Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Download 124.82 Kb.
bet4/11
Sana19.04.2023
Hajmi124.82 Kb.
#1366192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Нуриддин БМИ тайёр

Boshqaruv strategiyasi. Yaxshi strategiya va strategiyani a’lo darajada amalga oshirish yaxshi boshqaruvning eng ishonchli belgisi.
Boshqaruv strategiyasi beshta bir-biriga bog‘liq masalani hal etishga asoslanadi:
1. Tashkilot bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarni strategik ko‘ra bilishni, harakatlarning uzoq muddatli yo‘nalishini va aniq vazifani shakllantirish.
2. Strategik ko‘ra bilish va zimmadagi vazifani aniq maqsad va topshiriqqa aylantirish.
3. Maqsadlar va vazifalarga erishish strategiyasini ishlab chiqish.
4. Qabul qilingan strategiyani malakali hamda samarali tadbiq etish va amalga oshirish.
5. Ish natijalarini baholash, yangi yo‘nalishlarni o‘rganish va rivojlanishning uzoq muddatli yo‘nalishi, strategiya maqsadlari yoki amaldagi tajribaga asosan uni amalga oshirish usullari, o‘zgaruvchan sharoitlar, yangi g‘oyalar va imkoniyatlarga nisbatan to‘g‘rilovchi xatti-harakatlarni amalga oshirish.



    1. Rivojlangan mamlakatlarda ta’lim va uni boshqarish



Amerika qo‘shma Shtatlarida bolalar 6 yoshdan 17 yoshgacha 12 yil o‘qiydilar. Ta’lim tizimi quyidagicha tashkil etilgan:
1. 3 yoshdan 5 yoshgacha maktabgacha tarbiya muassasalarida.
2. Boshlang‘ich maktab. Bu bosqich 1—5-sinflarni o‘z ichiga oladi.
3. To‘liq bo‘lmagan o‘rta maktab. Bu bosqich 6—8-sinflardan iborat.
4. Yuqori maktab. Bu bosqich 9—11-sinflar bo‘ladi. Mazkur Yuqori maktab bilan Oliy ta’limni aralashtirmaslik kerak.
Amerika maktablarida 9-sinfgacha asosiy e’tibor matematikaga emas, balki tabiiy fanlarga qaratiladi, yuqorida tasdiqlangan yagona dasturlar bo‘lmaydi. O‘quvchilar uchun yagona, majburiy darsliklar, qo‘llanmalar yo‘q. Amerika maktablarida texnikaviy jihatdan yaxshi jihozlangan, sinflar kompyuterlashtirilgan. Har bir maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tashiydigan maxsus avtobuslar, stadionlar, turli laboratoriyalar bor. Amerika maktablarining aksariyati davlat ixtiyorida bo‘lib, davlat mablag‘i bilan ta’minlanadi. Lekin shaxsiy maktablar ham anchagina. Katta shaharlarda yashovchi o‘ziga to‘q ota-onalar farzandlarini shaxsiy maktablarga berishga harakat qilishadi. Davlat maktablarida tekin, shaxsiy maktablar esa — pullik o‘qitiladi. Vashington shahridagi shaxsiy maktabda bolani o‘qitish uchun bir yilga taxminan o‘n ming dollar to‘lash kerak. Bunday maktablarda boy oila farzandlari ta’lim oladilar. Shaxsiy maktablarning har biri o‘zi xos xususiyatlarga, maxsus dasturlarga, maxsus o‘qituvchilarga ega. Bunday maktablarda sinfda o‘qiydigan o‘quvchilar soni kam bo‘ladi. Shaxsiy maktablarda boshlang‘ich sinflardan boshlab estetik tarbiyaga, san’atga alohida e’tibor beriladi.
Amerika davlat maktablarining yuqori sinflaridagi o‘qish-o‘qitish tizimi biznikidan tubdan farq qiladi. Yuqori sinflardagi har bir o‘quvchiga alohida o‘qituvchi-murabbiy biriktiriladi. U shu o‘quvchining qobiliyati, qiziqishlarini sinchiklab o‘rganib, faqat shu o‘quvchiga mos alohida reja tuzadi, uning o‘qishiga rahbarlik qiladi. U o‘rganishi lozim bo‘lgan majburiy fanlar ro‘yxatini tuzib chiqadi. Masalan, 9-sinf o‘quvchisi bir fandan, deylik, kimyodan kuchli bo‘lsa-yu, chet tilidan oqsasa, bu o‘quvchiga 9-sinfda o‘ninchi sinf rejasi bo‘yicha kimyoni o‘rganishga ruxsat etiladi. U chet tilini 9-sinf hajmida yoki yengillashtirilgan reja bo‘yicha o‘rganishi mumkin. Kimyodan yoki matematika, biologiya, fizika va boshqa tabiiy fanlardan maktab rejasini muddatidan oldin tugatgan, barcha kontrol ishlarini topshirgan o‘quvchiga maktabda o‘qib yurgan vaqtidayoq shu fanlar bo‘yicha o‘zi kirmoqchi bo‘lgan kollejning birinchi kursi imtihonlarini ham topshirishiga imkoniyat yaratiladi.
Amerikaning Yuqori maktablarida shunday o‘qituvchilar borki, ular kollejlarning birinchi kurslarida o‘qitiladigan ma’lum fanlardan dars berishlari hamda imtihon olishlari shart. Amerika maktablarida bitirish imtihonlari yo‘q. Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun bizdagidek kirish imtihonlari olinmaydi. Biroq har bir abiturient oliy o‘quv yurtiga kirish uchun matematika va ingliz tilidan sinov (test) topshiradi. Bunday testlar Amerikada har yili 3—4 marta o‘tkaziladi. Sinov savollari kitob shaklida har yili chop etiladi. Ularda mingga yaqin mashqlar, masalalar va ularning yechimlari ko‘rsatiladi. Sinflarda qanday savollar bo‘lishi bizga o‘xshab sir tutilmaydi, balki ochiq-oydin «matematika va ingliz tilidan bu yil mana shu savollarga javob berish lozim» deb ko‘rsatiladi. O‘quvchilar bu kitobni olib, kirish sinovlariga tayyorlanadi.
Amerikada talabalar matematika va ingliz tilidan kirish sinovlarini 10-12 sinflarda o‘qib yurgan vaqtlarida, o‘zlariga qulay paytda topshira oladilar.
Amerika oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun belgilangan sinov (test)lar ikki xil bo‘ladi:

Download 124.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling