Maktabgacha yoshdagi bolalarda kasblar olami haqidagi tasavvurlarini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KASBLAR OLAMI HAQIDAGI TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK- PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINING NATIJALARI


Download 108 Kb.
bet4/16
Sana10.04.2023
Hajmi108 Kb.
#1348130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ab

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KASBLAR OLAMI HAQIDAGI TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK- PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINING NATIJALARI




3.1.

Tajriba-sinov ishlarinig mazmini va o’tkazish metodikasi

109

3.2.

Tajriba-sinov ishlarinig natijalari

120

3.3.

3 bob bo`yicha xulosa

135




UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR







FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI







ILOVA






KIRISH
Disssertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurligi. Rivojlanayotgan davlatlar qatoriga qo`shilib borayotgan O`zbekiston o`zining mustaqil yo`lidan ildam odimlam borar ekan, bu sohada olib borilayotgan amaliy va nazariy ishlarini jamiyat hayotiga tadbiq etib ko‘plab yutuqlarga ega bo`lib bormoqda. Bu yo`lda eng muhim masalalardan biri bu kadrlar masalasidir, ya’ni jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi, raqobatbardosh, bilimli va ijodiy yondosha oladigan kadrlarni yaratish hisoblanadi.
Bu haqida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov shunday yozadi “ Lo‘nda qilib aytganda, bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri - bulaming barchasi, awalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog`liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz”. 1
Jamiyatimizdagi shunga o`xshash masalalarni amalga oshirishda ko`plab fanlar o‘z ulushini qo‘shib kelmoqda. Xuddi shunday fanlardan biri bu - kasb psixologiyasi fani hisoblanib, bu fan hozirgi kunda mamlakatimizda rivojlanayotgan yangi va navqiron fanlar qatoriga kiradi. Bu sohada hali qilinishi kerak bo`lgan juda ko‘plab masalalar borki, yetuk bilimli va malakali kadrlarni tayyorlashni sifatini va samaradorligini va ta`lim jarayoning uzluksizligini ta’minlaydi. Kasb psixologiyasi tushunchasi zamiriga ushbu sohada olib boriladigan ko‘plab masalalar qatoriga darsliklar va o‘quv qo`llanmalar yaratish masalasi ham kiradi. Yaratilayotgan har bir o‘quv qo`llanma o‘ziga xos bir debocha desa bo`ladi.
Kasb psixologiyasi asosida maktabgacha yoshdagi bo`lgan bolalar uchun kelajakda ularning mustaqil hayotga tayyorgarligini ta`minlash hamda ularning o`zlariga munosib bo`lgan kasb – hunarni tanlashlarida ko`maklashuvchi soha hisoblanadi.
Bu sohada ko‘plab insonlar hozirgacha o‘z xizmatlarini amalga oshirib kelmoqdalar. Bulardan eng asosiysi tarbiyachi pedagoglar hisoblanadi. Bolalar bilan har doim muloqotda bo‘lgan pedagog ulaming havaslari, qiziqishlari va manfaatlarini bilib borib ulami ma’lum bir kasbni egallashlariga o‘z tavsiyalarini berib, ulami turli xildagi kasblarga yo‘naltirib turadilar.
Hozirda esa maktabgacha ta`lim tashkilotlari psixologlari olib borayotgan amaliy ishlar natijasida bolalar o‘zlari qiziqqan kasblami egallashga va unga tayyorgarlik ko‘rishga intilib boradilar. Ushbu dissertatsiya maktabgacha yoshdagi bolalarning kasblar olami haqidagi tasavvurlarini shakllantirib ularning kelajakda mustaqil ravishda kasb tanlash sohasidagi amaliy ishlarga yordam sifatida shakllandi. Hozirgi kunda zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqish o‘sib bormoqda. Shu sababli ham kasb psixologiyasi jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan fanlar qatoriga kirib bormoqda.
Insoniyat paydo bo‘libdiki, u har doim rivojlanib yetuklikka erishishga harakat qiladi, bu yo`lda ta`lim – tarbiya oladi, izlanadi, o`qib o`rganadi, o‘zini mustaqil hayotga tayyorlanib boradi. Voyaga yetgan barkamol shaxs o`zini va oilasini boqishga, ehtiyojlarini va manfaatlarini qondirishga harakat qiladi.
Inson o‘z ehtiyojlarini eng avvalo oziq - ovqat, boshpana, kiyim - kechaklarga bo‘lgan ehtiyojlami qondirishdan boshlagan. Keyinchalik yangi sivilizatsiyalar paydo bo‘lgach, ya’ni insoniyat madaniylashib borgan sari o‘z ehtiyojlariga kerak bo‘lgan mahsulotlami ishlab chiqara boshlagan. Bular eng avvalo shu sohadagi kasb egalarini paydo bo‘lishiga va jamiyatni shu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga intilishlami paydo qilgan.
Jamiyat rivojlana borgan sari yangi kasblar paydo bo‘lgan va rivojlanib borgan. Insonlar esa yaxshi va baxtli yashashga intilganlar. Buning uchun kasb tanlaganlar, tajriba oshirganlar va bilimlami to‘plaganlar. Kasb - inson ish faoliyatining ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan faoliyat turi, sohasi, hunardir. Kasbga umumiy yoki maxsus ma’lumot hamda amaliy tajriba yo‘li bilan erishiladi. Kasb ichida mehnat faoliyatining eng tor xarakteri bilan ajralib turuvchi ixtisoslari bor.
Ba’zi kasblarda bir qancha ixtisoslar masalan: chilangar kasbida - remontchi chilangar, asbobsoz chilangar, yig‘uvchi chilangar kabi yo‘nalishlar mavjud. Demak, har bir kasbga xos bo‘lgan yo‘nalishlar mavjud bo‘ladi. Bu esa inson faoliyatini kengayib borayotganligini, har bir sohani o‘ziga xos tor jabhalari borligini tasdiqlaydi.

Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling