Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Download 124.82 Kb.
bet8/11
Sana19.04.2023
Hajmi124.82 Kb.
#1366192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Нуриддин БМИ тайёр

Zamonaviy rahbarlik to‘g‘risida fikr yurita borib shuni ta’- kidlashimiz joizki, rahbar mas’uliyati, o‘z ish faoliyati bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi, malakasi, tajribasi haqida gap ketgan- da quyidagi muhim jihatlar sanab o‘tilishi zarur:
rahbarlikka mosligi;
mas’uliyatni his etish darajasi;
sadoqatliligi, mustaqillikka bo‘lgan ishonchi;
sobiq totalitar tuzumga munosabati, uning asoratlaridan to‘g‘ri xulosa chiqara olishi;
tashkilotchilik qobiliyati;
mustaqillik vazifalarini amalga oshirishda xalq bilan o‘zaro hamkorlikda ish yuritishi;
o‘z atrofiga sog‘lom kuchlarni to‘plashi va ularga tayanishi;
rasmiyatchilikka berilmasligi;
o‘z bilimini muntazam oshirib borishi;
yangicha tafakkur tarziga, fikrlar xilma-xilligiga ega bo‘lishi;
o‘zgalar fikrini eshitishi va hurmat qilishi;
o‘z manfaatini boshqalar manfaati bilan uyg‘un qo‘yishi.
Bu fikrlar har bir rahbar uchun kundalik ish faoliyatida ha- rakat dasturiga aylanishi kerak. Darhaqiqat, boshqaruv nihoyatda murakkab va serqirra jarayon, shuning uchun unga chuqurroq nazar tashlash lozim. Bunda boshqaruvchi (menejer) faoliyatini tashkil qilishning o‘ziga xos tamoyillari mavjud bo‘lib, ulardan aso- siylari qatoriga:
kompetentlilik – bilimdonlik, kasbiga moslik, malakali- lik, tajribalilik, mas’uliyatlilikni rahbarlik faoliyatiga singdirib borish;
insonparvarlik – o‘quvchi, o‘qituvchi, ota-onalarga do‘stona mu- nosabatda bo‘lish. Ular hurmatini joyiga qo‘yish, e’zozlash;
o‘z kasbini sevish – o‘ziga ishonch, optimist, o‘z faoliyatini mahoratli boshqarishga erishish;
pragmatizm – ishning pirovard natijasini ko‘ra bilish va unga erishish, ish vaqtidan unumli foydalanish, barcha ichki va tashqi imkoniyatlarni ishga sola bilish;

2.2. Ta’lim muassasalarini boshqarishda rahbarning qaror qabul qilish modeli
Muammolarni ijobiy hal qilish qobiliyatidan mahrum bo‘lgan rahbar, eng yaxshisi rahbarlik qilayotgan tashkilotning evolutsion rivojlanishini yaxshi nazoratini amalga oshirishi mumkin, ammo uni ilg‘orlar darajasiga chiqarishga qobiliyatli emas. Ijodiy fikrlovchi rahbar, vaziyatning xo‘jayini bo‘ladi va optimal qarorlar qabul qiladi. Muammolar bo‘yicha rahbarning qaror qabul qilish modeli quyidagicha bo‘ladi:
Qarorning ilmiy asoslanganligi. Qarorlarni muayyan ishlab chiqarish sharoitini tahlil qilishdan kelib chiqib, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa hozirgi zamon fan yutuqlari asosida qabul qilinishi kerak.
Qarorlarning birligi. Odatda asosiy masalalarni hal qilish bilan birga kichik masalalarni ham yechishga to‘g‘ri keladi.
Qarorlarni adolatliligi — haqqoniyligi. Qarorlar faqat rahbarlarga berilgan huquq darajasidagina qabul qilinishi mumkin.
Qarorning to‘g‘ri yo‘naltirilganligi. Har qaysi qaror o‘z ijrochilariga tushunarli va kimga mo‘ljallanganligi aniq bo‘lishi kerak.
Qarorlarning qisqaligi. Axborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maqsadida qisqa aniq qarorlar qabul qilinadi.
Qarorlarning vaqt bo‘yicha aniqligi. Rahbar o‘z qo‘li ostidagilarga topshiriqlarning bajarish muddatini aniq ko‘rsatmasdan berishi mumkin emas.
Qarorlarning operativligi. Bunday qarorlar bir daqiqada, ya’ni ishlab chiqarish holati talab qilganda qabul qilinishi mumkin.
Strategik qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish
Qarorlarni tayyorlash va qabul qilish borasidagi ishning mantiqi rahbarlik darajasiga, vazifalarning xarakteriga va qaror qabul qilinayotgan sharoitga bog‘liq holda bir-biridan ancha farq qiladi. Shu bilan birga konkret yondashuvlarning juda xilma-xilligidan rahbar harakatlarining umumiy belgilarini va izchilligini alohida qilib ko‘rsatish mumkin: Konkret ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni tahlil qilish asosida muammoni aniqlash; ushbu muammoni hal etish uchun maqsadlarni, shuningdek uni hal etish muddatlari, vositalari va yo‘llarini belgilash; ehtimoli tug‘ilgan muqobillarni ishlab chiqish; mezonlar (kapital mablag‘larni tejash, muddatlarni qisqartirish va boshqalar)ni aniqlash va eng qulay variantni tanlash; qarorni qabul qilish; uning bajarilishini tashkil qilish. Ravshanki, bunday sxemani taxminiy deb bilmoq lozim. U vaziyatning xususiyatlariga va hal qilinayotgan holatning ko‘rinishiga qarab o‘zgarishi mumkin. Shuningdek, aniq, tahliliy va noaniq vaziyatlar bo‘lgan sharoitlarda matritsa tizimli reja asosida qarorlar qabul qilinadi, unda boshqarish qarorini turli tizimi mavjud bo‘lib, qiyin muammolarga tegishli bo‘lgan murakkablashayotgan tavakkalchilik sharoitlarida rahbarga chiziqli boshqarish bo‘yicha ma’lum qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
Qaror bajarilishini tashkil qilish va nazorat
Qarorlar bajarilishini tashkil qilish — bajarish sikli yakunlovchi rahbarning o‘ziga xos faoliyatidir. Bu o‘rinda rahbar o‘z ishini emas, boshqa odamlar mehnatini tashkil etayotganligini hisobga olishi kerak. Tashkiliy boshqarish qarorlari buyruq tarzida yoki farmoyish bilan rasmiylashtirilgandan so‘ng qonun tusiga kiradi.
Menejerning bosh vazifasi bunday qarorni sozlash va nazorat qilishning bajarilishini ta’minlashdan iboratdir.
Shunday qilib, qarorlar bajarilishini ta’minlashni nazoratsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Qarorlar bajarilishini nazorat qilish boshqarish siklining eng so‘nggi qismidir. U qayta aloqalar shaklida bo‘lib uning vositasida tashkilot maqsadiga erishish uchun qarorlarni bajarilishi haqida axborot olishi mumkin.
Nazoratning bosh vazifasi qarorlarni realizatsiyasining berilgan dasturlardan mumkin bo‘lgan chetlashishni o‘z vaqtida sezish va uni bartaraf etish uchun choralar belgilashdir.
Nazoratning quyidagi funksiyalari mavjud:
diagnostik funksiya;
qayta aloqalar funksiyasi;
nazoratni mo‘ljalli funksiyasi;
rag‘batlantiruvchi funksiya;
sozlovchi funksiya;
pedagogik funksiya.
Shunday qilib nazorat obyektiv zaruratdir, chunki eng optimal rejalar ham o‘z ijrochilariga yetib bormasa, ularni bajarish haqida obyektiv va doimiy nazorat bo‘lmasa ular amalga oshmay qolishi mumkin.
Rahbarning tahlili ko‘pincha global xarakterga ega bo‘lib, texnologiya, xo‘jalik hisobi, o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash va ijtimoiy jarayonlarni to‘liq kompleks holda o‘zaro aloqadorligi va bir-birini taqozo etishini qamrab olish va tushunish zaruriyatini ifodalaydi.
Rahbar tahliliy faoliyatining bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida kuchayib ketgan yana bir alohida belgisi — korxona yoki boshqa obyekt ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatining samaradorligiga to‘g‘ri baho berish zarurligidir. Samaradorlik — olingan natijalar bilan ishlab chiqarish xarajatlarining nisbatidir.
Iqtisodiy tahlilda, firmaning balans tizimi keltirilib, undagi aktivlar va kapitallar konkret raqamlarda ifodalangandan so‘ng, korxona oladigan foydasi aniqlanadi, chunki bozor islohotlari sharoitida zarar bilan ishlash firmani bankrot bo‘lishiga olib keladi.
Zararsiz ishlash tahlili firma oladigan foyda va xarajatlar tahlili orqali olinadi.

Download 124.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling