Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


-§. Ertalabki gimnastika uchun mashqlar tanlash va ular


Download 4.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/94
Sana01.11.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1738423
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   94
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

6-§. Ertalabki gimnastika uchun mashqlar tanlash va ular 
asosida gimnastika kompleksini tuzish, jismoniy tarbiya 
daqiqalarini o‘tkazish
Ertalabki gimnastikani o‘tkazishda mashqlarni bolalar bilan 
avval o‘rganilgan mashqlar ichidan oldindan tanlab olishni talab 


215
etadi. Tanlab olingan mashqlardan har kuni foydalanish uchun 
mashqlar komplekslari tuziladi. Kompleks uchun mashqlar tan-
lash organizmning hayot faoliyatini oshirishni ko‘zda tutadi. 
Bunga asosiy muskul guruhlarini asta-sekin ishga jalb etish, 
ularni to‘g‘ri qomatni tarbiyalash maqsadlarida rivojlantirish 
va mustahkamlash orqali erishiladi.
Muayyan tartibda joylashgan turli muskul guruhlarini inten-
siv faoliyatga tortishni ko‘zda tutuvchi mashqlar har bir mashqlar 
kompleksi mazmunini tashkil etadi. Bunda mashg‘ulotlarning 
quyidagi izchilligi belgilanadi: 1) yelka kamari muskullarini 
rivojlantiruvchi va mustahkamlovchi, yelka bo‘g‘imlari, 
ko‘krak qafasi harakatchanligini rivojlantirishga, umurtqa 
pog‘onasini rostlashga xizmat qiluvchi mashqlar; 2) orqa 
muskuli va umurtqa pog‘onasi egiluvchanligini rivojlantirish 
va mustahkamlashga mo‘ljallangan, bu muskullarning 
rivojlanishiga xizmat qiluvchi, ichki organlarga massaj kabi 
ta’sir etuvchi, oyoq bo‘g‘imlarini rivojlantiruvchi, to‘g‘ri 
qaddi-qomatning shakllanishiga yordam beruvchi mashqlar; 3) 
qorin va oyoq muskullarini rivojlantirishga mo‘ljallangan, bu 
muskullarni mustahkamlashga qaratilgan va ichki organlarga 
massaj kabi tasir qiluvchi mashqlar. Kompleks mashqlar uchun 
aniq mashqlarni tanlash bolalar bog‘chalarining har bir yosh 
guruhi dasturi bilan muayyan guruh bolalari imkoniyatlari 
va salomatligining ahvoli, shuningdek, ularning individual 
xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Ertalabki gimnastika organizmning funksional holatiga ro- 
hat baxsh etadigan yurish va yengil yugurish yassi tovonlikdan 
saqlanishni, fazoda mo‘ljal olishni ko‘zda tutuvchi uzoq davom 
etmaydigan mashqlar bilan boshlanadi. Bunda bolalar umum-
rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish uchun birnecha kolonna 
bilan yoki doira bo‘lib saflanadilar. So‘ngra yugurish (yoki 
sakrash) dan asta-sekin avval intensiv, keyin joyida turib 
yurishga o‘tish va to‘xtash bilan tugallanadigan mashqlar 
bajariladi.
Shunday qilib, ertalabki gimnastika jarayonida barcha 
asosiy muskul guruhlari ishga tushadi va butun organizmni 


216
faoliyat holatiga keltiradi. Yugurish yoki sakrash vaqtida juda 
katta jismoniy yuklamadan so‘ng uning asta-sekin pasayishi 
(yurish vaqtida) yuz beradi va to‘xtash chog‘iga kelib organizm 
holati avvalgi normasiga qaytadi.
Ertalabki gimnastika chog‘ida gimnastika inventarlari 
(bayroqchalar, tayoqchalar, chambaraklar va hokazo) dan 
foydalanish o‘rinli bo‘ladi. Bu ularni muayyan tartibda va 
kelishilgan joyda saqlashni talab etadi, chunki ularni bolalar 
yurish jarayonida qo‘yilgan joyidan oladilar.

Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling