Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Download 4.53 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-§. Katta, maktabgacha tayyorlov va turli yoshdagi bolalar guruhlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodi
Asosiy harakat turlari
1. Bir chiziq ustiga 4 ta kegli oralatib qo‘yiladi. Kopto‘k yumalatib ular orasidan olib o‘tiladi. Shu mashqning o‘zini shu tarzda kolonada turib, oqim tarzida bajarish (2–3 marta). 2. Koptokni ikki qo‘llab boshdan oshirib, uzoqqa irg‘itish va uning orqasidan yugurish. Ikki guruh bo‘lib galma-gal bajarish (3–4 marta); 3. “Irg‘it-tut” harakatli o‘yini. III qism. “Kim ketdi top” tinch o‘yinini tarbiyachi rahbar- ligida o‘tkazish. Boshqa yosh guruhlarida bo‘lgani singari, o‘rta guruhda ham bir mashg‘ulot mazmunini butun hafta davomida, ikki mashg‘ulot davomida takrorlash tavsiya etiladi. Agar bola- lar o‘quv materialini yaxshi o‘zlashtira olmasalar, mana shu asosiy harakatlarning o‘zini o‘rganishni keyingi haftadagi mashg‘ulotlarda ham davom ettirish mumkin. Bunday hollarda mashg‘ulot rejasiga boshqa umumrivojlantiruvchi mashqlar bilan yangi harakatli o‘yin kiritiladi, bolalarni uyushtirish usullari o‘zgartiriladi. Bunday tadbirlar mashg‘ulotning umumiy emotsional holatini saqlab qolishga yordam beradi. Bitta asosiy harakatni to‘rttadan ortiq mashg‘ulotda takrorlash mumkin emas. Chunki bundan bolalar zerikib qoladilar va unga bo‘lgan qiziqishlari so‘nadi. Yaxshisi bu harakatni takrorlashga oradan birmuncha muddat vaqt o‘tgach qaytgani ma’qul. 4-§. Katta, maktabgacha tayyorlov va turli yoshdagi bolalar guruhlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodi Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari katta guruhlarda haftasiga 2 marta, tayyorlov guruhlarida 3 marta mashg‘ulot o‘tkaziladi. Ular katta guruhlarda 20-25 minut, tayyorlov guruhlarida esa 206 30-35 minut davom etadi. Tayyorlov guruhlarida uchinchi mashg‘ulot kunning ikkinchi yarmida, uyqudan so‘ng o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarning mazmuni katta va tayyorlov guruhlar- da bir tomondan ko‘pgina yangi, ancha murakkab mashqlar hisobiga, ikkinchi tomondan egallab olingan ayrim malaka- lar beixtiyor amalga oshiriladigan harakatlar hisobiga murakkablashib boradi. Asosiy har akatlar qoidasini va umum- rivojlantiruvchi mashqlar qoidasini o‘rganishni chuqurlashti- rish, davom etadi. Katta guruhlarda harakatlarni o‘rganishning boshlanishida- noq odatdagi xatolarni o‘z vaqtida aytib o‘tish mumkin. U guruh bolalar bilan har doim o‘tkaziladigan, amaliyotda ko‘p qo‘llanadigan aralash tipdagi mashg‘ulotlardan tashqari mu jassam mashg‘ulotl ar keng o‘rin egallay boshlaydi. Bunday mashg‘ulotlarda tarbiyachi va ‘ faqat bir maqsadni ko‘zlamasdan bir mashg‘ulotda ikki va uchta maqsadni ko‘zlashi mumkin. Masalan: bolalarni shakllar bilan tanishtirish, yurish, yugurishga o‘rgatish, saflanish va qayta saflanishga o‘rgatishni davom ettirish. Bu maqsadga erishish uchun tarbiyachi jismoniy mashg‘ulotlarning kirish qismida bolalarni buben jo‘rligida turli yurishlarga o‘rgatib boradi va ularni turli shaklda (doira, to‘rtburchak, uchburchak) saflanishlarni taklif etadi. Bu yoshdagi bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazish jarayonida og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlardan keng foydalaniladi va bolalarni mashg‘ulotlarda uyushtirish metodlari frontal, gu- ruhiy, individual, musobaqa metodlaridan foydalanadi. Harakatlarni va harakat sifatlarini har tomonlama rivojlan- tirishga mashq va o‘yinlar o‘tkazishning musobaqa metodi yax- shi yordam beradi. Endilikda bolalar harakatli musobaqalarda komanda tarkibida jamoa bo‘lib ishtirok etishni uddalaydigan bo‘lib qoladilar. Musobaqalar bolalarning harakat qobiliyatlari maksimal sur’atda namoyon bo‘lishiga yordam beradi, harakat malakasi va sifatlarining jadal sur’atda takomillashuviga olib keladi. Ko‘pincha tayyorlov guruhida turli o‘yin-estafetalar o‘tkazilgan vaqtda mana shunday komanda bo‘lib musobaqala- shishga to‘g‘ri keladi. 207 Bolalarning yuqori darajadagi harakat faolligini ta’minlash uchun mashqlarini bajarish vaqtida bolalarni uyushtirish metodlari xilma-xil bo‘lishi lozim. Maktabgacha katta yoshdagi bog‘cha bolalari uchun jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida bilish faolligining o‘sishi o‘ziga xos xususiyatdir. Ular tarbiyachining ko‘rsatmalarini qiziqish bilan bajaradilar, mashqning bajarilishi va tuzilishiga oid savollar beradilar, topshiriqni qayta ko‘rsatib berishni so‘raydilar, o‘zlari mashqni qay darajada bajarganliklarini aniqlab oladilar. Tarbiyachi bolalarning aqliy faolligini uyg‘otish maqsadida ularning bunday qiziqishlarini qo‘llab quvvatlaydilar. Bolalar endi o‘z malakalar ini takomillashtirish uchun mashqlar qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini tushunadilar. Bu narsa shunga olib keladiki, bolalar ko‘pincha o‘zlari yaxshi bajara olmayotgan harakatlarni mustaqil ravishda mashq qila boshlaydilar. O‘z harakatlarini va o‘rtoqlarining harakatlarini baholashda tobora adolatli bo‘la boradilar. Tarbiyachi bolalarning bir-birlariga yordam berish to‘g‘risidagi istaklarini rag‘batlantiradi, ularga ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan topshiriqlar beradi (kerakli jihozlarni tayyorlash, xonani yig‘ishtirib qo‘yish va shunga o‘xshash). Bolalar erkin harakat qilishni, harakatlarni ishonch bilan tez bajarishni yaxshi ko‘radilar. Bu bolalarning muayyan ravishda mashq ko‘rganliklaridan hamda ulardagi harakat sifatlari: kuch-g‘ayrat, chaqqonlik va epchillikni hamda boshqa sifatlar ma’lum darajada rivojlanganligidan darak beradi. Bu mahalda mazkur sifatlarni maxsus vositalar va metod- lar bilan tarbiyalash zarur. Masalan, tezkorlikni rivojlantirish uchun kichik-kichik oraliqlar bilan qisqa masofalarga tez yugurish bo‘yicha musobaqa mashqlarini, kuch-quvvatni rivojlantirish uchun qarshilikni yengish bilan bog‘liq bo‘lgan xilma- xil mashqlarni (to‘ldirma to‘p bilan bajariladigan mashqlarni juft-jut bo‘lib bajariladigan mashqlar va boshqalar), chaqqonlik va epchillikni oshiruvchi mashqlarni va boshqa shu singari mashqlarni takrorlash ko‘zda tutilgan. 208 Harakatlar mashg‘ulot davomida xohlagan paytda qilinishi va baholanishi mumkin. Muhimi: ko‘p vaqtni olmasligi va mashg‘ulotlarning izchlligini pasaytirmasligi kerak. Izchllikni oshirish maqsadida bolalar mashqlarini tashkil etishning xilma-xil metodlari, (uzluksiz, yoppasiga, smenali), bir xildagi jihozlarni ko‘proq qo‘llab, mashqlarni bajarish ma’quldir. Bolalar yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsalar, yil oxiriga kelib, ularni 2–3 guruhchalarga bo‘lib mashg‘ulot o‘tkazish imkoni vujudga keladi, bunda har bir guruh o‘z topshirig‘ini bajaradi. Guruhlarga bo‘lib topshiriq berish metodi tez-tez qo‘llanilishi kerak emas, chunki katta guruh bolalari mustaqil ishlashga hali yetarli tayyor bo‘lmaydilar. Tarbiyachi murakkab yoki yangi topshiriqni bajarayotgan guruh bilan birga bo‘ladi. Boshqa guruh o‘zlariga tanish topshiriqni tarbiyachi tayinlagan bola rahbarligida takrorlaydi. Guruhda harakatlanish topshiriqlarining qulaylik bilan birgalikda bajarilishini nazarda tutish muhimdir. Bolalarning hammalari yoki bir vaqtda yoki navbatma-navbat harakat qilishlari kerak. Ma’lum harakatlarni mustahkamlash uchun ko‘pincha har xil xususiyatlarga ega birnecha harakatli topshiriqlar ketma-ket bajariladi. Bir jihozdan ikkinchi jihozga o‘tishda bolalar navbat bilan ko‘rsatilgan harakatlarni bajaradilar: Xaltachani boshga qo‘yib gimnastika skameykasidan yurib o‘tadilar, so‘ngra xal- tachani arqondan oshirib tashlaydilar, uning tagidan emaklab o‘tadilar, xaltachani oladilar, uni kaftlar ustiga qo‘yib ikki oyoqda sakraydilar, gimnastika skameykasi oldiga kelib, dastlabki holatda turadilar. Harakatlarning bolalar tomonidan baholanishi borgan sari mukammal va asosli xususiyat kasb etib boradi. Bola harakatlarning natijasigagina emas, balki uning go‘zalligi va ifodaliligi ham harakatning sifatli bajarilishiga bog‘liqligini tushuna boshlaydi. Mashqni qanday bajargani bola uchun muhim bo‘lib qoladi. Bolalarning mashqlarni bajarish vaqtidagi o‘z-o‘zini nazorat qilishlari ham ortib boradi. Ko‘pchilik bo‘lib o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar sharoitida bolalarni inoq bo‘lib, bir-birlarining harakatlarini to‘g‘ri baho- lashga o‘rgatib borish kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling