113
Ma’lumotlar bazasidan
maqsadli foydalanish
7.2-mashg‘ulot
Quyidagi savollarning javobini daftaringizga yozing.
Har bir maydon uchun toʻgʻri ma’lumot turini tanlaganingizni tekshiring.
Ma’lumotlar bazasiga biror yangi ma’lumot kiriting. Har bir maydonga toʻgʻri
ma’lumot turini joylashga diqqat qiling. Masalan, agar raqam soʻralsa, raqam
kiriting. Sana soʻralgan joyga sana kiriting. Xato ma’lumot ham kiritib koʻring.
Masalan, sana yoki raqam maydoniga ism yozib koʻring va nima yuz berishini
kuzating.
Ma’lumotlar bazangiz ma’lumotlarni toʻgʻri kiritish imkonini beradimi?
7.3-mashg‘ulot
Quyida berilgan uch bosqich yordamida ochiluvchi roʻyxatning toʻgʻri yaratilganini
tekshiring:
1.
Ochiluvchi roʻyxatlar
qoʻllanadigan maydon(lar)ni aniqlang. Yosh guruhlari uchun
ochiluvchi roʻyxatni ham inobatga oling.
2.
Ochiluvchi roʻyxatda nima yozilishi kerakligini aniqlang. Yosh guruhlari 8–12,
13–17 va 18+ boʻlishi kerak.
3. Ma’lumotlar bazasida ochiluvchi roʻyxatni tanlang va yuqoridagi javoblar
maydonda mavjudligini tekshiring.
7.4-mashg‘ulot
Ultimate League nomli ma’lumot bazasida ishtirokchilarning sevimli oʻyin turlari
koʻrsatilgan ochiluvchi roʻyxat toʻgʻri ishlayotganini tekshiring.
7.5-mashg‘ulot
Ma’lumot kiritish shakli toʻgʻri ishlayotganini quyidagi topshiriqlar yordamida
sinovdan oʻtkazing:
1. Ma’lumot kiritish shaklini oching. Yangi yozuvni tanlang. Yangi oʻyinchi uchun
ma’lumotlarni kiriting.
2. Ma’lumotlar bazasini yoping. Keyin qayta oching. Agar hozirgina kiritgan
oʻyinchingiz shu yerda boʻlsa, demak
form elementi toʻgʻri ishlayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: