Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Maktabgacha tayyorlov guruh bolalariga mo‘ljallangan
Download 4.53 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Maktabgacha tayyorlov guruh bolalariga mo‘ljallangan
taxminiy mashg‘ulot Mashg‘ulotning vazifasi: bolalarni orqa bilan yurishga mashq qildirib o‘rgatish, to‘p olib yurishni takrorlash – to‘pni qo‘llar bilan uzatish va jismoniy sifatlarni rivojlantirish. Jihozlar: plan-konspekt, qum xaltacha, tayoqcha, to‘ldirma to‘plar. I qism. Oddiy yurish mashqi, oyoq uchlarida va yarim cho‘qqayib yurish; polga o‘tirish, turish, ishoraga qarab turli tomonlarga tarqalib yugurish, navbatdagi ishora bilan sherengaga saflanish, sherenga bo‘lib oldinga va orqaga yurish, o‘ngga burilish va zal bo‘ylab bir-birining orqasidan (ikki marta doira yasab) yugurish, zveno bo‘lib saflanish. 212 II qism. Umumrivojlantiruvchi mashqlar. 1. D.h.: tik turish, tovonlarni juftlab uchlarini ochish, qo‘llar bosh orqasida. B.: 1–2 qo‘llarni yon tomonlarga kaftni yuqoriga qilib uzatish, oyoq uchlarida ko‘tarilish (8 marta). 2. D.h.: shu holatning o‘zi qo‘llar pastga tushirilgan. B.: 1-4 qo‘llar navbatma-navbat va baravariga aylanma harakat qilish (8-10 marta). 3. D.h.: oyoqlarni chalishtirib chordona qurib o‘tirish, qo‘llar belda; B.: o‘ngga burilish; o‘ng qo‘lni yon tomonga uzatish va unga tikilish. O‘sha harakatlarning o‘zini chap tomonga takrorlash (6 martadan). 4. D.h.: tizzada o‘tirish, qo‘llar pastga tushirilgan. B.: 1-2 tizzaga engashish, boshni engashtirib tizzagacha bukish, 3-4 qo‘llarni oldinga uzatish va dastlabki holatga qaytish. Rostlanish (4-6 marta). 5. D.h.: chalqancha yotib, qo‘llarni gavda bo‘ylab uzatish. B.: 1-2 oyoqlarni tikka uzatib, asta-sekin yuqoriga ko‘tarish, 4 ohista tushirish (6 marta). 6. D.h.: qorin bilan yotib, qo‘llarni po‘lga tirash. B.: 1-2 qo‘llarni po‘ldan uzish, 3–4 oyoqlarni poldan ko‘tarib cho‘zish, dastlabki holatga qaytish (6 marta). 7. D.h.: shuning o‘zi, qo‘llar yuqoriga ko‘tarilgan. B.: 1-2 orqa bilan o‘girilib, chalqancha yotib olish, 3-4 qorin bilan yotib olish (bunda qo‘llar bilan yordam bermaslik kerak). Asosiy harakat turlari 1. Qopchani yotiq nishonga 3 metr masofadan pastdan uloq- tirish (5-6 marta); 2. Tayoqcha ustidan o‘ng va chap yon bilan sakrab o‘tish (6 marta); 3. To‘ldirma to‘plar orasidan oyoq uchida yurish (2-3 marta). Tarbiyachi 3 savatcha qo‘yadi. Bolalar nishondan 3 metr narida joylashadilar, har bir bolaning qo‘lida 2 tadan qopcha bo‘ladi. Qopchalardan biri qo‘lida bo‘lib, ikkinchisi polda 213 yotadi. Tarbiyachining ishorasiga binoan bolalar qopchalarini nishonga otadilar (2 marta). Zal o‘rtasiga 2 ta tutqich qo‘yilib, unga poldan 40 sm baland qilib tizimcha tortiladi. 1-guruh bolalari uning tagidan o‘ng va chap yon bilan o‘tadilar (3-4 marta takrorlanadi). So‘ngra bolalar bir qator bo‘lib to‘ldirma to‘plar orasidan muvozanat saqlab yurish mashqini bajaradilar. Harakatli o‘yin. «Ovchilar va quyonlar» III qism. «Ovozidan top» tinch o‘yini. Download 4.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling