“Maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual qobilyatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari”


Download 19.81 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi19.81 Kb.
#1647586
Bog'liq
ichki taqriz Sabrina


Termiz davlat Pedagogika instituti 70110201- Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi II kurs magistranti Berdiyeva Sabrina Shuhrat qizining “Maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual qobilyatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari” mavzusidagi magistr akademik daraja olish uchun yozilgan magistrlik dissertatsiyasiga ichki
TAQRIZ
Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan keng islohotlar yurtimizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan takomillashtirish, ertangi kunimizning munosib davomchilarini kamolga yetkazishning mustahkam tashkiliy-huquqiy mexanizmi yaratildi. Sohaga oid qabul qilingan qator davlat dasturlariga binoan ko‘plab ta’lim muassasalari yangidan qurildi, eng zamonaviy o‘quv anjomlari bilan ta’minlandi. Bu boradagi ishlar bugungi kunda yanada jadal tus olmoqda. Bu esa o’z navbatida maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachilarining bugungi kun talab darajasida faoliyat olib borishlari uchun pedagogik-psixologik yo‘nalishlarini aniqlash, maktabgacha ta’lim jarayonida tarbiyalanuvchilarning intellektual qobilyatlarining rivojlanib borishi hamda ta’limiy va didaktik o’yinlar asosida ularning salohiyatlarini rivojlantirishning metodik imkoniyatlarini aniqlashtirish, bundan tashqari oliy ta`lim muassasalari hamda maktabgacha ta`lim tashkiloti o‘zaro hamkorligini ta’minlash, ustuvor vazifalarni belgilab olishni taqozo qiladi.
Dissertant Berdiyeva Sabrinaning magistrlik dissertatsiyasi kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligini asoslab, muammoning o‘rganilganlik darajasini, tadqiqotning maqsadi va vazifalarini, ob’ekti va predmetini aniqlagan, shuningdek, tadqiqot ishining maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari intellektual qobilyatlari rivojining muhim yo‘nalishlarini ko‘rsatib bergan hamda tadqiqotining ilmiy yangiligi, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, e’lon qilinganligi, ishning tuzilishi borasida ma’lumotlarini kiritgan.
Dissertatsiyaning “Maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual qobilyatlari rivojlanishining nazariy asoslarideb nomlangan birinchi bobida, Maktabgacha ta’lim tashkloti tarbiyalanuvchlarini har tomonlama rivojlanirib borish mashg’ulot jarayonida ularda kuzatilishi mumkin bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etish, tarbiyachilarning psixologik–pedagogik kompetentligini shakllantirish masalasining o’rganilganlik holati, maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachilari hamda tarbiyalanuvchilar o’rtasidagi faoliyat jarayonlarini o’rgangan psixolog, pedagog olimlarning qarashlari va yondoshuvlarini tahliliy o‘rgangan va tizimlashtirgan.
Sitora Xabilovaning mazkur dissertatsiyasining 2–“ Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida intellektual qobilyatlari rivojining pedagogik-psixologik asoslari” deb nomlangan bobida uzluksiz ta`lim tizimida maktabgacha ta`limning o’rni, tarbiyalanuvchi bolalarning qobilyatlarini shakllantirishda hozirgi kundagi ta`lim tizimining ahamiyati, tarbiyachilarning psixologik-pedagogik kompetentligini shakllantirish ko`rsatkich va mezonlarini o’rganish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilarning pedagogik mahoratini, bola intellektini rivojlantirish yo’llari hamda jamiyatimizda tarbiyachi o`rni xususida fikr yuritgan. Shuningdek, magistr Berdiyeva Sabrina o‘z ishining “ Tajriba sinov ishlari va natijalar ” deb nomlanuvchi 3-bobida olib borgan tajriba sinov ishlari, olingan natijalari tahlili hamda muallif tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar keltirib o‘tilgan. Ushbu magistrlik ishida tarbiyachining pedagogik mahoratini aniqlash maqsadida maqsadida so’rovnoma va testlardan tarbiyalanuvchilar intellektual qobilyatlarini aniqlashda blits savollardan foydalanish samaradorligi tajriba natijalariga ko‘ra asoslanganligi bilan ahamiyatga molikdir.
Berdiyeva Sabrinaning mazkur dissertatsiya ishi tugallangan tadqiqot sifatida magistrlik dissertatsiyasi talablariga to‘la javob beradi, o‘zining ilmiy amaliy ahamiyatiga ega, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar kelgusida maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.
Termiz davlat Pedagogika instituti 70110201- Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi II kurs magistranti Berdiyeva Sabrina Shuhrat qizining “Maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual qobilyatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari” mavzusidagi magistr akademik daraja olishga loyiq deb hisoblayman va mazkur ishni ijobiy baholayman.


Termiz davlat pedagogika
Instituti Pedagogika kafedrasi A.Samiyev
dotsenti p.f.b.f.d (PhD):
Download 19.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling