Maktablarda zoʻravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish


Download 36.28 Kb.
bet6/8
Sana24.09.2023
Hajmi36.28 Kb.
#1686909
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5208469632557526923

Trener uchun yordam:
-Zoʻravonlik holatlarini aniqlash - taʼlim muassasasining barcha xodimlari (maʼmuriyat, oʻqituvchilar, tibbiyot xodimlari, psixologlar, texnik xodimlar)
-Zoʻravonlikni tugatish uchun zudlik bilan aralashuv - bolaga nisbatan zoʻravonlikni toʻxtatish uchun zoʻravonlik holatini aniqlagan umumiy taʼlim muassasasining barcha xodimlari, muassasa maʼmuriyati.
- Jabrlanuvchiga birinchi yordam koʻrsatish - umumiy taʼlim muassasasining tibbiyot xodimi (tez yordam mashinasini jalb qilgan holda), agar koʻproq malakali tibbiy yordam kerak boʻlsa.
- Ishni tahlil qilish va roʻyxatga olish - direktorning tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari roʻyxatga oladi va ishni tahlil qilish uchun psixolog va sinf rahbarini jalb qiladi.
-Yordam berish, tarbiyaviy va intizomiy choralar koʻrish - maktab psixologi va sinf rahbari.
- Ishni yopish/tugatish - tarbiyaviy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari.



32-slady – Trener barcha maktab xodimlari, shu jumladan texnik xodimlar bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini aniqlash va ularga javob berish uchun masʼul ekanligini umumlashtirishi kerak.
Taʼlim muassasalarida zoʻravonlik holatlarini aniqlash va ularga javob berish boʻyicha harakatlar bosqichlari (algoritmi).
33-slayddan foydalanib, zoʻravonlik hodisalarini aniqlash va ularga javob berish uchun barcha 5 bosqichni sanab oʻting. Keyinchalik, 34, 35, 36-sonli slaydlarga muvofiq barcha bosqichlarning tavsifiga oʻtiladi.
Seminarning ushbu qismi oxirida quyidagi xulosalarni chiqarish kerak:

  • Zoʻravonlik holatini aniqlash va xabar berish uni koʻrgan yoki u haqda bilib olgan barcha taʼlim muassasasi xodimlarining masʼuliyati hisoblanadi.

  • Zoʻravonlikni tugatish uchun darhol aralashuv zoʻravonlik holatiga guvoh boʻlgan barcha xodimlarning masʼuliyatidir.

  • Jabrlanuvchiga birinchi yordam koʻrsatish umumtaʼlim muassasasining tibbiyot xodimi, u boʻlmaganda vaziyatga guvoh boʻlgan xodim zimmasiga yuklanadi, zarur hollarda tez yordam chaqiriladi.

  • Zoʻravonlik holatini tahlil qilish va roʻyxatga olish - direktor yoki direktorning tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari javobgarligi, shuningdek ishlarni tahlil qilish komissiyasining ham ishtiroki kerak (tarkibi - tarbiyaviy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, maktab psixologi, sinf rahbari).

  • Yordam berish, tarbiyaviy va intizomiy choralar koʻrish - zoʻravonlik holati ishtirokchilari bilan ishlash, bu maktab psixologi va sinf rahbari zimmasiga yuklangan. Tarbiyaviy va intizomiy choralar koʻrish taʼlim muassasasi rahbari zimmasidadir.

  • Ishni tugatish/yopish umumtaʼlim muassasasi rahbari zimmasida.

Seminarning ushbu qismi oxirida 37-slayddan foydalanib umumiy xulosalar chiqarish kerak.

Zoʻravonlikning har qanday holati hal qilinishi kerak:

  1. Birinchidan, taʼlim muassasasi darajasida va resurslari bilan yoki taʼlim tizimining resurslaridan (boshqa mutaxassislar va tashkilotlar) foydalanish.

Agar ishni hal qilish uchun bu yetarli boʻlmasa:

Download 36.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling