Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Download 4.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/94
Sana01.11.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1738423
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   94
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Rahbarlik usullari. Kichik guruhda ertalabki gimnastikaga 
bolalar o‘z xohishlari bilan qiziqib, jamoaviy harakat faoliyatini 
boshlab yuborishlari, bundan rohat olishlari g‘oyat muhimdir. 
Mashqlarni har kuni ko‘p martadan takrorlayverish shunga olib 
keladiki, harakatlar bir maromda bajariladigan maqomli xususi- 
yat kasb etadi, berilgan harakat yo‘nalishi (oldinga, orqaga, yon 
tomonlarga, yuqoriga va hokazo) ga rioya qilinadigan bo‘ladi.
Tarbiyachi bolalar bajarayotgan harakat sifatiga ayrim 
talablar qo‘ya boshlaydi. U bolalarning zarur dastlabki holatda 
mumkin qadar to‘g‘ri tura olishlarini kuzatib boradi va ular baja- 
rayotgan harakatlarni sal bo‘lsa ham ko‘rsatib berilgan asosiy 
harakatga o‘xshashiga erishadi. Masalan, agar mashqqa qo‘llari 
boshdan yuqoriga ko‘tarish kerak bo‘lsayu, ko‘pchilik bolalar 
qo‘llarini faqat yon tomonga ko‘tarsalar tarbiyachi ularga 
qarab: “balandroq, balandroq yana ham balandroq ko‘taring! 
Qo‘llarimizni boshimizdan yuqoriga ko‘tarib, quyoshga yetka- 
zamiz”, – deydi. Ayni vaqtda u qo‘llarini yuqoriga muayyan 
usul bilan: yon tomondan, oldindan yuqoriga ko‘tarish zarur- 
ligini ta’kidlab o‘tmaydi.
Mazkur yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladigan ertalabki 
gimnastika mashqlari uchun o‘zgaruvchanlik va tugallangan 
belgili holatlarning nihoyatda kam miqdorda bo‘lishi o‘ziga xos
xususiyatdir. Deyarli barcha harakat izchillik bilan 
bajariladi. Tarbiyachining mashqlarni ko‘rsatib va tushuntirib 
berishining o‘ziga xos ekanligini shu bilan izohlanadi. Bu 
bilan uning o‘zi ham rivojlanib boradigan o‘yin mazmunining 
ishtirokchilaridan biriga aylanadi.


217
O‘rta guruhda bolalarning diqqatini jamoaviy faoliyat shakl- 
lariga jalb qilish va maktabgacha ta’lim muassasasida kunni 
uyushqoqlik bilan boshlash uchun ertalabki gimnastikaning 
ahamiyatini saqlab qoladi. Shu bilan birga bola organizmining 
harakat faoliyatini faollashtirishda uning ahamiyati orta boradi. 
Bu esa tarbiyachidan ertal abki gimnastikani mashqlar orasida 
uzoq tanaffus qilmasdan yaxshi, jo‘shqin sur’at bilan o‘tkazishni 
talab qiladi.
Mashqlarni tushuntirishning o‘ziga xos xususiyati – bu 
qisqalik va aniqlikdir. Ertalabki gimnastika uchun bolalarga 
tanish bo‘lgan yoki juda oddiy mashqlar to‘planadi, shuning 
uchun o‘yinning har birini mufassal tushuntirib o‘tirishga hojat 
qolmaydi. Tarbiyachi faqat mashqning umumiy mazmunini, 
uning qismlari qanday izchillikda bajarilishini eslatib qo‘yadi, 
xolos. Masalan, u “Oyoqlarimizni kengroq ochdik, qo‘llarni 
belga qo‘ydik, oldinga engashish mashqi. Boshladik! Bir-
ikki-uch, rostlandik!” – deydi. Mashqni bajarish davomida 
shu tarzda tushuntirib berib boriladi. Bunda harakat maromini 
yo‘qotmasdan tarbiyachi harakatlarining to‘g‘ri bo‘lishini 
talab qilib, izoh berishda davom etadi: “Pastroq, pastroq 
engashinglar, menga qarab turinglar, rostlandik. Yana bir marta 
qaytaramiz”, – deydi tarbiyachi guruhni bir daqiqa mashqdan 
to‘xtatib. Ko‘rsatib berilayotgan mashq va izohlar tushunarli 
bo‘lishi muhim ahamiyatga ega, chunki ertalabki gimnastika 
vaqtida qo‘l, oyoq, gavda boshning asosiy harakat malakalari 
mustahkamlanadi.
Bolalarda ertalabki gimnastikaga nisbatan ijobiy emotsional 
munosabat shakllantirilgan bo‘lishi kerak. Ular mashq baja- 
rishda yuksak darajada mustaqillik ko‘rsatishga o‘rgatiladi. 
Bolalar mashqni tarbiyachining tushuntirishi bo‘yicha bajara 
oladigan bo‘lib qoladilar, mashqlarni kompleks holida eslab qo- 
ladilar va mustaqil ravishda izchillik bilan takrorlay oladilar. 
Ular mashqning qanday atalishini aytib berishlari va uni 
bajarib hamda tushuntirib berishlari ham mumkin. Bolalarning 
hammasi kompleks mashqlarni bir-biriga izchil bog‘lanishini 
bilish-bilmasliklarini, dastlabki holatlarni esda saqlab qolganla 
rini tekshirish uchun tarbiyachi bolalarni mashqlarini mustaqil 


218
bajarishga majbur qiladigan usullarni qo‘llaydi. Masalan, bir 
yoki birnecha bolani chaqirib, ularni guruhning oldiga turg‘azib 
qo‘yadi, bolalarni bitta qatorasiga mashqlarning butun yigindisi 
ni ko‘rsatishni taklif qiladi. Bolalar o‘rganib qolgan saflanish 
tartibida ularni chapga, o‘ngga buradi yoki orqaga aylantira- 
di. Bunda u kolonna oldida boruvchilarni hamda nimaga qarab 
tekislanish kerakligini – tekislanish mo‘ljalini o‘zgartirib turadi. 
Bunday tadbir bolalarning hammasini ertalabki gimnastikada 
faol ishtirok etishga, ularni sherengada, kolonnada yetakchi 
borishi uchun, birovning yordamisiz mustaqil harakat qilishga 
hamisha tayyor turishga majbur qiladi.
Yetti yoshga qadam qo‘ygan bolalardan ertalabki gimnastika 
vaqtida harakatning chiroyli bajarilishini talab qilish kerak; ular 
dastlabki holatlarni hamda mashq o‘rtasidagi holatlarni aniq va 
puxta egallashlari, mashqlarni to‘g‘ri bajarishlari kerak.

Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling