Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Download 279.5 Kb.
bet2/19
Sana17.06.2023
Hajmi279.5 Kb.
#1536639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
islomov

Tadqiqotning ob’ekti. Bitiruv malaka ishining tadqiqot obekti Respublika umumta’lim maktablari hisoblanadi.
Tadqiqotning predmeti. Bitiruv malaka ishining tadqiqot predmeti bo‘lib, umumta’lim maktatablarida o‘quvchilar bilan psixolog orqali olib borilayotgan treninglarni tashkil etish jarayonlari.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Umumta’lim maktatablarida o‘quvchilar bilan olib borilayotgan treninglarni tashkil etishning jarayonlari tadqiq qilish, tahliliy o‘rganish asosida uni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun ishda quyidagi vazifalar qo‘yilgan: - turli adabiѐtlar va rasmiy hujjatlarni o‘rganish asosida o‘quvchilar bilan olib borilayotgan treninglarni tashkiliy masalalarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash asosida tadqiq qilish va yechimi bo‘yicha takliflar tayyorlash, Ta’lim jarayonida treninglarni tashkil kilish yslubi, tarkibiy qismlari va tashkiliy shakllarini ochib berish, Treninglarni utkazishda guruxlar bilan ishlash va ularga rahbarlik kilish tamoyilini xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish, treninglarni amalga oshirishning zamonaviy tashkiliy shakllari va takomillashtirish yo‘llari va uning samaradorligi baholash usullarini aniqlab ko‘rsatishdan iborat
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilarda o‘z aksini topadi: turli milliy va xorijiy adabiѐtlar va rasmiy hujjatlarni o‘rganish asosida umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar bilan trening o‘tkazishning mohiyati, ahamiyati va yosh avlodni tarbiyasidagi roli ochib berilgan,
O‘rta ta’lim muassasaslarida o‘quvchilar bilan psixolog yordmida treninglar tashkil etishning pedagogik xususiyatlari yoritib berilgan, Dars jarayonida treninglarni tashkil etishning tashkiliy shakllari,tashkil kilish yslubi, tarkibiy qismlari va tashkiliy shakllar ko‘rsatib o‘tilgan, Treninglarni utkazishda guruxlar bilan ishlash va ularga rahbarlik qilishning tamoyillari ochib ko‘rsatilgan,ta’lim muassasalarida olib borilgan tadqiqotlar o‘tkazilib,tahlil qilingan va asoslangan takliflar ishlab chiqilgan, treninglarni tashkil qilishning innovatsion metodlari, ularni samadorligini baholash usullari ko‘rsatib o‘tilgan va tadqiqot natijalari asosida treninglarni tashkil qilish bo‘yicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Ilmiy nuqtai vazardan qaraganda, mavzu yuzasidan milliy ta’lim tizimi va pedagogik-metodik yunalishlar doirasida ko‘plab ilmiy izlanishlar, fundamental tadqikotlar amalga oshirilgan. Mavzuning dolzarbligi aynan o‘quvchilarga ta’lim berish metodika va usullarini, treninglarni tashkil qilish metodlarini takomillashtirish masalasi na tanho bizning milliy ta’lim tizimida balki halqaro miqyosda ham mavjud. Shuning uchun ham xalqaro ilg‘or tajribalarni o‘rgangan holda Respublikamizda mazkur mavzuda qator olim va olimalar tomonidan ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, S.N. Alimxodjaeva, F.I.Xaydarov,N. Sultonova. J.Yo‘ldoshev,S. Usmonova. S.Salaydinov, Sh. Qadamboev, G.Azizova, E.G‘oziev, Yu.Toshmatov, M.Mamatov, L.S.Beknazarov, M.maxmudova, B.Siddiqov, B.Djalilov. D.Jumaevalar mazkur tizimni takomillashtirish masalalari bo‘yicha bir qator ilmiy yondoshuvlar ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning uslublari.Тadqiqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’ѐriy hujjatlardan ham keng foydalanildi. Tadqiqot davomida iqtisodiy-statistik, tizimli tahlil, qiyosiy va boshqa zamonaviy ilmiy o‘rganish usullaridan foydalanildi.

Download 279.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling