formni oching.
3. Yana bir oʻyinchini qoʻshing.
Bu qadamlarni oʻnta oʻyinchining ma’lumotlari kiritilguncha takrorlang.
7.1-mashg‘ulot
Quyidagi savollarning javobini daftaringizga yozing.
Avval ma’lumotlar bazangiz sizga kerakli barcha maydonlarni oʻz ichiga olganini
sinovdan oʻtkazing. Ultimate League ma’lumotlar bazasining quyidagi ta’rifiga
diqqat qiling:
Tashkilot Ultimate League deb nomlangan kompyuter oʻyinlari musobaqasini
oʻtkazadi. Ishtirokchilar tanlovga kirish uchun pul toʻlaydi, soʻng olti oy davomida
oʻyinlarda qatnashadi. Ular qancha koʻp oʻyinda gʻalaba qozonsa, shuncha koʻp
ball toʻplaydi. Yakunda eng koʻp ball jamlagan oʻyinchi musobaqa gʻolibi boʻladi.
Oʻyinchilar uchta yosh guruhidan biriga tegishli boʻlishi kerak. Ultimate League
tashkilotchilari musobaqa qatnashchilarining sevimli oʻyin turini bilishni istaydi.
Endi ma’lumotlar bazasidagi jadvalingizga qarang. Ultimate League ma’lumotlar
bazasi ta’rifidagi har bir gapni oʻz bazangiz ma’lumotlari bilan solishtiring.
Ma’lumotlar bazangizda tushib qolgan biror element bor ekanmi?
Agar boʻlsa, xavotir olmang, yangi maydon qoʻshing.
Tekshirish:
biror narsaning
ishlashiga ishonch
hosil qilish uchun
sinash.
Kalit so‘z
Ma’lumotlar bazasini sinovdan o‘tkazish
Biror dastur yaratilganda uning ishlashini albatta sinovdan oʻtkazish kerak. Agar sinov
toʻgʻri oʻtkazilmasa, kerakli natijalar olinmaydi.
Misol uchun, shifoxonaning ma’lumotlar bazasi sinovdan oʻtkazilmagani sababli
qandaydir xato yuz bersa, insonlarning hayoti xavf ostida qolishi mumkin!
Ma’lumotlar bazasini sinovdan oʻtkazish quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Nimani sinovdan oʻtkazish kerakligi aniqlanadi.
2. Har bir elementni qanday sinovdan oʻtkazish kerakligi belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |