Maktabgacha va
Download 6.45 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Informatika AT fani
- Bu sahifa navigatsiya:
- Verification
7.6-mashg‘ulot
Ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlar tartib bilan kiritilgani tekshiriladi. Ushbu amal verification deb ataladi. U ma’lumotlarning toʻgʻriligini emas, balki soʻralgan ma’lumot kiritilganini tekshiradi. Ma’lumotlar bazasiga kiritilgan ma’lumotlar ularning asli bilan solishtiriladi. Ehtimol, ma’lumotlar qogʻoz parchasidan koʻchirilgan boʻlishi yoki ma’lumotlar tegishli boʻlgan shaxs yaqin atrofda boʻlishi mumkin. Ma’lumotlar bexato kiritilganiga ishonch hosil qiling. Verification: biror ma’lumotni uning asli bilan bir xil ekani va tartib bilan kiritilganini tekshirish. Kalit so‘z @edurtm_uz 114 Ma’lumotlar xavfsizligi Ma’lumotlar shaxsiy va qimmatli boʻlishi mumkin. Ba’zi kimsalar boshqa birovlarning qayerda yashashi, nimalarni xarid qilishi va hordiq chiqarish uchun nimalar bilan shugʻullanishi kabi ma’lumotlarini aniqlash uchun koʻp pul sarflashga tayyor. Yuqorida misol keltirilgan ma’lumotlar raqamli iz deb ataladi. Internetda qilingan har qanday harakat foydalanilgan veb sayt ma’muriyati tomonidan saqlab olinishi mumkin. Misol uchun, nega ekranda biroz oldin koʻrib chiqilgan narsalar haqida reklama chiqadi? Veb sayt koʻrilgan ma’lumotlarni qayerdan biladi? Qidirilgan ma’lumotlar tarixi kompyuterda saqlanadi. Veb saytlar foydalanuvchiga qiziqarli tuyulgan mahsulotlar reklamasini chiqarish uchun ushbu aniq ma’lumotlarga tayanadi. Bu raqamli izdan ijobiy foydalanish namunasi hisoblanadi (reklama qiluvchilar uchun ijobiy, foydalanuvchi esa reklamalardan bezovta boʻlishi mumkin!). Raqamli izdan salbiy maqsadda ham foydalanish mumkin. Doʻstlarimizdan biri biz yoqtirmaydigan fotosuratni internetga joylasa, nima boʻladi? Oʻsha fotosurat internetda butun umr davomida saqlanib turishi va uni biz haqimizda batafsil bilishni istagan har qanday inson, masalan, kelajakda ish beruvchilar ham koʻra olishi mumkin. Mashhur insonlarning fotosurati koʻp hollarda ularning ruxsatisiz internetga joylanadi. Bu qanchalik toʻgʻri? Ularning fotosuratlaridan boshqalar reklama uchun foydalanadi, lekin mashhurlarning ham shaxsiy daxlsizlik huquqlari bor-ku! Shuningdek, ma’lumotlar jinoyatchilar tomonidan ham salbiy niyatda ishlatiladi. Ular ism, tugʻilgan sana va manzil kabi ma’lumotlardan foydalanib yolgʻon akkauntlarni ochishi va shaxslarga tegishli hisob raqamlarga buzib kirish orqali pullarni oʻzlashtirishi hech gap emas. Ma’lumotlarni xavfsiz saqlash dolzarb ahamiyatga ega. Bu orqali ularning oʻgʻirlanish ehtimoli kamayadi (lekin bu umuman oʻgʻirlanmaydi degani emas). Agar boshqalarga oid ma’lumotlar boʻlsa, nimalarni saqlash mumkin va mumkin emasligini bildiruvchi qonunlar bilan tanishib chiqish kerak. Ushbu qonunlar Download 6.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling