shakllanishiga imkon bergan ba’zi mashg’ulotlarni qaraymiz.
Ikkinchi kichik guruhda o’tkazilgan birinchi mashg’ulotning dastur mazmuni quyidagilardan iborat:
1) bolalarga taqqoslash natijasida buyumlardagi masofani ajratishni o’rgatish;
2) yoniga qo’yish va ustiga qo’yish usullaridan foydalanib, taqqoslash bilan uzun va kalta buyumlarni farqlash malakasini rivojlantirish;
3) bolalarni har xil uzunlikdagi buyumlarni mos atamalar bilan aniqlash bo’yicha mashq qildirish.



  1. ”Insert” metodi qanday metod hisoblanadi?

«Insert» strategiyasi metodi
Sinf o’quvchilari guruhlarga bo’linadilar, guruhlar nomlanadi. O’qituvchi har bir guruh o’quvchilaridan mavzuga oid ikkitadan fikr bildirishlarini so’raydi. Guruhlar navbati bilan (ushbu jarayonda guruhning barcha a’zolari faol ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadga muvofiq) fikr bildiradilar. Bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi. Faoliyat yakunlangach, o’qituvchi mavzular mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi matnni o’quvchilarga tarqatadi.



  1. Bolalarga elementar matematik tasavvurlarni shakklantirishda qanday usullar qo`llaniladi?

maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlashda matematik tasavvurlarni shakllantirish axamiyati shundaki bolalarni maktabda matematika geometriya va chizmachilik fanlarini puxta egallashlariga asos bo’lib xizmat qiladi



  1. “Davra suhbati” metodining afzalliklari nimadan iborat?

“Davra subhati” metodi Mazkur metod aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan ta’lim oluvchilar tomonidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladi. “Davra suhbati” metodi qoʻllanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir ta’lim oluvchining bir-biri bilan “koʻz aloqasi”ni oʻrnatib turishiga yordam beradi. Davra suhbatining ogʻzaki va yozma shakllari mavjuddir. Ogʻzaki davra suhbatida ta’lim beruvchi mavzuni boshlab beradi va ta’lim oluvchilardan ushbu savol boʻyicha oʻz fikrmulohazalarini bildirishlarini soʻraydi va aylana boʻylab har bir ta’lim oluvchi oʻz fikr-mulohazalarini ogʻzaki bayon etadilar. Soʻzlayotgan ta’lim oluvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim boʻlsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib boʻlingandan soʻng muhokama qilinadi. Bu esa ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi



  1. ”SWOT-tahlil” metodi deganda nimani tushunasiz

SWOT – tahlil metodi. Ta’lim tizimida eng ko’p qollanadigan va yaxshi samara beradigan uslublardan biri hisoblanadi. S- strength - kuch w-weakness - zaiflik o-opportunity - imkoniyat t-threat – xavf ,Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilim va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo’llarni topishga,bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholash, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi



  1. Katta guruhdagi bolalarni qanday geometrik shakllar bilan tanishtirish kerak.

Masalan, bir guruhda buyumlar bir – biridan katta masofada joylashgan, boshqa guruhda esa yaqin joylashgan bo’lib, nisbatan kam o’rinni oladi, ammo ularning miqdori ikkala guruhda ham bir xil. Bolalar bunga ikkala guruhdagi buyumlarni sanab chiqib ishonch hosil qiladilar.katta va kichik buyumlarning tengligi ham, qator yoki biror geometrik figura (masalan, doira, kvadrat, uchburchak) shaklida joylashtirilgan buyumlar tengligi ham shunday qaraladi. Tengliklarni tekshirish uchun bolalarga bir guruh buyumlarni ikkinchi guruh buyumlari qarshisiga (juftlab) joylashtirish, ularni sanab chiqish va topilgan sonlarni taqqoslashni taklif qilish mumkin

14. Bolalar geometrik shakllarni taqqoslash orqali nimalarni o`rganadi


tengsizliklarni taqqoslashga doir mashqlar o’tkazish kerak. Bunda bolalarga qandaydir buyumlar ikkinchi taqqoslanayotgan guruhdagi buyumlardan kam joy egallashiga qaramay (ularning joylashuvi kattaligiga qarab), ko’p bo’lishi mumkinligini ko’rsatish kerak. Bu xil mashqlar bolani buyumlarning soni ularning o’lchami va joylashuvlariga bog’liq bo’lmasligini tushunishga olib keladi.
Bolalar buyumlarni sanash malakasni egallab olganlaridan keyin, ularni obektlarni sanab ajratishga, mustaqil ravishda ma’lum sondagi buyumlarni o’z ichiga olgan guruhlar tuzishga o’rgata boshlash, bunda ularga sanash usulini ko’rsatish kerak.

15. Kichik guruhdagi bolalarga mashg`ulotlar qanday o`tiladi?


Birinchi kichik guruhda mashg’ulot bolalarni ikki guruhga bo’lgan holda o’tiladi. Guruhlardagi bolalar soni har doim bir xil bo’ladi. Mashg’ulot setkasini tuzganda haftada bolalarning ish oqbiliyati yuqoriroq bo’ladigan kun tanlanadi. Ma’lumki, haftaning o’rtalarida (seshanba, sorshanba, payshanba) bolalarning ish qobiliyati yuqori bo’lar ekan, bu kunlarga bolalarning aktiv faoliyatini talab etuvchi murakkabroq mashg’ulot tanlanadi
16. Pedagog katta guruhdagi bolalarga vaqt tasavvurlarini mustahkamlashda tabiatdagi qaysi jimslar bilan bog`lab o`rgatishi kerak?

Download 65.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling